mavzu soat juftlik



Yüklə 132,81 Kb.
səhifə1/3
tarix23.05.2023
ölçüsü132,81 Kb.
#120214
  1   2   3
3-mavzu yangi tarix (6)


3 -mavzu 2 soat 1 juftlik
O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi xuquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish borasidagi islohotlar.
Reja:

  1. O‘zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.

  2. O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari va Konstitusiyasining qabul qilinishi.

  3. Siyosiy islohotlar. Huquqiy demokratik davlat asoslarining barpo etilishi.

  4. Fuqarolik jamiyati negizlarining yaratilishi.

  5. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda muhim bosqich.

Mashg`ulot maqsadi:- talabalarga O‘zbekiston davlatining mustaqilligiga erishishi, Huquqiy demokratik davlat asoslarining barpo etilishi xaqida malumotlar berish.
Mavzuni o’rganish natijasida talaba:
Darsda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda muhim bosqich togrisida malumotlarga ega bolish.

Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxati:


1. Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. Т. - Тошкент: Ўзбекистон.. 2017.
2. O'zbekistonning yangi tarixi/N.Jo'rayev,T. Fayzullayev/Toshkent/2000.https://t.me/new_history_of_uzb/.
3. O'zbekiston tarixi/ Q. USMONOV, M. SODIQOV, S. BURXONOVA/ Toshkent. 2006.
4. 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси. – Тошкент: Maънавият, 2017.
5. Мустақил Ўзбекистон тарихи. Масъул муҳаррир А.Сабиров. - Тошкент: Академия, 2013..


Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi. 1990-yil 20-iyun kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining II sessiyasida O‘zbekiston SSRning Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi. Mustaqillik Deklaratsiyasidagi “O‘zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas'uliyatni chuqur his etgan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O‘zbekiston SSRning davlat mustaqilligini e'lon qiladi” degan satrlar mustaqillik uchun tashlangan dastlabki qadamni anglatar edi. Ushbu Deklaratsiyaning qabul qilinishi O‘zbekistonning mustaqillik uchun kurashining yangi bosqichini boshlab berdi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Kengashi deputatlari faollik ko‘rsatdilar. “Mustaqillik Deklaratsiyasi” deputatlar tomonidan moddama-modda, har bir millat o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta ta'kidlandi. Unda o‘zbek xalqining asrlar davomida qo‘lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an'analari hisobga olinishi uqtirildi. Mustaqillik uchun harakatlarning faollashishi. 1991-yilning 19-21-avgustida Sovet Ittifoqida davlat to‘ntarishi sodir etildi. Mamlakatda mavjud Mulohaza qiling! «Mustaqillik Deklaratsiyasi» kirish qismiga quyidagicha yozibqo‘yildi: O‘zbekistonSovetSotsialistikRespublikasiOliyKengashio‘zbekxalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an'analari, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta'minlashdan iborat oliy maqsad haqi, O‘zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas'uliyatni chuqur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qiladi». 5 Favqulodda holat davlat komiteti a'zolari siyosiy hokimiyat ag‘darilib, favqulodda holat joriy etildi va hokimiyat Favqulodda holat davlat komiteti qo‘liga o‘tdi. Ularning maqsadlari Ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikni qo‘lga kiritishlariga yo‘l qo‘ymaslik edi. Ana shunday vaziyatda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining Rayosati, O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi 1991-yil 21-avgustda qo‘shma majlis o‘tkazib, unda “SSSR GKChPning O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi va qonunlariga zid hujjatlari O‘zbekiston hududida amal qilmaydi”, degan qaror qabul qildi. 1991-yil 25-avgust kuni esa O‘zbekiston SSR Prezidenti mamlakatimizning to‘la mustaqilligi yo‘lida tamal toshini qo‘ygan yana bir muhim farmonni e'lon qiladi. Farmonda jumladan, shunday deyiladi: “Mamlakatda vujudga kelgan ahvolni e'tiborga olib va respublika manfaatlarini himoya qilish maqsadida Respublika Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi komiteti O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olinsin. Respublika hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston SSR Prezidentiga bo‘ysundirilsin. O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosatiga juda qisqa muddatda Respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etish taklif qilinsin”. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991-yil 26-avgust kuni O‘zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31-avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Markaziy nazorat qo‘mitasining 28-avgustda bo‘lgan qo‘shma Plenumi Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqasini to‘xtatishga, KPSSning barcha tashkilotlaridan chiqishga, uning Markaziy organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi. Ana shunday vaziyatda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o‘z ishini boshladi. Unda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi masala kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi. Sessiyada O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zlab, sobiq Ittifoqda so‘nggi paytlarda yuz bergan ijtimoiysiyosiy voqealar oqibatlarini tahlil qilib, ular O‘zbekiston taqdiriga bevosita daxldor ekanligini asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qildi va uni “Mustaqillik asoslari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi. Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so‘ng, “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildilar. So‘ngra “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonoti” qabul qilindi. “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘- risida”gi qonun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu qonun asosida O‘zbekistonning huquqiy holati tubdan o‘zgardi. 17 moddadan iborat ushbu qonun suveren O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi. Vatanimiz tarixi sahifalariga oltin harflar bilan yoziladigan o‘sha kunlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ayni o‘sha paytda yosh, mustaqil O‘zbekiston hukumati mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma'naviy taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab muhim hujjatlar qabul qilganining guvohi bo‘lamiz. Misol uchun, 5-sentabrda imzolangan Toshkent shahridagi Lenin nomidagi maydonni Mustaqillik maydoni deb nomlash to‘g‘risidagi, 6-sentabr kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to‘g‘risida”gi Prezident farmonlari va boshqa muhim siyosiy hujjatlar shular jumlasidandir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi. O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgach, tabiiy ravishda davlat mustaqilligi va suverenitetini Konstitutsiya asosida mustahkamlash zarurati yuzaga keldi. O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasi dastlab Islom Karimov tomonidan 1990-yilning mart oyida ilgari surildi. 1990-yil 20-iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining II sessiyasida yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelindi. Sessiya O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiya tarkibiga Oliy Kengash deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat, jamoat tashkilotlari va xo‘jaliklarning rahbarlari, olimlar, mutaxassislar kiritildi. Konstitutsiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini yaratish ustida 2,5 yil ishladi. Loyihaning dastlabki varianti 1991-yilning oktabr-noyabrigacha tayyorlab bo‘lindi. U dastlab muqaddima, olti bo‘lim va 158 moddadan iborat edi. Bu loyiha hali mukammal emasligi, boisi uning ustida yanada jiddiyroq va talabchanlik bilan ishlash zarur edi. 1992-yil bahorida esa loyihaning 149 moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi. 1992-yilning kuz oylarida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun 2-marta matbuotda e'lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi. 1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi bo‘ldi. Unda mamlakatning Asosiy Qonunini qabul qilish masalasi muhokama qilindi. Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunni umumxalq bayrami deb e'lon qilish to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qildi. Yodda tuting! O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. U «Mustaqillik Deklaratsiyasi», «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g‘oyalarni o‘zida to‘la mujassamlashtirdi.

Yüklə 132,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin