MMIBDO‘: ___________________ Sinf rahbar: ___________________ Mavzu:Madhiyam, yangrayver! (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).
I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi, mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi, tarqatma materiallar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tashkiliy qism: O`quvchilarni mashg`ulotga hozirlash
Ma`naviyat daqiqasi : “Men madhiya matni muallifi bo`lsam-da, Madhiya qoshida oddiy fuqarolardan biri bo`lib bosh egaman va bo`ysunaman”.
O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov.
II.Asosiy qism:
O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 10-dekabrida bo`lib o`tgan XI sessiyasida “O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida”gi qonun qabul qilindi.Shoir Abdulla Oripov va Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madhiya varianti tasdiqlandi.
O`zbekiston Respublikasi Madhiyasida o`lkamizning serquyoshligi xalqimizning bag`ri kengligi, ajdodlarimizning buyukligi va boy tariximiz va butundunyoni lol qilgan buyuk ma`naviyatimiz madh etilgan.
Dunyoda bor turli ma`lumot,
Samolarda izlardi hayot.
Ming taxminu, ming bir gumonlar,
Berolmasdi biror ma`lumot.
Ne donolar quyoshga shoshdi,
Yulduzlarchi insondan qochdi.
Galileydan oldin Ulug`bek,
Falakiyot sirini ochdi.
Shundan tiniq, toza osmanim,
Ona yurtim – O`zbekistonim.