Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi


Ma’ruza mashg’ulotida qo’llaniladigan texnologiya



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə29/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

Ma’ruza mashg’ulotida qo’llaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou va «Aqliy hujum» va boshqa metodlaridan foydalanish.
Yer yuzasi tuproq qoplami, о‘zining murakkab tuzilishi va xilma –xilligi bilan xarakterlanadi. Tuproqlarni о‘rganishda va ulardan oqilona foydalanishda, ularni tо‘g‘ri aniqlash, ya’ni tasniflash muhim ahamiyatga ega.
Tuproqlarni о‘xshash belgilari, kelib chiqishi va unumdorligi kabi xususiyatlariga kо‘ra muayyan guruhlarga birlashtirishga tuproq tasnifi deyiladi.
Tuproqlarni tasniflashda ekologik – genetik, morfogenetik, evolyusion – genetik, tarixiy – genetik hamda g‘arbiy Yevropagacha yondoshuvlar mavjud7.
Tuproqlarni ilmiy jihatdan tasniflash ularning genetik xossalariga asoslangan bо‘lib, bu tasnif quyidagilarni: tuproq paydo bо‘lishining barcha shart-sharoitlari va jarayonlarini, tuproqlarning hududlar bо‘yicha tarqalishini va tuproqlarning ishlab chiqarish vositasi jihatidan ahamiyatli bо‘lgan (biologik, fizik va kimyoviy) xossalarining umumiy tavsifini aks ettirishi lozim. Tuproqlarni tasniflash muammolari tuproqlar geografiyasidagi dolzarb va munozarali masalalardan biri hisoblanadi. Fanning rivojlanishi va yangi ilmiy dalillarning tо‘planishi natijasida ilgari tuzilgan, bunday qaraganda ilmiy asoslangan tasniflarga ayrim qо‘shimchalar kiritish yoki ularni qayta tо‘ldirish zarur bо‘ladi. Bu muammolar qishloq va о‘rmon xо‘jaligi talablari asosida ham yuzaga keladi. Ilmiy tasnif fanning hozirgi holatini aks ettiradi. Ilm-fanning rivojlanishi bilan tuproqlar tasnifi ham murakkablashib borishi tabiiy hol.
V.V.Dokuchayevning tavsiya etgan tasnifida, asosiy birlik sifatida tuproqlarning genetik tiplari olingan. 1890 yilda V.V.Dokuchayev tomonidan ishlab chiqilgan tuproqlar tasnifi geografik-genetik tamoyil asosida tuzilgan bо‘lib, bunda tuproqlar uchta sinfga bо‘linadi va har bir sinf, о‘z navbatida tuproqlarning qator genetik tiplarini о‘z ichiga oladi. Bunda:
A – meyoriy yoki zonal tuproqlar sinfi, unda yettita tuproq tiplari ajratiladi;
V – о‘tuvchi tuproqlar sinfida uchta tuproq tiplari;
S – anormal (meyoriy bо‘lmagan) tuproqlar sinfida uchta tuproq tiplari ajratiladi.
V.V.Dokuchayevning tuproqlar tasnifi, uning shogirdi N.M.Sibirsev tomonidan rivojlantirildi. N.M.Sibirsev barcha tuproqlarni zonal, intrazonal va azonal kabi tuproq sinflariga bо‘lishni tavsiya etadi. Bu tasnifdagi tuproq sinflari ham tiplarga, tipchalarga va guruhlarga ajratiladi.
V.V.Dokuchayev va N.M.Sibirsevlarning genetik tasnifi hozirga qadar о‘z mohiyatini yо‘qotmagan va jahonning barcha mamlakatlarida qabul qilingan hamda shu asosda qator yangi tasniflar ishlab chiqilgan.
Tuproqlarni tasniflash muammolari mashhur tuproqshunoslar: P.S.Kossovich (1910), K.D.Glinka (1925), S.S.Neustruev (1925), K.K.Gedroys (1927) va keyinchalik Ye.N.Ivanova va N.N.Rozov, I.P.Gerasimov, A.A.Zavalishina va boshqalar tomonidan tadqiq qilindi va yangi tasnifni ishlab chiqishda S.A.Shuvalov, N.V.Kimberg, B.V.Gorbunov va A.Z.Genusovlarning ham xizmatlari katta bо‘ldi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin