Talim vazirligi


Malakaviy ishning tahlil metodlari



Yüklə 275,58 Kb.
səhifə4/16
tarix10.06.2022
ölçüsü275,58 Kb.
#61162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
BMI.Mamadaliyeva K

Malakaviy ishning tahlil metodlari:Ishni yoritishda qiyosiy-tarixiy metod,transformatsion, statistik, ma`noni qismlarga bo`lish (компонентный анализ),bevosita tashkil qiluvchilarga ajratish metodlaridan foydalanildi.
Malakaviy ishning metodologik asosi: Frazeologik birikmalarning paydo bo`lish yo`llari va ularning o`zbek tilidagi muqobillarini tadqiq etish usullari mavzusini o`rganishdaumumiy tilshunoslik va o`zbek va nemis tili frazeologiyasi hamda leksikologiyasi bo`yicha mavjud ilmiy tadqiqotlar, xorijiy tilshunos olimlar professor I.V.Arnold, akademikV.V.Vinogradov, professor A.V.Kunin, L.P.Smit, shuningdek o`zbek tilshunos olimlardanprofessor E.M.Umarxo`jaev, dotsent I.S.Soliyev, Sh.Rahmatullayev, dotsent A.Abduvaliyev,professor S.R.Rahimov va boshqalarning ilmiy ishlari va asarlari xizmat qildi.
l.Asosiy qism.
1.1 Tilshunoslikda turg’un so’z birikmalarini o’rni va ahamiyati.
Tilimizda shunday birikmalar ham borki,ularning tarkibi o’rtasida semantik- grammatik aloqa sezilmaydi,chunki bunday birikmalar aynan shu nutq jarayonida yaratilmay avvaldan bir butun holda mavjud bo’ladi.Ular tarkibidagi so’zlarning mavjud ma’no markaziga so’zga teng bir ma’no anglashiga xoslanadi.Shunday so’zlar turg’un birikmalar deb nomlanadi,masalan;ular bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qiladilar gapida ''bir yoqadan bosh chiqarmoq'' birikmasi turg'un birikmadir.Shunga ko’ra bu birikma tarkibidagi so’zlardan qat’iy nazar bir leksik tushunchani anglatgan va bitta sintaktik vazifada kelgan
Turg'un so’z birikmalari ikkilamchi til birligi hisoblanib,ular strukturasiga ko’ra sintagmalar, so’z birikmalariva gaplar shaklida bo’lishi mumkin. Bu xil so’z birikmalari aniq sintaktik modellar orqali yasaladi.Bu modellar orasida hech qanday semantik munosabatlar mavjud emas.
Eng ko’p uchraydigan sintaktik modellar turli xil semantikaga ega bo’lgan turg’un so’z birikmalarini yuzaga keltiradi:Qiyoslang:”jmdm.den Kopf waschen”(kimnidir boshini yuvib qo`tmoq)als festes Syntagma-ugs.jmdm.scharf zurechtweisen(keskin tanbeh bermoq);
Turg’un so’z birikmalariga shunday sintagmalar, so’z birikmalari,so’z guruhlari, predikativ birikmalar va turg’un shakldagi gaplar kiradi,ular alohida semantik xususiyatlarga egadir. Huddi shunday ma’no tashuvchi til birligi sifatida ulartilning semantik sistemasiga aloqadordirlar.Bunday so’z,so’z birikmalarining tabiiy tilga kirib borishi inson bilimining chegarasiz ekanligi va tildagi o’zak morfemalarning chegaralanganligi asosida yuzaga keladi.
Hozirgi kunda jadal rivojlanib borayotgan tilshunoslikdagi nominatsiya nazaryasi zamonaviy frazologiya tadqiqoti katta turtki bo’lmoqda. Bu muammolarga quyidagi masalalarni kiritish mumkin:
1.Nomlash, nominatsiyalash (Benennungs aspekt), tildan tashqaridagi qanday jarayonlar turg’un so’z birikmalriga ta’sir etadi, ekstra lingvistika hodis turg’un so’z birikmalariga ta’siri va turg’un so’z birikmalarining modellashtirishmasalalari.
2.Turg’un so’zbirikmalarining semantik mustaqilligi (Semantische Eigenstandigkeit) va ularning leksik birlikka bo’lgan denotativ-referantsial ma’nolari asosida munosabati.
3. Turg’un so’z birikmalarining kommunikativ- gramatikpotentslari (kommunikativ- pragmatische Potenz) va ularning imkoniyatlari.
Yuqoridagi muammolarni muhokama qilishda ayrim atamalarni aniqlashtirish talab etiladi “Frezologiya“ atamasi bugungi kunda faqatgina bir ma’nogagina emas, balkim keyingi yillardagi tadqiqotlar ko’rsatishicha frazalogiya hamma turdagi turg’un so’z birikmalarini tadqiq qilish obyektidir.
Shunga ko’ra turg’un so’z birikmalarining quydagi guruhlarini ajtatish maqsadga muvofiqdir:
1 Praseologismen-Frazeologizimlar.
2Praseologieserte Verbindungen-Frazeologiyabo’yicha sinovdan o’tgan birikmalar.
3 Modellierte Bildungen-Modellashtirilganshakllanishlar.
4 Lexikalische Einheiten-Leksik birliklar.
Bu BMI da men faqatgina birinchi guruh turg’un so’z birikmalarini o’rganish bilan chegaralanyapan.
Turg’un so’z birikmalari frazalogizimlar hisoblanib,ularning sintaktik strukturasi turlicha bo’lib,komponentlari faqatgina birlamchi bog’lanishga egadirlar,ma’nolari esa komponentlarining qisman yoki to’la lug’aviy ma’nosini o’zgartirish asosida yuzaga keladi.
20-asrning 50-yillari boshlarida frazalogik tadqiqodlar natijasida turg’un so’z birikmalarinining semantic klasifikatsiyasi(V.V.Vinogradov) yuzaga keldi.60-yillarga kelib esa turg’un so’z birikmalarining funksianal klassifikatsiyasi taklif qilindi.
Prof.I.I.Chernishevaning turg’un so’z birikmalarining komplekskreteriyalari asosida tadqiq qilishi bilan struktural-semantik klassifikatsiyasi yuzaga keldi. Bu klassifikatsiyaga ko`ra turg`un so`z birikmalarining quydagi 3 turi taklif qilindi.
1 Frazalogikbirliklar (Phraseologische Einheiten)
2 Frazalogikbirikmalar (Phraseologische Verbindungen)
3 Frazalogikiboralar (Phraseologische Ausdrucke)
Frazalogik birliklar sintaktik qurilishiga ko`ra hamda so`z turkumlari bilan munosabatiga ko`ra quydagi guruhlarga bo`linadi

Yüklə 275,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin