simptomlar va muammolarga tayangan xolda amalga oshiriladi, yani xamshira
diagnozi shakllantiriladi.
Ushbu bosqichning maqsadi:
1. Anemik sindromlarda pasientning mavjud yoki paydo bo’ishi mumkin
bo’gan muammolarni, organizmning kasallikka qarshi javob reaksiyasi sifatida
paydo bo’ladigan xolatlarni aniqlash.
2. Anemik sindromlarda muammolarni paydo bo’ishiga tasir qiluvchi tiykargi
omillarni
aniqlash.
3. Anemik sindromlarda pasientning o’z muammolarini xal qilishga, uning
oldini olishga qaratilgan kuchli imkoniyatlarni aniqlash.
ANEMIK SINDROMLARDA XAMSHIRALIK DIAGNOZI: umumiy bexollik,
bosh aylanishi, ko’z oldi qorong’ilashishi, quloqlar shang’illashishi, ko’ngil
aynishi, tez-tez nafas olish, puls tezlashishi, arterial bosim pasayishi, qusish, tilning
achishishi, barmoq uchlarining uvishib qolishi, qo’l va oyoq panjalarining sanchib
turishi, tana harorati koteriliwi.
ANEMIK SINDROMDA PARVARISHNI REJALASH:
1. Bemorni yotoq rejimi bilan ta’minlash.
2. Ovqatlanishini nazorat ostiga olish.
3. Shifokor tavsiyalarini vaqtida bajarish.
4. Tavsiyadagi dori moddalarini qabul qilish sxemasini nazorat ostiga olish.
5. Tana xaroratini nazorat qilish va yordam ko’rsatish.
Xamshiralik jarayonining 4 - bosqichi – Xamshira tadbirlarni rejaga
kiritilgandan so’ng uni bajarishga kirishadi. Bu xamshiralik jarayonining to’rtinchi
bosqichidir. Xarakat yani bevosita muolajalarning amalga oshirish, rejani
bajarishga kirishilganligini kursatadi. Bu boskichning tiykargi maqsadi pasientga
zarur bo’gan maxsus parvarishni taminlash, vrach ko’rsatmalarini o’z vaqtida
bajarish, bemorni turli instrumental, rentgenologik tekshiruvlarga tayyorlash,
biologik ajratmalarni tekshrish uchun olish, dori preparatlarni o’z vaqtida tarqatish
va ineksiyalarni qilish, boshqa zaruriy mutaxassis vrachlarning maslaxatini
tashkillashtirishning, bemorni kuzatish va parvarish qilish Bilan boglik
muolajalarini o’z vaqtida amalga oshirishdir.
Xamshiralik jarayonining 5 - bosqichi - xamshiralik jarayonini yakunlovchi
boskichi bo’lib, samarani baxolashdir. Bu bosqichning maqsadi xamshira amalga
oshirgan tadbir va muolajalarga bemorning reaksiyasi, foyda darajasini aniqlashni
o’z ichiga oladi. Baxolash bosqichi uch yunalishni o’z ichiga oladi:
1. Bemorning xamshira xatti xarakatiga reaksiyasini baxolash.
2. Bemorning muolajalar to’qrisidagi fikrini bilish.
3. Belgilangan maqsadning bajarilishini baxolash.
Yuqorida qayd etilganlardan tashqari xamshira anemik sindromlarda bemorlarni
to’qri kuzatish va o’z vaqtida parvarish qilish uchun kasallikning rivojlanish
mexanizmini, simptomlarini yaxshi bilishi kerak.
Xarbiy dala terapiyasida hamshiralik ishi
RADIASIYA NURLARIDAN ZARARLANISH
Turli xil ionlovchi nurlar ta'siridan inson tanasida nurlanish bilan bog’liq dardlar
kelib chiqadi. Ionlovchi nurlar tarkibi elektromagnit va korpuskulyar nurlardan
iborat. Elektromagnit nurlarga o’z navbatida rentgen nurlari, gamma nurlar va
zararlangan zarrachalarning qattiq jismlardan yutishi natijasida yo’zaga keluvchi
korpuskulyar tormozlangan nurlanishlar kiradi. Korpuskulyar nurlanish esa alfa,
beta zarrachalar, shuningdek proton va neytronlar oqimidan iborat. Rentgen va
gamma nurlari tanadan utib ketadi. Ularning tirik to’qimalarga ta'siri natijasida tez
uchadigan neytronlar qosil bo’ladi va ular to’qima molekulalarini ionlab quyadi.
Alfa zarrachalar musbat zaryadlangan geliy yadrolaridan iborat bo’lib, tarkibida
ikki proton va ikki neytron mavjud. Beta zarrachalariga manfiy zaryadlangan
elektronlar va musbat zaryadga esa pozitronlar deb qarash kerak.
Rentgen va gamma nurlarining tirik to’qimalardan utish xususiyati unlab
santimetrlar, beta zarrachalarniki 2,5 mm va alfa zarrachalarniki esa millimetrning
yo’zdan bir ulushi bilan ulchanadi. Shuning uchun ham neytronlar atomlarni
ionlamasdan, balki ularning yadrolariga ta'sir etadi.Ionlovchi nurlarning ta'sir
darajasi ular miqdoriga, ya'ni tanadan qancha nur utganiga bog’liq.
Tirik to’qimalarning nurlanish birligi qilib grey olingan (1grey 100 rad ga teng).
IONLOVCHI NURLANISHNING BIOLOGIK TA’SIRI
Ionlovchi nurlar to’qimalarga bezosita va bilvosita ta'sir etadi. Bu nurlarning
to’qimalarga bevosita, tuqridantuqri ta'sir etishi natijasida ularning
biomolekulalari ionlashib qo’zqaladi. Nurlarning bilvosita ta'siri esa to’qima
tarkibidagi suvning radioliz jarayoni bilan bog’liq bo’lib, oqibatda qosil Bulgan
parchalanish maqsulotlari uta faol xususiyat kasb etadi va hujayra tarkibiga
kiruvchi barcha organik moddalarni oksidlab qo’yadi.
Bevosita nurlanish ta'sirida xromosomalar, bilvosita ta'sir tufayli suv radiolizi
maqsulotlaridan to’qimalar zarar kuradi, deb hisoblanadi. hujayra va
tokimalarinin nurlanishga naqadar sezgirligi ularning faolligiga bog’liq.
hujayralar qanchalik mitotik yul bilan bo’linib ko’paysa, ularning nurlanishga
sezgirligi ham yuqori bo’ladi. Limfoid va mieloid to’qimalar nurlanishga eng
sezgir to’qimalar bo’lib, ulardan so’ng ichak va teri epiteliysn, ovqat qazm qilish
hamda endokrin bezlarishshg sekret ishlab chiqaruvchi hujayralari, mushak, toqay,
suyak va biriktiruvchi to’qimalari turadi.
Nurlar ta'sirida qonda radiotoksinlar qosil bo’lishi va aylanishi oqibatida ularning
Ishki a'zolar faoliyatini boshqara olmay qolishi yotadi. Nurlanishning tashqi
belgilari (olimlar Ye. V. Gembisskiy va F. I. Komarov ko’zatishicha) ko’plab
omillarga bog’liq. bular -nur turlari (gamma, beta, neytron va b. q.), ularning
miqdori va quvvati, nurlovchi manbaning joylashishi (tashqi ma'lum masofadagi
manbadan va Ishki - odam ichiga nurlovchi modda tushishidan), odam tanasiga
nurlarning bir tekis, notekis bir joyga yoki tananing ma'lum qismiga ta'sir etishi,
qancha vaqt ichida qay miqdorda nurlanishdan iborat.
NUR KASALLIGI
Nur kasalligi atom va vodorod bombasi portlagandan hosil bo’luvchi mexanik,
issiqlik va ionlovchi nurlanish ta'sirida yuzaga keladi. Shuningdek bu kasallik
yadro reaktorlari portlab ketganda, emlew maqsadida organizm nurlatilganda
ham ko’zatilishi mumkin. Atom bombasi portlaganda portlash to’lqini, issiqlik va
ionlovchi nurlanish hosil bo’ladi. Bombaning qanchalik quvvatli ekanligiga qarab,
ta'sir maydoni ham shunchalik katta bo’ladi. Bir kilotonnadan bir megatonnagacha
quvvatli bombalarning ta'sir maydoni farqi portlash to’lqini ko’lami hisobida 8 dan
33 kilometrgacha, issiqlik ta'siri 6 dan 30 kilometrgacha masofani va ionlovchi
nurlar ta'sir ko’lami 3 dan 6 kilometrni tashkil etadi. Bomba portlaganda hosil
bo’luvchi ionlovchi nurlar tashqaridan gamma nurlar va neytronlar oqimi
ko’rinishida ta'sir etadi. Shuni unutmaslik kerakki, o’rta va yirik atom bombalar
portlaganda ko’proq aralash ta'sir nurlar, issiqlik va portlash to’lqini ta'siridagi
aralash jarohatlar olish ko’zatiladi. O’tkir nurlanish bilan bir qatorda kuyish va
yarador bo’lish kuzatiladi. Kichikroq bombalar portlaganda esa asosan nur
keselliklerinin har xil ko’rinishlari tiykargi o’rin egallaydi.
O’tkir va surunkali nur kasalligi atom bombasi portlagan paytda ham, bomba
portlashidan hosil bo’lgan nurlovchi bulut ta'sirida ham yo’zaga kelishi mumkin.
Atom reaktorlari portlashi natijasidagi nurlanish paytida tana va a'zolarga manba
yaqinligi, tananinq ayrim joylari shu atrofdagi narsalar bilan tasodifan himoyalanib
qolishi tufayli, nur tanaga bir tekis ta'sir etmaydi. Nur kasalligi oqirligi va
kechishiga o’ura o’tkir va surunkali bo’ladi.
O’tkir nur kasalligi
O’tkir nur kasalligi hozirgi paytda nur kasalligi o’z kechishiga ko’ra, yengil, o’rta,
og’ir va juda og’ir ko’rinishlarda o’tadi. 1 greydan 2 gacha bir tekis nur olgan
tanada kasallik yengil o’tadi. 2 dan 4 gacha urta, 4 dan 6 greygacha og’ir va 6
greydan oshganda juda og’ir nurlanish holatlari ko’zatiladi. Bir grey dan 10
greygacha nurlanish olgan tanada asosan suyak iligi zararlanishi bilan bog’liq
o’zgarishlar ruy berib, o’tkir nur keselliklerinin bu ko’rinishi suyak iligi nomini
olgan. 20 greygacha nurlanish olgan hollarda qon ishlab chiqaruvchi a'zolardan
tashqari, ichak epiteliysi zarar kuradi. Ichakdagi o’zgarishlar shu qadar tez
kechadiki, bemor qon ishlab chiqaruvchi a'zolardagi jarayon izdan chiqmay turib
ham nobud bo’lishi mumkin. 20 greydan ko’proq nurlanish oqibatida o’tkir nur
kasalligi toksik va serebral ko’rinishlarda kechib, bunda bir kechakundo’z, hatto
bir necha soat ichida bemor o’lishi mumkin. Harbiy terapevtlar uchun suyak
iligidagi o’zgarishlar bilan kechuvchi nur kasalligini o’rganish ahamiyatlidir. Bu
kasallikning o’ziga xos tomonlaridan biri, uning davriy kechishidir. Bunda 4 davr
ko’zatiladi:
1) boshlang’ich yoki organizmning nurlanishga dastlabki javob davri;
2) yashirin yoki kasallik belgilari go’yo yuqolib borayotgandek davr;
3) qo’zg’alish yoki kasallikning barcha belgilari yo’zaga chiqadigan davr;
4) tuzalish davri.
Bunday davrlarga bo’lish zaminida aniq terapevtik qoida bor: nur kasalligi
qo’zg’alib, barcha belgilari namoyon bo’lmasa, bemorlar shifoxonaga yotqizib
davolanmaydi va hatto mehnatga layoqatli deb topilishi mumkin. Kasallik yengil
kechganda bemorlar shifoxonaga yotqiziladi, lekin hech qanday maxsus davo
choralari ko’rilmaydi. Ba'zi hollarda, nurlanish 2 greyga yaqinlashsa, uzoq
bo’lmagan agranulositoz holati kuzatilib, bunda yuqumli asoratlarning oldini olish
uchun antibiotiklar qo’llash mumkin. O’rtacha og’ir holatda kechuvchi o’tkir nur
kasalligi deyarli barcha bemorlarda agranulositoz va qonda trombositlar kamayishi
bilan kechadi. Bunday bemorlar barcha tibbiy uskunalarga ega shifoxonalarga
yotqizilib, boshqalardan ajratilgan holda qon preparatlari, antibiotiklar, qon ishlab
chiqaruvchi a'zolar faoliyatini yaxshilovchi dori-darmonlar bilan davolanishlari
kerak. Kasallik oqir kechganda suyak iligi bilan bir qatorda me'da-ichak a'zolari
faoliyati ham izdan chiqadi. Bunday bemorlar hujayralarda kechuvchi murakkab
jarayonlarni emlew tajribasiga ega bo’lgan maxsus jarroqlik va qon quyish
shifoxonalariga yotqizilishi kerak.
O’tkir nur kasalligi o’ta og’ir kechgan hollarda A. I. Vorobev fikricha suyak iligi
yaxshilab ko’chirib o’tkazilmasa, bemor sog’ayishiga umid qilib bo’lmaydi.
Shuning uchun bunday bemorlar yuqori malakali, turli tibbiy sohadagi
mutaxassislar ishlaydigan, maxsus qon kasalliklari shifoxonalarida davolanishlari
zarur.
O’tkir nur kasalligi belgilari. Kasallikning boshlanqich d a v r i. Kasallikning
dastlabki, belgilari bemor qancha nur olganiga qarab namoyon bo’ladi. Nurlanish
kam bo’lganda 18-24 soat, urtacha miqdordagi nurlannshda 4-10 soat, kuchli
nurlanish olganda esa 1 - 3 soatdan so’ng odam kam harakat bo’lib, uyqu bosadi,
tana harorati ko’tarilib, ko’ngli ayniydi, qusadi. Ko’p miqdorda nurlanganlar ko’p
qayt qiladi, sillasi qurib, ba'zan qushidan ketadi.
Chernobil shaxridagi AES portlaganda 1986 yil 25 apreldan 26 aprelga o’tar
kechasi "tez yordam"da navbatchilik qilgan Pripyat shaxrilik shifokor V. P. Beloko
shunday hikoya qiladi: "Un sakkiz yashar yigitni olib kelishdi. U ko’ngli aynib,
boshi qattiq og’riyotganligidan shikoyat qilib, qusa boshladi. Uni mashinaga olib
kirmasimdanoq ahvoli og’irlasha boshladi. Aqli ozib, tildan qola boshladi, rangi
oppoq oqarib ketdi. Yana uch-to’rt kishi ham boshi qattiq og’rib, tomoq bug’ilishi,
ko’ngli aynishidan shikoyat qilishar va qusishardi. Ertalab soat oltilarda o’zimning
ham boshim og’rib, tomog’im qusayotganini, oyoqlarimdan mador ketayotganini
his etdim".
Chernobil AES da zarar ko’rganlarni saralash paytida bemor tinimsiz qusa bersa,
samolyotda Moskvadagi maxsus 6 - shaqar shifoxonasiga yuborib, o’tkir nur
xastaligidan emlewardi. Agar bemorning ko’ngli sal-pal aynib, kasallikning
boshqa belgilari bo’lmasa, uni Kiev shaxrida qoldirishardi. Afsuski,
nurlanganlarning qay darajada nur olganligini kursatuvchi asboblar ishdan chiqqan
edi. Oz va o’rtacha miqdorda nur olganda qon tarkibida bir oz neytrofilli
leykositoz, og’ir hollarda tezda leykopeniya yo’zaga keladi, eritrositlarning
cho’kish tezligi (EChT) odatda bir qadar sekinlashadi. 3-4 kundan so’ng kasallik
yashirin davrga o’tadi va u 3-5 kundan 14-21 ko’ngacha davom etadi. Bunda
bemor ahvoli odatda yaxshilanadi, lekin periferik qon o’zgarishlari zurayadi,
neytro va limfopeniya, trombositopeniya va retikulositlar soni kamaygan holda
leykopeniya avj oladi.
Kasallikning qo’zg’alish davri uning belgilari tez namoyon bo’lishi bilan kechadi.
Bemor holsizlanib, zaharlanish belgilari yo’zaga keladi. Teri ostiga qon quyiladi.
Og’iz bushlig’i shilliq qavati, tomoqlar yara bo’lib ketadi. O’tkir nur kasalligi og’ir
kechganda og’ir yarali eroziv enterokolit qo’shilib, tana harorati ko’tarilib ketadi.
Yurakda og’ir distrofiya, nekroz, okpeda qon quyilgan pnevmonia o’choqlari paydo
bo’ladi. Ishki sekresiya bezlari faoliyati bo’zilib, jinsiy a'zolar zararlanadi, goho
bepushtlik rivojlanadi. Yengil hollarda nerv sistemasida funksional
vegetativastenik hodisalar, og’ir hollarda bosh miyaning turli bo’limlariga qon
quyilishi natijasida nerv sistemasining organik buzilishlari yo’zaga keladi.
Ko’pincha ichaklar faoliyati izdan chiqadi. Teri qizarishi, pufaklar va shish, hatto
yaralar paydo bo’lishi mumkin. Qon tarkibi manzarasi. Trombositlar soni xavfli
rahamlar (20-30 ming) gacha va undan ham kamayib ketadi. Dastlabki uch kun
ichida bemorlar qonida limfositlar darajasi pasayadi. Nurlanishning dastlabki
soatlarida oshgan leykositlar soni suyak iligidagi sog’lom, nurlanishga chidamli
hujayra - tayoqcha yadroli va segment yadroli leykositlardan iborat granulositlar
sarf bo’lishi bilan kamayib ketaveradi. Leykositlardagi morfologik o’zgarishlar
ularda vakuolalar, neytrofnllarda toksik donachalar yo’zaga kelishida namoyon
bo’ladi. Leykositlar eng past ko’rsatkichgacha kamayib (0,1 o 109/l),
agranulositoz, mutloq limfopeniya va chuqur trombositopeniya holati kelib
chiqadi. Kasallikning qo’zg’alish davri oxiriga kelib, kamqonlik paydo bo’ladi va
zo’rayadi. Limfositlar sonining kamayib, ularning fagositar faolligi pasayishi bilan
organizmning kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyati sussayib ketadi va bu
qo’shimcha asoratlarga sabab bo’ladi.
O’tkir nur kasalligiga ko’pincha pnevmonia, sepsis, tomoq va quloq og’riqi
qo’shilishi mumkin. Barcha yuqumli xastaliklar nurlangan bemorlarda og’ir
kechadi. Bunda tana harorati ko’pincha ko’tarilib ketadi. Kasallyk qo’zg’algan
davr uchun xos belgilardan biri teri va shilliq qavatlar ostiga qon quyilishidir.
Og’ir hollarda katta hajmdagi joylar, Ishki a'zolarga (me'da-ichak, bachadon va b.
q.) qon quyilishi va qon ketishi kuzatiladi. Bunday qon ketish va qon quyilishlarga
trombositlar sonining kamayib o’z vazifasini bajara olmay qolishi, tomirlar devori
o’tkazuvchanligining oshib ketishi, qon ivituvchi omillarning yetishmasligi sabab
bo’ladi. To’sh suyagi tekshirib ko’rilganda qon hujayralarining yetilishi susayib,
keyinchalik suyak iligida hujayralar qolmasligi - pansitopeniya ko’zatiladi. Og’ir
hollarda mielokariositlar soni 3-3 o 109/ l. gacha kamayadi. Suyak iligida
gipoplastik anemiyaga xos retikulyar hamda plazmatik hujayralar, tiniq bo’lmagan
donador neytrofillar va limfositlar paydo bo’ladi.
Isitma. O’tkir nur kasalligi xuruj qilganda tana harorati odatda juda yuqori ho’ladi.
Gipertermiya vaqt jihatidan agranulositoz bilan bir vaqtga to’qri keladi.
Yurak – tomir tizimi. Nurlangan bemorlarning tomir urishi tezlashib, yurak hajmi
kattalashadi, yurak zarblari bo’g’iq bo’lib, yurak ustida sistolik shovqin eshitiladi,
qon bosimi pasayadi. Elektrokardiograf miokardning diffo’z zararlanishiga xos
belgilarni ko’rsatadi.
Ovqat hazm qilish a'zolari. O’tkir nur kasalligida ingichka ichak epiteliysi
zararlanib, ichak devori o’tkazuvchanligi oshadi va organizmning kasalliklarga
qarshi kurashish qobiliyati pasayib, turli xil yuqumli xastaliklar avj oladi.
Natijada ovqat hazm qilish va oziq moddalari surilishi bo’zilib, organizm
zaharlanadi. Bemorning ishtahasi pasayib, ko’ngli ayniydi, qorni shishib qusadi,
ichi ketadi. Gastroenteritga xos bu belgilardan tashqari, ingichka ichak teshilishi,
ichak o’ralib qolishi va ichak shilliq qavati shishib ketishi ham mumkin.
Nerv sistemasi. Bemor asabi tekshirib ko’rilganda unda loqaydlik, karaxtlik, pay
reflekslarining susayishi ko’zatiladi. Og’ir hollarda miya po’stloqining ta'sirlanishi,
nerv sistemasining organik zararlanishi kabi belgilar namoyon bo’ladi. Sog’ayish
davrida qondagi ko’rsatkichlar yaxshilanadi. Periferik qonda leykogrammaning
chapga to mielosit va promielositlargacha surilishida ifodalangan neytrofillar,
retikulositlar, trombositlar va limfositlar soni tezda ko’payadi. Suyak iligida
regenerasiya holati ko’zatiladi. Bunda eritroleyko va trombopoez jarayonida
uchraydigan, hali yetilmagan hujayralar soni oshib, mitoz davrini boshdan
kechirayotgan hujayralar hamda mielokariosntlar miqdori ko’payadi. Sog’ayish
davrida bemorning tana harorati pasayib, ishtahasi ochiladi, umumiy ahvoli
yaxshilanib, qon quyilishi to’xtaydi, yuqumli asoratlar yuqoladi". Qon
ko’rsatkichlari, yurak va qontomirlar faoliyati yaxshilanadi. Nerv sistemasining
zararlanish belgilari kamayadi. Lekin sog’ayish uzoq davom etib, astenik belgilar,
qon kursatkichlari o’zgarib turadi. Buning uchun yillar o’tishi bilan o’tkir nur
keselliklerinin uzoq asoratlari: kataraktalar, xavfli o’smalar, leykozlar, irsiy
kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
O’tkir nur keselliklerinin o’ta og’ir ko’rinishida dastlabki alomatlar juda tez - bir
necha o’n minut yoki birinchi soatlarda namoyon bo’ladi. Bunda bemor to’xtovsiz
qayt qiladi, holsizlanib hushidan ketadi. Ana shunday shiddat bilan boshlangan
kasallik yashirin davrsiz o’tib, organizmning umumiy zaharlanishi, suyak iligi qon
ishlab chiqarishining bo’zilishiga xos belgilar namoyon bo’lishi mumkin. Kasallik
avj olgan davrda teri osti va shilliq qavatlarga qon quyilishi, yuqumli asoratlar,
ichak zararlanishi kabi belgilari ham seziladi. Odatda bemorlar kasallikning 2 -
haftasidayoq vafot etadilar.
Aralash nurlanish xususiyatlari. Tashqi muhitdagi nurlovchi manba va nurlovchi
moddaning birgalikdagi ta'siri natijasida aralash nurlanish sodir bo’ladi.
Organizmga radioaktiv moddalar asosan og’iz va nafas yullari, shuningdek yara va
kuygan joylardan tushadi, kupincha aralash nurlanish radioaktiv zararlangan
joylarda jangovar harakatlar olib borilganda uchraydi. Bu hollarda asosan gamma
nurlar ta'siri kuchli bo’lib, odam ichiga, yara va kuygan joylariga tushgan radiaktiv
izotoplar kasallikni yana ham oqirlashtiradi, keyinchalik turli asoratlarga sabab
bo’ladi.
Aralash nurlanish hollarida og’izda bo’ladigan o’zgarishlar yaqqol ko’zga
tashlanadi. U og’iz bo’shliqi shilliq qavatiga 500 rad (5 grey), nur ta'sir etganda
guzetilip, birinchi soatlardayoq og’iz shilliq qavati shishib ketadi. Shish biroz
pasayib 3-4 kundan so’ng yana kuchayadi, og’iz qurib, shilliq qavatida yaralar
paydo bo’ladi. Aralash nurlanishga xos belgilardan yana biri, konyunktivit, yuqori
nafas yo’llari shilliq qavati va terining ochiq joylarida nurlannshning dastlabki
kunlari yo’z beradigan o’zgarishlar hisoblanadi. Aralash nurlanish paytida ichak
faoliyatining bo’zilishi cho’zilib, qondagi noxush o’zgarishlar tez rivojlanadi.
Kasallik kechishida ichga tushgan u yoki bu radioaktiv moddalar Ishki a'zolarga
saralab ta'sir etishi mumkin. Masalan, lantan - jigarda, stronsiy, ittriy va sirkoniy -
suyaklarda, uran - buyrakda va yod - qalqonsimon bezda to’planib, ana shu
a'zolarni zararlaydi. Radioaktiv moddalar miqdori ko’proq bo’lsa, yuqorida
ko’rsatilgan Ishki a'zo va to’qimalarda asta-sekin organik o’zgarishlar yo’zaga
kelib, ko’rsatilgan kasallikning so’ngi bosqichlarida suyaklarda, Ishki a'zolar va
qonda noxush asoratlar paydo bo’ladi.
Neytronlardan zararlanishning klinik xususiyatlari. Gamma nurlar kabi neytron
nurlari ham subletal va letal dozalarda ta'sir etganida organizmni zararlab, asosan
qon ishlab chiqaruvchi to’qimalar va me'da ichak shilliq pardasiga ta'sir etadi.
Kasallik belgilari ham ana shularga qarab namoyon bo’ladi. Lekin neytron nurlari
ta'sirida kelib chiqadigan o’tkir nur keselliklerinin o’ziga xos tomonlari ham bo’lib,
xastalikni aniqlash va oqibatini belgilashda ularni hisobga olish zarur. Neytron
nurlar ta'sirida kelib chiqadigan o’tkir nur keselliklerinin klinik belgilari bu nurlar
tanada notekis taqsimlanishi va me'da-ichak o’zgarishlarining namoyon bo’lishi
bilan aniqlanadi. To’qimalar neytronlarni o’ziga kuchli singdirib oladi va bu
yutilgan nur dozasi juda tez o’tib ketadi. Garchi neytron nurlari yirik biologik
ob'ektlar (odam tanasi)dan o’tayotib quvvati pasaysa ham, neytronlar reaksiyasi
oqibatida hosil bo’luvchi gamma nurlanish ham umumiy nurlanish ta'srini oshiradi.
Natijada suyak ko’migi va ichaklarga o'tadigan neytron nurlari to’qimalarda
ushlanib qolib (umumiy dozaning 20 foizigina o’tadi) organizm asosan ikkilamchi
gamma nurlanishdan zarar kuradi. Neytron nurlari ta'sir etganda yashirin davr
o’tkir nur kasalligidan qisqa bo’ladi. Agranulositoz tez rivojlanib, kasallik avj
olgan paytidagi belgilar va yuqumli asoratlar tez namoyon bo’ladi. Ichaklardagi
o’zgarishlar ham yaqqol seziladi. Kasallikning asoratsiz turida qon tarkibidagi
ijobiy o’zgarishlar tezroq bo’lib, bu suyak ko’migining zararlanmagan joylari va
qon ishlab chiqaruvchi a'zolarning zo’r berib ishlashi tufaylidir. Neytron
nurlanishning tiykargi belgilari mahalliy ko’rinishdadir. Bunda ayniqsa teri va
shilliq qavatda yaralar paydo bo’ladi.
O’tkir nur keselliklerinin turlarini aniqlash. Bu xastalikni erta aniqlash uchun
periferik qon va suyak ko’migiga nur ta'sir etgan paytdagi dastlabki o’zgarishlarni
bilish juda muhimdir. O’tkir nur kasalligi yengil kechganida (1-2 gy) qon va suyak
iligida dastlabki ta'sir belgilari deyarli bilmaydi. Ba'zi bir nurlangan kishilar 3-5
soatdan so’ng ko’ngli aynishi, qayt qilishi mumkin. Yashirin davr 30-35 necha
kundan iborat. Kasallik yengil kechib, bemorlar davolanmasdan sog’ayib ketadilar.
O’tkir nur kasalligi o’rtacha og’irlikda kechganda (2- 4 gy) nurlanishdan ikki soat
o’tgach, bemorning ko’ngli aynib madori quriydi, qayt qiladi, tana harorati
Dostları ilə paylaş: |