Taftish komissiyasi o‘z faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar yig‘iniga hisobdor bo‘ladi



Yüklə 15,93 Kb.
səhifə7/7
tarix19.12.2023
ölçüsü15,93 Kb.
#186101
1   2   3   4   5   6   7
Presentation

Oldingi tahrirga qarang.

61. Taftish komissiyasi xulosasi Taftish komissiyasining raisi va a’zolari, fuqarolar yig‘ini raisi va fuqarolar yig‘ini buxgalteriya hisobini yuritish uchun fuqarolar yig‘ini raisi tavsiyasi asosida fuqarolar yig‘ini kengashining qarori bilan belgilangan mas’ul shaxs tomonidan imzolanadi.

(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)

Oldingi tahrirga qarang.

62. Fuqarolar yig‘ini raisi yoki buxgalteriya hisobini yuritish uchun mas’ul shaxs Taftish komissiyasi xulosasi bo‘yicha e’tiroz bildirgan taqdirda, xulosaga imzo qo‘yish bilan bir vaqtda o‘z e’tirozini ilova qilishi mumkin.

(62-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)

63. Tekshirish natijalari bo‘yicha tuzilgan xulosaga nisbatan bildirilgan e’tirozlar bo‘yicha Taftish komissiyasi o‘z fikrini bildiradi.

64. Taftish komissiyasi hisoboti fuqarolar yig‘ini majlisida (fuqarolar vakillari yig‘ilishida) ko‘rib chiqilmagungacha uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.

  • 65. Taftish komissiyasini tugatish va uning faoliyatini qayta tashkil etish, tegishli fuqarolar yig‘ini birlashtirilganda, bo‘linganda, tugatilganda va chegaralari o‘zgartirilganda fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Yüklə 15,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin