Ta’limda boshqaruv” kafedrasi Professional ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə12/24
tarix08.11.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#67935
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
BMI-Uzokov Muhibillo (2)

2.3. Professional ta’lim muassasalarida dual ta’limni joriy etish istiqbollari.
Dual ta’limni qo’llashning maqsadlaridan biri - O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, yirik va kichik biznes subyektlarida aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarning bandligini ta’minlash hamda kambag’allikni qisqartirish uchun mehnat faoliyati bilan ta’limni uyg’unlashgan holda tashkil etish orqali malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi.
Germaniya dunyoda dual ta’limni tashkil etish bo’yicha tan olingan yetakchi hisoblanadi, bu davlatda kasb-hunar ta’limi tizimi rivojlangan mentorlik instituti, amaliyotga yo’naltirilgan o’qitish va kadrlar tayyorlashda biznesning faol ishtiroki bilan ajralib turadi. Ushbu mamlakat tajribasi butun Yevropa Ittifoqi uchun namuna bo’lib xizmat qiladi.
Dual ta’limning afzalliklari:
1. Amaliy qism nafaqat ustaxonalarda va ta’lim muassasalarining o’quv maydonchalarida, balki korxonalarda ham amalga oshiriladi;
2. Ishchi dasturlarining mazmuni ta’lim muassasa va ish beruvchilar o’rtasida kelishiladi;
3. Ta’lim muassasa va korxona o’rtasida yaqin munosabatlar paydo bo’lishi va rivojlanishi mumkin;
4. Bitiruvchi ishga joylashganda, olingan bilimlarni darhol qo’llashi mumkin;
5. Ta’lim muassasada va korxonada o’qitishning doimiy ravishda o’zgarib turishi yaxshi motivasiyaga yordam beradi va ishlab chiqarish jarayoni qat’iy uzilib qolmaydi;
6. Kasbni aniq tavsiflari, shu bilan bir qatorda tayyorgarlikning bir xil darajasini ta’minlaydi.
Dual ta’limning kamchiliklari:
1. Korxonada o’qitish motivasiyasi bilan ta’lim sifati pasayishi mumkin;
2. Ish dasturlari har doim ham ishlab chiqarishda bajariladigan ishlarning mavsumiy ketma-ketligiga mos kelavermaydi;
3. Ta’lim muassasa har doim ham korxonalar uchun zarur bo’lgan o’quv materiallarini o’z vaqtida yetkazib bera olmasligi mumkin;
4. Korxonalarning o’qitishga tayyorligi yetarli emas - natijada ishlab chiqarishda o’quv joylari yo’q;
5. Korxonalar o’z mahsulotlariga yuqori narxlar orqali ta’lim olish uchun (asbob-uskunalarning yetishmasligi, moliyaviy yetishmasligi va boshqalar) pul ishlashga majbur. (Jadval-2.3.1.)

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin