Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


MAKRO VA MIKROELEMENTLARNING O‘SIMLIK HAYOTIDAGI O‘RNI



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə62/127
tarix24.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#192737
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   127
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • M I S.
MAKRO VA MIKROELEMENTLARNING O‘SIMLIK HAYOTIDAGI O‘RNI.
O‘simliklar tanasida asosiy ozuqa elementlaridan tashqari juda ko‘p mikroelementlar deb ataluvchi kimyoviy elementlar ham uchraydi. Bu elementlar to‘qimalarda oz bo‘lsa ham yuqori biologik faollikka ega. Ularning xar biri ma’lum fiziologik funksiyalarni bajaradi. SHuning uchun biror mikroelementni boshqasi bilan almashtirib bo‘lmaydi. O‘simlikda ularning miqdori 0,001-0,00001 foizgacha bo‘lishi mumkin. Ular tuproqda, suvda, tog‘ jinslarida va barcha tirik organizmlarda mavjud. Tuproqda mikroelementlar ikki — o‘zlashtirilmaydigan, o‘zlashtiriladigan shaklda bo‘ladi. Birinchisiga suvda va suyultirilgan kislotada erimaydigan tuzlar, organik yoki anorganik birikmalarni misol qilish mumkin. Ularning tuproqda ko‘p yoki oz bo‘lishi tuproqning kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Mikroelementlarning o‘zlashtiriladigan shakli suvda oson eriydigan tuzlar bo‘lib, ular asosiy manbani tashkil etadi va qishloqxo‘jalik o‘simliklaridan yuqori hosil olish sharoitini yaratadi. CHunki mikroelementlar o‘simlikdagi oksidlanish-qaytarilish, fotosintez, azot va uglevod almashinish jarayonlarida faol ishtirok etadi. Ular fermentlarning faol markaziga kiradi, o‘simliklarning kasalliklarga va tashqi sharoitning nokulay omillari ta’siriga chidamliligini oshiradi. Mikroelementlarning etishmasligi esa hosildorlikning keskin kamayishiga, kasalliklarning paydo bo‘lishiga, o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishi to‘xtab qolishiga, hatto o‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.Mikroelementlar fiziologik nuqtai-nazardan har xil hususiyatga ega bo‘lgan turli elementlar guruhini tashkil etadi. Keyingi yillarda o‘simlik uchun mikroelementlar ham makroelementlar kabi zarur ekanligi va bu ikkala guruh bir-biridan faqat miqdor jihatidan farq qilishi aniqlandi.
MARGANETS. Dastlab Bertran va I. V. Michurinning tajribalari o‘simliklar hayotida marganets katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Tuproqda marganets amorf oksidlar, karbonatlar shaklida, silikatlar tarkibida bo‘ladi. O‘simliklar marganetsni tuproqdan kation (Mn) shaklida o‘zlashtiradi. Uning o‘simlikdagi o‘rtacha miqdori 0,001 foiz yoki 1 mg/kg quruq massa hisobida bo‘ladi. Ayniqsa, o‘simliklarning barglarida ko‘p to‘planadi. Masalan, Kruglovaning ko‘rsatishi bo‘yicha, 100 g quruq massa hisobiga marganets g‘uza barglarida 24 mg, poyasida 2 mg, chanoqlarda 4 mg, chio‘g‘itda 2 mg va tolasida 1 mg bo‘lar ekan. Marganets fotosintez jarayonida ishtirok etib, suvning fotolizi va kislorodning ajralib chiqishi, CO2ning qaytarilishida muhim rol o‘ynaydi. Bu mikroelement o‘simliklarda shakarlarning sintez qilinishi, uning barglardan boshqa organlarga oqimini kuchaytiradi. Marganets nafas olish jarayonida ham ishtirok etib, Krebs siklidagi malatdegidrogenaza va izotsitratdegidrogenaza fermentlarini faollashtiradi. Marganets o‘simliklarning azot o‘zlashtirish jarayonida ham faol ishtirok etadi. Nitratlarni o‘zlashtirganda qaytaruvchi, ammoniy holdagi azotni o‘zlashtirishda esa oksidlovchi sifatida ishtirok etadi. Gidrooksilaminreduktaza fermentining faol markaziga kiradi va nitratlarning qaytarilishida ishtirok etadi. Marganets nuklein kislotalarining sintezi jarayonida ham ishtirok etadi. Marganets etmaganda barg tomirlari o‘rtasida sariq dog‘lar va xloroz hosil bo‘ladi, g‘allasimonlar, kartoshka, lavlagi va boshqalar tez zararlanadi. Marganetsning ug‘it sifatida ko‘p ishlatiladigan tuzi MnSO4 dir. Ukraina sharoitssa bir gektar erga 10-15 kg marganets sulfat tuzi solinganda shakar lavlagining hosili 22-34 s/ga va shakarning miqdori 0,11-0,33 foiz oshganligi aniqlangan. Marganets ishlatilganda hosildorligi o‘rta Osiyo sharoitida 9 foiz va Ozarboyjonda 15 foizga ko‘paygan. MIS. Mis o‘simliklarning rivojlanishi uchun zarur mikroelemeitlardan biridir. Uning zarurligi oziqaviy eritmadagina emas, balki dala sharoitida ham aniq ko‘rinadi. O‘simliklarda o‘rtacha miqdori 0,0002 foiz yoki 0,2 mg/kgatrofida. Bu miqdor o‘simlik vatuproq turiga bog‘liq. Mis tuproqda sulfidlar, sulfatlar, karbonatlar shaklida, tuproqning organik moddalari bilan bog‘liq holda uchraydi. Muhitning ishqoriyligi qancha yuqori bo‘lsa, o‘simliklarga shuncha kam o‘tadi. O‘simliklar misni tuproqdan kation (Cu) shaklida o‘zlashtiradi. O‘simlikning yosh o‘suvchi qismlarida va urug‘larida ko‘pbo‘ladi. Masalan, g‘o‘za organlarida: barglarida mis 2;5 mg/kg, poyasida 1,0 mg/kg, chanog‘ida 4,8 mg/kg, chio‘g‘itida 4,2 mg/kg va tolasida 0, 2 mg/kg. O‘simlik barglaridagi umumiy misning 70 foizi xloroplastlarda va yarmi slastotsianin fermenti tarkibida uchraydi. Plastotsianin fermenti fotosintez jarayonida elektronlarni tashish vazifasini bajaradi. Mis bir qator muhim fermentlar (askarbotoksidaza, polifenolokdaza, ortodifeniloksidaza va triozinazalar) tarkibiga kiradi. Bu mikroelement azot almashinuvida ham ishtirok etadi.Nitratreduktaza fermntining tarkibida ham bor. Xlorofillning sintezi jarayonidd mis ham faol ishtirok etishi aniqlangan. Mis vitaminlarni faollashtiradi, uglevod va oqsillar almashinuvini kuchaytiradi. Keyingi yillardagi izlanishlar o‘simliklarning qurg‘oqchilikka, sovuqqa va issiqqa chidamliligini oshirishda ham misning ahamiyati borligini ko‘rsatdi. Mis etishmasligidan o‘simliklarning o‘sishi, gullashi to‘xtaydi. Barglarda xloroz boshlanadi. G‘allasimonlarda boshoqlar rivojlanmay qoladi. Mevalidaraxtlarninguchlari quriydi. Mis o‘g‘itlari, ayniqsa, botqoq tuproqlarda yaxshi natija beradi. CHunki bunday tuproqlarda uning miqdori juda oz. o‘g‘itlar sifatida mis sulfat tuzi, mis eritish zavodlarining chiqindilari ishlatiladi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin