Mezorelyef va tuproqlar geografiyasi о‘rtasidagi о‘zaro aloqadorlikning mohiyati nimada?
Mikrorelyefning tuproqlarni tarqalishidagi ahamiyatini izohlang.
Relyefning tuproqlar geografiyasiga oid yana qanday jihatlarini bilasiz?
Ma’ruza-7 7–Mavzu: Tuproqlar tasnifi, turlari va tuproq unumdorligi. Reja: 1. Tuproqlarni tasniflash.
2. Tuproq tashxisi.
3. Tuproq unumdorligi.
Tayanch iboralar: Tuproq tasnifi, tuproq taksonomiyasi, tip, qayir-allyuvial, tipcha, avlod, tur, tuproq razryadi, tuproq tashxisi, qiyosiy-geografik usul, tuproq unumdorligi, tuproq unumdorligi modeli, tuproq boniteti, chirindili qatlam, yuvilish qatlam, tо‘planish qatlam
Ma’ruza mashg’ulotining ta’limiy maqsadi:. Tuproqlar tasnifi muammolari. Tuproqlarni tasniflash tamoyillari. Tuproqlarning ekologik–genetik, morfologik, evolutsion–genetik, tarixiy–genetik tavsiflari. Tuproqlar tasnifiga oid tadqiqotlar. Tasniflashdagi asosiy taksonomik birliklar. Tuproq unumdorligi va uning turlari. Tuproq unumdorligini oshirishda xorijiy mamlakatlar tajribasini o’rganish.
Ma’ruza mashg’ulotining jihozlash: Dunyoni va O’zbekistonning tuproqlar geografiyasi kartasi, o’quv metodik majmua, kampyuter texnologiyasi, fanga oid darslik, uslubiy qo‘llanmalar, ishchi dastur, slaydlar, qog‘oz va markerlarda foydalanish