Talab elastikligi va uning turlari


Bozor sharoiti o‘zgarishlarining oqibatlarini



Yüklə 289,55 Kb.
səhifə4/5
tarix19.04.2023
ölçüsü289,55 Kb.
#100720
1   2   3   4   5
TALAB ELASTIKLIGI VA UNING TURLARI

Bozor sharoiti o‘zgarishlarining oqibatlarini
baholash va prognoz qilish

Bu yerda chiziqli taklif va talab chiziqlari yordamida qanday qilib oddiy hisob-kitoblar qilinishini qarab chiqamiz. Buning uchun, bozor ma’lumotlariga muvofiq talab va taklifning chiziqli grafiklarini chizishni qarab chiqishimiz kerak. (Biz hozir, statistik usullar orqali quriladigan chiziqli regressiya, tenglamalarni hisoblashni qaramaymiz.) Faraz qilaylik, biror tovar uchun ikkita miqdor berilgan bo‘lsin: tovar narxi va uning miqdori, bu ko‘rsatkichlar bozorda muhim ko‘rsatkichlar hisoblanadi (bu ko‘rsatkichlar bozorda o‘rtacha ko‘rsatkich bo‘lib, bozordagi muvozanatlik holatida aniqlangan, yoki bozordagi shart-sharoitlar turg‘unlashgan davrdagi ko‘rsatkichlar bo‘lsin). Bu ko‘rsatkichlarni muvozanat ko‘rsatkichlar deb qaraymiz va quyidagicha belgilaymiz: muvozanat narx , muvozanat tovar miqdori . Berilgan tovarning muvozanat nuqta yoki uning atrofidagi narx bo‘yicha taklif va talab elastikligini mos ravishda va harflari bilan belgilaymiz.


Bu ko‘rsatkichlarning, ya’ni va son miqdori, faraz qilaylik, statistik hisob-kitoblar orqali aniqlangan va ular asoslangan bo‘lsin. Berilgan ma’lumotlar asosida taklif va talab chiziqlarini quramiz. Taklif va talab chiziqlari yordamida, talab va taklif miqdorining siljishlarini, narxning o‘zgarishini, berilgan tovar miqdorining boshqa tovar narxiga nisbatan o‘zgarishini va hokazolarni hisoblash mumkin.
Talab va taklifning grafigini chizamiz (4.4-rasm).
Talab va taklif tenglamalari quyidagicha yoziladi:
Talab: (5)
Taklif: (6)
Asosiy muammo, berilgan tenglamalardagi o‘zgarmaslar qiymatlarini aniqlashdan iborat. Bu o‘zgarmaslarni tanlash ikki bosqichda amalga oshiriladi.



4.4-rasm. Talab va taklifning eksperimental yo‘l bilan
chizilgan grafigi.

Birinchi bosqich. Talab va taklifning narx bo‘yicha elastikligini eslaymiz:
,
bu yerda - narxning bir birlik o‘zgarishiga to‘g‘ri keladigan talab yoki taklifning miqdoriy o‘zgarishi. Chiziqli bog‘lanishlarda nisbat o‘zgarmas miqdor bo‘ladi. (5) va (6) tenglamalardan ko‘rinib turibdiki, taklif uchun bu nisbat , talab uchun esa . Endi bu qiymatlarni, ya’ni ni elastiklik formulasiga qo‘yamiz:
Taklif: (7)
Talab: . (8)
Bu yerda va lar muvozanat narx va muvozanat tovar miqdori bo‘lib, ular berilgan. Biz ko‘rsatkichlarning qiymatlariga ega bo‘lganimiz uchun, ularni (7) va (8) tenglamalarga qo‘yishimiz mumkin. Demak, biz shu yo‘l bilan va larning qiymatlarini hisoblaymiz.
Ikkinchi bosqich. Endi va larning qiymatlarini va va larni (5) va (6) tenglamalarga qo‘yib va larning qiymatini topamiz:
; .
Misol. Apelsinning narx bo‘yicha taklif va talab elastiklik koeffisiyentlari va berilgan. Apelsinning bozordagi ko‘rsatkichlari quyidagicha:
so‘m (1kg),
Birinchi bosqich. Berilganlarni (7) tenglamaga qo‘yib ni topamiz. bundan .
Ikkinchi bosqich. ning qiymatini va larning qiymati bilan birga (5) tenglamaga qo‘yib, ni aniqlaymiz:

bundan, . Biz aniqlangan va larning qiymatini taklif tenglamasiga qo‘yib, taklifning aniq tenglamasini topamiz:
Taklif:
Xuddi shu yo‘l bilan talab tenglamasini aniqlaymiz:

demak, larning qiymatlarini (6) tenglamaga qo‘yamiz va ni aniqlaymiz:
yoki
Shunday qilib, talab chizig‘i quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Talab:
Xatoga yo‘l qo‘yilmaganligini tekshirish uchun talab bilan taklifni tenglashtirib, muvozanat narxni aniqlaymiz:
,
bundan
demak, tenglamalar to‘g‘ri aniqlangan, nima uchun deganda, 75 so‘m berilgan muvozanat narx.
Endi biz bozorda apelsin narxi o‘zgarganda unga bo‘lgan talabni yoki taklifni o‘zgarishini yoki bo‘lmasa unga bo‘lgan talab yoki uni taklifi o‘zgarganda apelsin narxini qanchaga o‘zgarishini prognoz qilishimiz mumkin bo‘ladi.
Masalan, apelsinga bo‘lgan talab 40 foizga oshdi deylik, unda talab miqdori 7800 kg teng bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilar qaysi narxda ushbu talabni qondirishi mumkinligini aniqlaymiz.
Muvozanatlik shartiga ko‘ra quyidagini yozamiz:
7800 = -4500 + 160*P,
P = 76,875.
Demak, bir kilogramm apelsin narxi 76 so‘m 90 tiyin bo‘lsa, talab qondirilishi mumkin.







Yüklə 289,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin