Tayanch so‘zlar: fuqaro, fuqarolik jamiyati, davlat, davlat hokimiyati, huquqiy davlat, siyosiy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning huquq va erkinligi, inson huquqlari. g‘oya, nazariya, konsepsiya, fuqarolik jamiyati, demokratik davlat, adolatli jamiyat, fuqarolik jamiyatining antik, diniy va mumtoz paradigmalari.
1. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va ob’ekti.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqil demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi hamda mamlakatimiz barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik ta’minlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirish strategik maqsad sifatida belgilangan.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va o‘zgarmas bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat» deb ta’kidlagan edi.
Dostları ilə paylaş: |