Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi


Tropik chala chо‘l va chо‘l oblasti



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə53/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

4. Tropik chala chо‘l va chо‘l oblasti
Bu oblast mintaqaning 1/4 maydonini va eng quruq qismini ishg‘ol etgan bо‘lib, Shimoliy Amerikadan tashqari barcha materiklarda tarqalgan. Saxroi Kabir va Arabiston yarim orolining janubi, Avstraliyaning katta qismi, Kalaxari chо‘li hamda Chilining shimolidagi baland tog‘ chо‘llari mazkur oblast tarkibiga kiradi. Tropik chala chо‘l va chо‘l oblastining tuproq qoplami subtropiklarning shu nomdagi oblasti tuproqlaridan о‘ziga xosligi bilan farq qiladi. Ular gumusning kamligi, tuproq qatlamining deyarli bir xilligi, serkarbonatligi va shо‘rlanganligi bilan xarakterlanadi.
Past bо‘yli о‘tlar bilan siyrak qoplangan chala chо‘l savannalar ostida qizg‘ish – qо‘ng‘ir tuproqlar shakllangan. Ularda gumus miqdori kam, deyarli hamma joyda karbonatli, tuproq kesmasi bо‘yicha loy taqsimlanishi yо‘q, ferralitlanish darajasi kichik, qо‘ng‘ir tus kо‘p, nisbatan kam shо‘rlangan.
Tropik chala chо‘l va chо‘llarda loyqali va mayda toshli – toshli karbonatli nurash pо‘sti keng tarqalgan. Qumli chо‘llar nisbatan kichik hududlarni egallagan. Loyqali hamda qumli chо‘l va chala chо‘llarda shо‘rlangan tuproqlar tarqalgan.
Tropik mintaqaning dehqonchilikda о‘zlashtirilish darajasi 7 % ni tashkil etadi. Tekislik hududlarda eng kо‘p haydalib ekin ekiladiganlari, bu qora tropik, tо‘q qizil margalit, jigar rang – qizil, qizil – qо‘ng‘ir va qayir tuproqlardir. Ayrim tog‘ tuproqlaridan dehqonchilikda foydalanish koeffitsiyenti, tekisliklardagi analog tuproqlarnikidan yuqori. Tropiklarda asosiy yetishtiriladigan qishloq xо‘jalik ekinlari – sholi, shakar qamish, paxta, kofe, kakao, moyli palma, kauchuklilar, banan, ananas va boshqalar. Tropik dehqonchilikning markaziy muammosi – о‘g‘itlar tizimi. Tropiklar uchun maxsus muammo lateritlanish, eroziya, deflyatsiya, shо‘rlanish kabilarga qarshi kurashishdir. Dehqonchilikni istiqbolda yanada kengaytirishda tropik mintaqa Yer sharining boshqa mintaqalariga qaraganda juda katta imkoniyatlarga egadir.


Nazorat uchun savollar:
  1. Tropik mintaqaning tabiiy – iqlimiy sharoitini tavsiflang.


  2. Tropik nam va mavsumiy nam о‘rmon oblastining о‘ziga xos jihatlarini ta’riflang.


  3. Qizil – sariq tuproqlarning hosil bо‘lishi va tarqalish xususiyatlarini aytib bering.


  4. Qizil ferralit tuproqlarning hosil bо‘lishi va geografiyasiga tо‘xtaling.


  5. Tropik kserofit – о‘rmon va savanna oblasti hamda undagi jigar rang tuproqlarga oid ma’lumotlarni sо‘zlab bering.


  6. Quruq savannaning qizil – qо‘ng‘ir tuproqlariga ta’rif bering.


  7. Tropik mintaqaning qora tropik va boshqa tuproqlari geografiyasiga oid nimalarni bilasiz?


  8. Tropik chala chо‘l va chо‘l tuproqlariga umumiy tavsif bering.


  9. Chala chо‘l savannalaridagi qizg‘ish – qо‘ng‘ir tuproqlar genezisi va geografiyasiga oid nimalarni bilasiz?


  10. Tropik mintaqaning dehqonchilikdagi ahamiyatini qanday baholaysiz?






Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin