mavzu soat juftlik



Yüklə 132,81 Kb.
səhifə3/3
tarix23.05.2023
ölçüsü132,81 Kb.
#120214
1   2   3
3-mavzu yangi tarix (6)

DAVLAT MADHIYASI
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gimni to‘g‘risida”gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan.


Davlat ramzlarining qabul qilinishi. 1991-yil 15-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashi “O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida” maxsus qaror qabul qildi. Qarorda shunday deyiladi: “Mustaqillik to‘g‘risidagi Deklaratsiyaga amal qilib O‘zbekiston SSR Davlat bayrog‘i Oliy Kengashi qaror qiladi: O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ning yangi loyihasini tayyorlovchi komissiyaga O‘zbekiston SSRning Davlat bayrog‘i, Gerbi va Madhiyasiga doir takliflar hamda ular to‘g‘risida Nizomlar tayyorlash topshirilsin. Komissiya respublika jamoatchiligi va deputatlarning fikrlariga tayanib ish ko‘rsin”. O‘zbekiston mustaqil davlat deb e'lon qilingan kunning o‘zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida, respublika Davlat gerbi gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog‘ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog‘i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrida bo‘lib o‘tgan VIII sessiyasi “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Abdulla Oripov Kengashining X sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 10-dekabrida bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Yüklə 132,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin