Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari


-MAVZU: SINF RAHBARI ISHINI REJALASHTIRISH USULLARI



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə29/55
tarix17.04.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#99111
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari

7-MAVZU: SINF RAHBARI ISHINI REJALASHTIRISH USULLARI
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
1. Sinfdagi tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakllari va usullari.
2. Sinf rahbari ishini rejalashtirish metodikasi.
3. Sinf rahbarining namunaviy yillik ish rejasini tuzish metodikasi

Tayanch so’z va iboralar: sinf rahbari, pedagoglar jamoasi, fan o’qituvchilari, ota-onalar, sin ota-onalar majlisi, sinf jurnali, tarbiyaviy ishlar rejasi, ota-onalar faolligi, darsdan tashqari vaqt.




Sinfdagi tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakllari va usullari.
Sinf rahbari o’z ishlarini maktab ma’muriyati rahbarligi va bolalar tashkilotlari bilan hamkorlikda olib boradi. SHuning uchun uning faoliyatini rejalashtirish umummaktab hamda bolalar va o’smirlar, «Yoshlar ishlari agentligi» jamg’armasi ishining rejalashtirilishi bilan uzviy ravishda bog’langandir. Sinf rahbari ishini rejalashtirishning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o’quvchilarning o’zlari faol ishtirok etadilar, biroq unga sinf rahbari boshchilik qiladi. Sinf rahbarlari oldida juda qiyin vazifa – tarbiyaviy maqsadlarda o’ylangan har bir narsani bolalar o’zlarining shaxsiy fikr va g’oyalari sifatida qabul qilishlariga erishish vazifasi turadi. Reja – o’quvchilarga tarbiya berish jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishning zaruriy shartidir. Rejasiz ish olib borish sinfdagi tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakllari va uslublari o’lda-jo’lda, tarqoq, noaniq, tasodifiy holatlarda bo’ladi va ko’r-ko’rona harakat qilishga olib keladi. Bunday taqdirda tarbiyaning asosiy vazifalarini hal etish qiyinlashadi, ba’zan esa butunlay samarasiz bo’ladi. Reja sinf rahbarining tarbiya berish faoliyatini to’g’ri tashkil etish uchun juda katta imkoniyatlar ochib beradi.
O‘quvchilarning milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda sinf rah­barining roli g'oyatda katta. Sinf rahbari o'z sinfidagi o'quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda maktab rahbarining yaqin yordamchisidir: u o‘z sinfida dars oluvchi o‘quvchilarning, kamolot va yetakchi tashkilotlarning, ota-onalarning tarbiya sohasidagi ishlarini, faoliyatlarini birlashtiradi, butun sinf va har bir o'quvchi oldiga qo'yiladigan talablarda va ularga tarbiyaviy ta’sir ko'rsatishda birlik bo’lishini, shuningdek, sinfdagi hamma tarbiyaviy ishlarning rejali, tartibli olib borilishini ta’minlaydi. Sinf rahbari darsdan tashqari vaqtda o'z sinfidagi o'quvchilar o'rtasida tarbi­yaviy sh olib boradi. Shuningdek, o'quvchilar o'rtasida tashki­lotchi va tarbiyachi sifatida ham ish olib bo’lib, o'quvchilarning hammasini bahamj'ihat, bir jamoa qilib uyushtiradi, bu jamoada tarbiya ishlarini olib boradigan bir obyektgina bo'lib qolmaydi, balki o‘zining har bir a’zosini o'zi tarbiyalaydi ham. Bu o'qituvchi shu sinfga bir necha yilgacha rahbarlik qilib boradi. Sinfni bir sinf rahbari ikkinchi bir sinf rahbariga topshirganda har ikkalasi ham butun sinf va har bir o‘quvchi bilan olib borilgan tarbiyaviy ishlarni rejali, tartibli ravishda davom ettirishga harakat qilmog'i lozim. Sinf rahbari o'z ishida muvaffaqiyat qozonish uchun har