Termiz – 2020 mund а r I j а



Yüklə 480,36 Kb.
səhifə26/128
tarix02.01.2022
ölçüsü480,36 Kb.
#41656
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   128
Fuqoralik Jamiyati maruza

To‘rtinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarining o‘z-o‘zini boshqaruv mexanizmlari va huquqiy vakolatlarining o‘zgarishi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari mexanizmi va huquqiy vakolatlarida ham tarkibiy o‘zgarishlarini vujudga keltiradi.

2010 yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan qabul qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” ko‘ptarmoqli NNTlarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash yangi bosqichining boshlanish davri bo‘ldi.

Konsepsiyaning qoidalaridan kelib chiqib, bir qator qonun hujjatlari, shu jumladan 2013 yil 28 dekabrda “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, NNTlar ekologik nazoratning asosiy sub’ekti sifatida belgilandi.

2014 yilning 5 mayida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonun, shu yilning 25 sentabrda esa “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

“Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra NNTlarni ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal qilishda ishtirok etishga samarali jalb qilishning va davlat tomonidan rag‘batlantirishning shakllaridan biri sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari orqali NNTlar faoliyatini moliyalashtirishning yangi mexanizmi yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 12 dekabrda qabul qilingan PQ–2085-sonli “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi ushbu sohadagi qonunchilikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Odamlar hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar, yangi turmush tarzi, ba’zan uning murakkab ijtimoiy munosabatlari vatan¬parvarlik, bag‘rikenglik, yurt tinchligi, sotsial adolat, fikrlar xilma-xilligi kabi masalalarni tobora ustuvor vazifaga aylantirdi.

Bu o‘zgarishlar O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining (1995 yil 17 fevralda) tashkil topishiga ijtimoiy sharoit yaratadi. Partiya nizomiga muvofiq mustaqillikni mustahkamlashning bosh masalasi sifatida insonning ozod bo‘lishi, uning imkoniyatlarini yo‘naltirish, fuqarolarning huquqlarini, erkinliklarini, burchlarini ta’min¬lash, barcha millatlar va xalqlarni, jamoat tashkilotlarini birlashtiradigan yetakchi kuch – huquqiy demokratik davlat g‘oyalarini ilgari surish uning bosh maqsadi etib belgilandi. Shu g‘oyalarga hamohang O‘zbekiston “Milliy tikla¬nish” demokratik partiyasi 1995 yilning 3 iyunida tashkil topib, dasturiy maqsadlari millatning ma’naviy birligi, Vatan – yagona oila, kuchli demokratik davlat, milliy qadriyatlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va umumjahoniy integratsiya, zamon kishisi, milliy istiqbol kabi g‘oyalar partiya faoliyatining mazmun-mohiyatini tashkil etdi.

Mamlakatda ko‘ppartiyaviylik tizimining huquqiy asoslarini mustahkamlashda saylov instituti va uni huquqiy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan xatti-harakatlar alohida o‘rin tutadi. 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida", 1994 yil 5 mayda qabul qilingan "Viloyat, tuman, va shahar xalq deputatlari kengashiga saylovlar to‘g‘risida"gi va "Fuqarolarning saylov huquqi kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar negizida Oliy Majlisga demokratik va ko‘ppartiviylikka asoslangan ilk saylovlar 1994 yil 25 dekabrda o‘tkazilishi o‘zbek parlamen¬tarizmi tarixida yangi davrni ochib berdi.

O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining qaror topishi va siyosiy partiyalar takomillashuvida 1996 yil 25 dekabrda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, unda siyosiy partiyalarning demokratik qonunlar asosida faoliyat yuritishlari uchun yetakchi va ilg‘or mamlakatlar mezonlari talablaridarajasidagi huquqiy asoslar kiritildi. Masalan, qonunning 12-moddasida siyosiy partiyalarning huquqlari aniq va ravshan ko‘rsatib berilgan. Ushbu qonun siyosiy partiyalarni tuzish, ularning faoliyat ko‘rsatishi, partiyaga a’zolik, partiya faoliyatining kafolatlari, uning ustavini ro‘yxatga olish, partiyalarning mulkiy munosabatlariga doir barcha huquqiy maqomlarining mujassamlashgani O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimini qaror toptirishda muhim o‘rin tutdi.

O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining tadrijiy rivoji shundan dalolat bermoqdaki, mustaqillik yillarida mamlakatda demokratik saylovlarning huquqiy asoslari yaratildi va saylovlar to‘g‘risidagi qonunlar hayotda o‘z ifodasini topmokda. Shu bilan birga, saylov kampaniyalari davri siyosiy partiyalar uchun siyosiy kengliklar sifatida fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyatlari yuksalishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.

O‘zbekistonda hokimiyat bo‘linishi tamoyillariga amal qilgan holda 2002 yil 27 yanvarida o‘tkazilgan referendumga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi ikki palatali parlament tizimiga o‘tkazildi. Bunday o‘zgarish to‘g‘risidagi qaror mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yangi sahifani ochib berdi. Uning natijalariga binoan Oliy Majlisning VIII sessiyasida «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.

Bu hujjatlar asosida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlar Oliy Majlis palatalarining maqomini, ularni shakllantirish tartibini, vakolatlarini, o‘zaro hamda boshqa hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilish mexanizmlarini aniqlab berdi. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida hoki¬miyatlar o‘rtasidagi muvozanatning tashkil etilishi ta’minlandi. Qonun chiqaruvchi vakillarning nafaqat mas’uliyati, balki professional darajasi oshdi. Hududiy manfaatlar va ularning aniq himoyachilari vujudga keldi. Hokimiyatning monopol va ma’muriy usulidan o‘zaro teng hamkorlik mexanizmlari yaratildi. Ijro hokimiyati ustidan deputat nazorati qonunga muvofiq o‘rnatildi. Senator va deputatni chaqirib olish, ayni paytda, uning maqomi to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi.

2006 yil 9 noyabrda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun bu yo‘lda tashlangan dastlabki qadamlarning tabora kengayishiga sharoit yaratdi.

Unga muvofiq Xalq deputatlari viloyat, shahar kengashlaridagi siyosiy partiyalarning deputatlik guruhlari bilan maslahatlashib, viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari Prezident tomonidan xalq deputatlari Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Bunda hokim faoliyatini nazorat qilish va qoniqarsiz deb topilgan hollarda vazifasidan ozod qilish bo‘yicha tavsiya kiritish huquqlari beriladi. Mazkur konsepsiya konstitutsion qonunning uzviy davomi, uni rivojlantiruvchi keyingi bosqich sifatida takomillashib kelayotganligini kuzatamiz. Bu o‘z o‘rnida O‘zbekistonda davlat hokimiyatini shakllantirishda siyosiy partiyalarning bevosita ishtirokining oshishiga olib keldi.

Yurtboshimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma’ruzasida davlatimizning yaqin va uzoq istiqboliga mo‘ljallangan evolyutsion rivojlanishning mantiqiy davomi bo‘lib, bu yangi bir davrni boshlab berdi.


Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etilishi demokratik islohotlar yo‘lidagi harakatlarimizning izchilligini yana bir bora tasdiqlaydi. Bunda siyosiy partiyalarning hokimiyat uchun kurashish va ularni shakllantirish borasidagi faoliyatlari uchun jamiyatda real siyosiy maydonning huquqiy asoslari yaratiladi. Ayni paytda, siyosiy partiyalar o‘z dasturiy vazifalarini amalga oshirishda partiyalararo raqobat muhitining yanada kuchayishiga, sog‘lom siyosiy muxolifatlarning vujudga kelishiga hamda demokratik islohotlarni yanada chuqurlati-rishga xizmat qiladi.

Mazkur Konsepsiyaning 5-bo‘limi fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishga bag‘ishlandi.

Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda, boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni, erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi” .

Davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;

Qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish;

Siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish.

Davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni tartibga solishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh qilish;

Mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish;

«Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.




Yüklə 480,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin