Termiz – 2020
M U N D А R I J А
I
|
SO`Z BOSHI
|
4
|
II
|
MA`RUZA MASHG`ULOTLARI
|
6
|
1-MAVZU:
|
O‘ZBEKISTON MILLIY TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHDA FUQAROLIK JAMIYATINING SHAKL-LANISHI VA RIVOJLANISHI.
|
6
|
2-MAVZU:
|
HARAKATLAR STRATEGIYASI-O`ZBEKISTON MILLIY TARAQQIYOTI YANGI BOSQICHINING ASOSI
|
34
|
3-MAVZU:
|
DAVLAT VA JAMIYAT QURILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
|
62
|
4-MAVZU:
|
QONUN USTUVORLIGINI TA`MINLASH VA SUD HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOH QILISHNING USTUVOR YO`NALISHLARI
|
82
|
5-MAVZU:
|
IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASH-TIRISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA USTUVOR YO`NALISHLARI
|
94
|
6-MAVZU:
|
IJTIMOIY SOHADAGI ISLOHATLARNI CHUQURLASH-TIRISH
|
108
|
7-MAVZU:
|
XAVFSIZLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG`RIKENGLIKNI TA`MINLASH
|
121
|
8-MAVZU:
|
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH-FUQOROLIK JAMIYATINING USTUVOR SHARTI
|
160
|
9-MAVZU:
|
FUQORO, FUQOROVIYLIK VA FAOL FUQOROLIK POZITSIYASI
|
174
|
10-MAVZU:
|
SAYLOV HUQUQ ERKINLIGI-FUQOROLIK JAMIYATI-NING SHARTI
|
183
|
11-MAVZU:
|
O`ZBEKISTONDA FUQOROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI VA MILLIY O`Z-O`ZINI BOSHQARISH
|
203
|
12-MAVZU:
|
JAMOATCHILIK NAZORATI VA DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGI IJTIMOIY SHERIKLIK
|
215
|
13-MAVZU:
|
FAOL FUQOROLIK POZITSIYASIGA EGA BO`LGAN YOSH AVLODNI TARBIYALASHNING ASOSIY YO`NALISHLARI
|
249
|
I. SOʼZ BOSHI
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga oʼtish davrining boshlanishi, xususiy mulkchilikning tiklanishi, butunlay yangi ijtimoiy qatlam – oʼrta sinfning shakllanishi kabi oʼzgarishlar demokratik qadriyatlarni oʼsishiga zamin yaratdi.
Fuqarolarning dunyoqarashida tub oʼzgarishlar roʼy berdi. Totalitar mafkuradan butunlay holi boʼlgan yangi avlod shakllandi. Ular hayotida oʼz atrofidagi voqeliklarga oʼz mustaqil nuqtai nazari qarash, oʼz taqdirini Vatan taqdiri bilan bogʼliq holda his etish kabi qadriyatlar shakllandi.
Mustaqillik davridagi buyuk oʼzgarishlar haqida Birinchi Prezidentimiz I.А.Karimov quyidagi fikrlarni bildiradi: “Bugun insonning oʼzi oʼzgarmoqda, uning grajdanlik va siyosiy ongi, huquqiy madaniyati oʼsmoqda. Biz kommunistik mafkura asoratlaridan, boqimandalik kayfiyatidan, turli soxta qoliplardan toʼla xalos boʼlib bormoqdamiz. Mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga ega, hayotga yangicha qaraydigan, sobiq mustabid tuzumga xos tushunchalardan ozod boʼlib voyaga yetayotgan, oʼz fikri va qarashlariga ega boʼlgan navqiron yoshlarimiz hayotga ishonch bilan kirib kelmoqda, jamiyatimizda mustahkam oʼrin olmoqda va mamlakatimizning taraqqiyoti yoʼlida hal qiluvchi kuchga aylanmoqda. Hayotimizda amalga oshiril-ayotgan bunday oʼzgarishlar avvalo nimani anglatadi? ...Bu amaliy ishlar avvalambor mamlakatimizda zamonaviy demokratik jamiyat qaror topayotgani va izchil rivojlanayotganidan, aholining hayot darajasi va sifatining yuksalib borishiga zamin boʼlayotgan iqtisodiyotimizning barqaror surʼatlar bilan oʼsayotganidan, Oʼzbekistonimizning xalqaro maydondagi obroʼ-eʼtibori tobora ortib borayotganidan darak beradi” .
Mustaqillik davrida mamlakatning iqtisodiy salohiyati ham yuksaldi. Sanoatning Oʼzbekiston uchun butunlay yangi sohalari – avtomobilsozlik, energetika - neftь-gaz ishlab chiqarish, sanoat va uy-joy qurilishi, avtomobil va temir yoʼl qurilishi, dori-darmon ishlab chiqarish kabilar shakllandi va rivojlandi. Mamlakat yalpi ichki mahsulotida shaxsiy sektorning ulushi ustuvorlik qila boshladi. Qishloqqa fermerlik va kichik biznes kirib keldi. Barcha ekin maydonlari fermerlarga boʼlib berildi. Xususiy mulkchilikni joriy etilishi oilalarning farovonligini oʼsishiga kuchli taʼsir koʼrsatdi. Mamlakatda xoʼjalik yuritishning rivojlangan mamlakatlar uchun xos boʼlgan shakli – bozor iqtisodiyoti munosabatlari tezlik bilan rivojlana boshladi.
Davlatning bosh islohotchilik rolini oshirish, kuchli ijtimoiy himoya siyosatini amalga oshirish jarayoni “Oʼzbek modeli” asosidagi islohotlarni hech bir ijtimoiy larzalarsiz amalga oshirishga shart-sharoit yaratdi. Davlat byudjetining uchdan ikki qismiga yaqini ijtimoiy sohalarga ajratilishi mamlakatdagi siyosiy tuzumning asosan milliy manfaatlar va xalq farovonligini amalga oshirish yoʼlida faoliyat yuritishini ifodalay boshladi.
Mustaqillikning chorak asrga yaqin davri ichida mamlakatning yuz yilliklarga teng boʼlgan rivojlanish yoʼlini bosib oʼtishi – bu mamlakat Birinchi Prezidentimiz I.А.Karimovning tashabbusi va yoʼlboshchiligi asosida fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishning asosiy strategik pirovard maqsad sifatida eʼlon qilinishi, bu sohada “Oʼzbek modeli” asosida islohotlarni bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilganligi boʼldi. Soʼnggi oʼn yillikda mamlakat yalpi ichki mahsulotining 8 foizdan ortiq ravishda oʼsib borishi fikrimizning dalilidir.
Davlat siyosatining va jamiyat taraqqiyotining asosiy ustuvor yoʼnalishlari insonga, uning farovonligi va erkinligiga qaratila boshlandi. Oʼzbekiston tarixida yangi bir davr boshlandi. Bu davr – fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish davri sifatida trixga kirdi.
Koʼrinib turibdiki, mamlakatda fuqarolik jamiyati strategik maqsad sifatida eʼlon qilinishi natijasida yangi dolzarb vazifalar paydo boʼldi. Maʼlumki, bu kabi jamiyatlar rivojlangan mamlakatlarda bir necha yuz yilliklar ichida nazariya sifatida shakllanib, XX asrning oʼrtalaridan boshlab amaliyotda namoyon boʼldi. Bu mamlakatlar tajribasini oʼrganish, mamlakatimiz tarixida shakllangan fuqarolik jamiyatining milliy unsurlarini demokratlashtirish va ularni xorijiy tajriba bilan uygʼunlashtirish davr talabi sifatida oʼzligini namoyon qila boshladi. Shuningdek, fuqarolik jamiyatiga doir nazariy va amaliy bilimlarni yoshlar ongiga singdirish mamlakat kelajagi va istiqbolini belgilovchi omil sifatida paydo boʼldi. Chunki, yangi quriladigan jamiyatning belgilari hamda tarxi yoshlar ongi va tasavvurida namoyon boʼlmas ekan, bu ulugʼvor vazifani bajarishga kirishib boʼlmaydi. Shuning uchun ham “Fuqarolik jamiyati” faniga doir darslik va boshqa oʼquv qoʼllanmalarini yaratish amalga oshirilayotgan islohotlarning maʼnaviy-ijtimoiy omili sifatidagi zaruriyatga aylandi.
Koʼrinib turibdiki, hozirgi davrga kelib fuqarolik jamiyati qurish islohotlari sharoitida yoshlarni bu jarayonda faol ishtirok etishlari va oʼz dunyoqarashlarini fuqarolik jamiyati qurishga doir nazariyalar bilan boyitishlari uchun shar-sharoitlar yaratish eng dolzarb vazifalar sirasiga koʼtarildi.
Fuqarolik jamiyati fani hozirgi islohotlar davri yanada rivojlanishga doir izlanishlarni chuqurlashtirish jarayoni kun tartibiga qoʼygan vazifalardan kelib chiqib “Oʼzbek modeli” asosida fuqarolik jamiyati qurish va uning istiqbollari toʼgʼrisida bilimlar beradi. Shuningdek, bu fanni oʼqitish jarayonida rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati qurish tajribasi ham oʼrganiladi, ular mamlakatdagi islohotlar natijasiga oʼzgarishlar qiyoslanadi.
Oʼzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyotini “Falsafa”, “Huquqshunoslik”, “Oʼzbekiston tarixi”, “Sotsiologiya”, “Iqtisodiyot”, “Milliy gʼoya: asosiy tushuncha va tamoyillar” “Siyosiy fanlar”, kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan uzviy oʼzaro aloqadorlikda oʼrganadi, oʼzining va mazkur fanlarning qonuniyatlariga ham tayangan holda qoʼlaniladi.
Dostları ilə paylaş: |