bir o'quvchining nazariy va amaliy bilimlarini chuqur o'zlashtirib olishga doimo harakat qilishi zarur. O'quv­chilarning bilim saviyasini kengaytirish choralarini ko'rmog'i va ularning darslarni yuksak darajada o'zlashtirib olishlari uchun kurashmog‘i kerak. Bu ishda sinf rahbari pedagoglar jamoasiga suyanmog'i lozim. O'z sinfida o‘qitiladigan hamma fanlardan xabardor bo'lgan sinf rahbari shu sinfda dars beruvchi o'quvchilarning ishlarini bir-biriga bog‘laydi, o‘quvchilarga ta’lim-tar­biya jihatidan ta’sir ko‘rsatishi tadbirlari yo‘llarini sinf o'quvchilari bilan birgalikda, ular bilan maslahatlashib ishlab chiqadi va bu tadbirlarni amalga oshirish choralarini ko‘radi. Sinf rahbari o'quvchilarning yaxshi o‘qishi ularning eng birinchi vazifalari ekanini, maktabda o‘tiladigan fanlarning hammasi ham muhimligini, bolalar darslarni rasmiyat uchungina, kitobdagina o‘qib qo‘ya qolmasdan, balki chinakamiga bilib olishlari lozimligini, olgan bilimlarini amalda qo‘llay bilishlari kerakligini, shuning uchun mustaqil bilishlari zarurligini tushunib olishlariga yordam beradi. Sinf rahbari o'quvchilarning har jihatdan yetuk kishi bo'lib o'sishlari, ularning aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik tarbiya hamda politexnika ta’limi olishlari yo'lida jonbozlik ko'rsatishi, bu sohada o'quvchilarning o'z tashabbuslariga suyanishi, sinfdan tashqari turli ishlarni yo‘lga qo'yishi va bolalar maktabdan tashqari muassasalari bilan aloqa bog'lashi kerak. Sinf rahbari sinfdagi barcha o'quvchilarning, o‘g‘il va qiz bolalarning o'qishiga va umumiy ishda do'stona, hamjihat, bir jamoa bo'lib o'qishlariga yordam berishi, o'g'il va qiz bolalar bir-birlarini hurmat qilishlarini o'rgatishi lozim. Sinf rahbari o'quvchilar maktabga kelgan birinchi kundan boshlaboq, ular o'rtasida tar­biyaviy ishlarni yo'lga qo'yib, tarbiyaviy ish shakllarini sinfdagi bolalarning yoshiga qarab murakkablashtirishi, bolalarning har bir yoshda hosil qilgan madaniy xulq malakasini mustahkamlab borishi lozim.
Sinf rahbari o'z rahbarligidagi sinfda dars beruvchi o'qituvchilar bilan, o'quvchilarning ota-onalari bilan, yetakchilar bi­lan, maktab kutubxonachisi bilan, maktab shifokori bilan, kerak hollarda esa, maktabdan tashqari muassasa pedagoglari bilan hamda bolalar uy tarbiyachilari bilan aloqada bo'lishi lozim. Sinf rahbari ba’zan ayrim o'qituvchilarning darsiga kirib o'tiradi (bir o'qituvchining o'rniga ikkinchi bir o'qituvchi tayin bo‘lganda ularning ta’lim-tarbiyaviy ishida birlik bo‘lishini kuzatish uchun ketma-ket 2-3 darsga kirish tavsiya qilinadi), to'garak mashg‘ulotlari vaqtida qatnashadi. Sinf rahbari ota-onalar bilan mustahkam aloqa bog'lab, zaruriyat tug'ilganda, ota-onalar bilan birgalikda bolalarga ta’sir qilish va ularning kamchiligini tuzatish choralarini ko'radi va belgilangan choralarni bolalarning ota-onalari bilan birgalikda qattiq turib amalga oshirishga harakat qiladi.
Oila bilan aloqa bog’lash usullaridan biri sinf rahbarining ota-onalarni suhbat uchun maktabga chaqirishidir. Ota-onalarni o'quvchilar intizomni buzgandan keyin yoki o‘qishda orqada qola boshlagandan keyingina suhbatga chaqirmay, balki oldinroq chaqirishni odat qilish kerak. Shuningdek. intizomni buzgan yoki yaxshi o‘qimagan bolalarning uylariga borish bilangina kifoyalanmay, balki yaxshi tarbiya nanumalaridan foydalanish va umuman, bolaning oila hayoti bilan tanishish uchun ham o'quvchilarining uylariga borishlari lozim.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin