Tojikiston Respublikasi
Tojikiston Respublikasi maydoni 143.1 ming km.kv. bo’lib. Markaziy Osiyo
davlatlari orasida so’nggi beshinchi o’rinni egallaydi Aholisi 6 mln kishi. Aholi
zichligi 1 km. kv. ga 35 kishi to’Іri keladi.
Respublika ma'muriy jihatdan 4 ta viloyatga bo’linadi. Leninobod viloyati
(Mapkazn Xo’jand shahri), Garm viloyati (yaqin paytgacha Respublikaga
bo’ysinuvchi rayonlar), Xatlon viloyati (Ko’rІontepa na Ko’lob viloyati) hamda
Tog`li Badaxshon avtanom oblasti (Markazi —Xarog shahri}.
Keyishgi un yilliklardagi ijtimoiy—iktisodiy qiyinchiliklar natijasida
respublikada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish kamayib bormoqda. Ba'zi bir sanoat
korxonalari iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli o’z faoliyatini to’xtatdi. Yirik Ragun GES
qurilishi ham to’xtab qoldi. Tojikiston respublikasi xalqaro mehnat taqsimotida
paxtachilik kompleksi va rangli metallurgiya sanoati bilan ishtirok etib kelmoqda.
Tabiiy sharoiti va boyliklari
Respublika MDH davlatlarining eng janubida, aosan Pomir-Oloy va Tyan-
Shan tor sistemasida (Јurama Tog`lari) joylashgan. hududining atigi 10% qismi
dengiz sathidan 1000dan pastda, yarmi esa 3000 m dan balandda joylashgan
Respublika hududida nafaqat Markaziy Osiyo, balki MDHdagi eng baland nuqta
Kommunizm chuqqisi joylashgan (7495 m). Bu Tog`liklarda Markaziy Osiyodagi
yirik Tog` muzliklari joylashgan bo’lib, ko’plab yirik daryolar shu yerlardan
boshlanadi. Respublika qo’shni respublikalarga nisbatan suv resurslari bilan yaxshi
ta'minlangan. Gidroenergetika resurslari bo’yicha MDH da Rossiyadan keyingi
o’rinda turadi.
Xo’jaligi asosan Hisor, Vaxsh,Farg`ona vodiylarida hamda Dar voz va Ulug`
Pyotr Tog`lari etaklarida yaxshi rivojlangan.
Qishloq xo’jaligi uchun qulay yerlar 44% (6300 ming ga ni tashkil qilsa,
shudgor qilinadigan yerlar atigi 19%ga (1,2 mln.ga) yetadi.
Respublika hududida foydali qazilmalardan rangli metallar (surma, simob),
shuningdek osh tuzi (Xo’ja Mo’min koni), ohaktosh, polimetal rudalari (Oltin
topgan) vismut, dala shpati va boshqalar topilgan. Tojikistonning shimoliy qismida
(Leninobod viloyati) mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan neft (Nefteobod), ko’mir
(Sho’rob) gaz va volfram konlari topilgan.
Aholisi
Respublika aholisi 6 mln. kishi bo’lib milliy tarkibida tojiklar ko’pchilikni
tashkil etadi. Tojiklar 62% , o’zbeklar 23% , ruslar YU,5%, tatarlar 2 foiz va
boshqalardir. Respublikada urbanizasiya darajasi eng past bo’lib (Markaziy Osiyoda)
jami aholisining 34%i shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari Dushanbe, Xo’jand,
Kulob,Qo’rІontepa va boshqalar Respublika aholisining tabiiy ko’payishi yuqori
39
bo’lgan payt asosan 1979 —1980 yillarga to’Іri keladi. Bu paytda MDH da birinchi
o’rinda bo’lgan. Keyingi yillarda mamlakatdagi o’zaro kelishmovchiliklar natijasida
aholining o’sishida ham salbiy oqibatlar kuzatilmoqda.
Aholisining asosi qismi hisor, Vaxsh va Farg`ona vodiylarida joylashgan.
Leninobod viloyatida o’zbeklar 40% ga yaqinini tashkil etadi.
Tojiklar deyarli barcha viloyatlarda, ruslar asosan shaxarlarda, qirІizlar esa
asosan Tog` yaylovlarda istiqomat qilishadi.
Respublika iqtisodiyotida yetakchi o’rinni qishloq— xo’jaligi egallaydi. Milliy
daromadning asosiy qismi, xalq xo’jaligida band aholining 45% ni qishloq xo’jaligiga
to’Іri keladi. Sanoat maxsulotlari milliy daromadning 1--3 qismini tashkil
etadi.Qishloq xo’jaligi asosan paxtachilikka ixtisoslashgan. Markaziy Osiyoda
yetishtiriladigan ingichka tolali paxtaning 50% i Tojikistonga to’Іri keladi. Bundan
tashqari bog`dorchilik, uzumchilik, ipak qurti boqish va go’sht yetishtirish yaxshi
yo’lga qo’yilgan. Agar suІoriladigan yerlarda paxta, makkajo’xori, poliz ekinlari,
boІdorchilik va uzumchilik rivojlangan bo’lsa, Tog`li rayonlarda (lalmikor yerlarda)
donchilik hamda boІdorchilik bilan shuІullaniladi. Sanoatda yetakchi tarmoqni yengil
sanoat egallaydi Asosan to’kimachilik, tikuvchilik, oyoq kiyim fabrikalari, ozik —
ovqat sanoatida mevalardan konserva tayyorlash, vinochilik, paxta yoІi ishlab
chiqarish yaxshi yo’lga ko’yilgan.
Respublika xalq xo’jaligining rivojlanishi mahalliy elektr — energetika bazasiga
tayanadi. Norak GES ining arzon elektr energiyasi va mahalliy xom ashyo asosida
janubiy Tojikiston TICHKsi barpo etilgan. Respublika rangli metallurgiyasi
qo’rІoshin, rux, boyitish, volfram, molibden rudalari, simob, surma korxonalaridan
iboratdir. Keyingi yillarda arzon gidroenergetika asosida ximiya sanoati va alyumin
sanoati ancha o’sdi.
Iqtisodiy geografik rayonlari
Uncha katta bo’lmagan Respublika hududida 8 ta iktisodiy rayon ajratiladi,
bular o’z navbatida uchta iqtisodiy eonaga birlashtiriladi: Janubiy-g`arbiy Tojikiston,
Shimoliy Tojikiston va Janubiy-sharqiy Tojikiston.
1. Janubi-g`arbiy Tojikiston. Respublika hududining 37%ni, aholisining 66%
ini tashkil etadi. Aholi zichligi 1km. kv ga 40 kishi to’Іri keladi. hisor va Vaxsh
vodiylari asosiy paxta yetishtiriladigan yerlar hisoblanadi. Bu yerda asosan ingichka
tolali paxta, uzumchilik va boІdorchilik, shuningdek yeryonІoq, sitrus mevalari
yetishtiriladi.
Yaylovlarda Qorako’l qo’ylari boqiladi. Asosiy sanoat markazi Dushanbe
shahri (584 ming kishi)— mamlakat poytaxtidir. Bu yerda. yirik qishloq xo’jalik
mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari (to’qimachilik kombinati, go’sht kombinati)
hamda to’qimachilik mashinasozligi yaxshi rivojlangan. Bu yerda Janubiy Tojikiston
TICHKsi tashkil topgan, uning tarkibida Norak GESi hamda Tursunzoda alyumin
zavodi, Vaxsh azotli o’g`itlar ishlab chiqarish zavodi, Yavon elektroximiya zavodlari
bor.Qo’rІontepa va Kulob shaharlari oziq— ovqat sanoati markazlari
hisoblanadi,Qo’rІontepada transformator zavodi ishlab turibdi.
2. Shimoliy Tojikiston. Respublika hududining 19% ni, aholisining 31% ni
tashkil etadi. Aholi zichligi 1km. kv. ga 57 kishi to’Іri keladi. Shimoliy Tojikiston
qishloq xo’jaligi rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Dehqonchilik suІoriladigan
yerlarda ham rivojlangan.
40
Bundan tashqari Tog` kon sanoati yaxshi rivojlangan. Bu rayonda rangli
metallar, ko’mir (Sho’rob) hamda mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan neft
(Nefteobod) qazib olinadi. Rayonning yirik sanoat markazi Xo’jand shahri bo’lib—
bu yerda shoyi to’qish (to’liq siklli), paxta tozalash, konserva zavodi, go’sht
kombinati, hamda gilam to’qish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Rangli metall konlarining
yaqinligi asosida ruda boyitish kombinati ishga tushirilgan. Bundan tashqari boshqa
shaharlaridan Isfara (konserva va elektromexanika zavodi), Konibodom (paxta
tozalash, yoІ—moy ishlab chiqarish) Moxrom (Tojikselmash) va boshqalarni
ko’rsatish mumkin. Rayon xo’jaligini rivojlaitirishdaQayroqum GES ining ahamiyati
kattadir (126 ming kvt) Xo’jand yaqinidagi Chkalovskda uran qazib olish va boyitish
yo’lga qo’yilgan.
Z. Janubiy sharqiy Tojikiston (Tog`li Badaxshon avtanom oblasti), Respublika
hududining 44% ini, aholisining esa atiga 3% ini tashkil etadi. Mintaqa asosan
sharqiy Pomirni o’z ichiga oladi. Markaziy Osiyodagi eng baland va aholisi eng kam
mintaqa hisoblanadi. Rayon uchun Tog` yaylov chorvachiligi xosdir. Bu yerda asosan
qo’toslar boqiladi. Rayonningg`arbida uncha katta bo’lmagan hududlarda
dehqonchilik bilan shuІullanishadi. Asosan, buІdoy, tariq, no’xat yetishtiriladi.
Aholisining ko’pchiligi Pomir tojiklari vaQirІizlaridir. Asosiy markazi Xorog shahri.
Bu yerda MDU professori I.V.Shukin tomonidan asos solingan botanika boІi bor.
Rayon gidroenergiya resurslariga boy.
Tayanch so`zlar.
Geografik o`rni, tabiiy sharoit, tabiat, aholisi, aholisining kelib chiqishi, aholi
soni, aholisi joylashishi. Xo`jaligi, xalq xo`jaligi tatmoqlari, sanoati, tog`-kon sanoati,
undiruvchi,
qayta
ishlovchi.Qishloq
xo`jaligi,
paxtachilik,
dehqonchilik,
bog`dorchilik, chorvachilik, qo`ychilik, qoramolchilik. Tashqi iqtisodiy aloqalar,
ichki rayonlar, iqtisodiy rayonlari.
9-MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAYDONI,
CHEGARALARI VA GEOGRAFIK O’RNIGA UMUMIY TA'RIF
REJA:
1. Maydoni
2. Chegaralari
3. Geografik o’rni
1.Maydoni.
O’zbekiston Turkistonning markaziy qismida joylashgan. Uning hududining
asosiy qismi Amudaryo bilan Sirdaryo orasida bo’lib, mo’'tadil va subtropik iqlim
mintaqalarida joylashgan. O’zbekistonning eng shimoliy nuqtasi Ustyurt platosining
shimoli -sharqida, Orol dengizi qirІoІida bo’lib, 450 361 shimoliy kenglikdadir. Eng
janubiy nuqtasi esa Termiz shahri yonida, Amudaryo qirІoІida bo’lib, 370 111
shimoliy kenglikka to’Іri keladi.
Respublikamizning engg`arbiy nuqtasi Ustyurt platosida 560 001 sharqiy
uzoqlikda, eng sharqiy nuqtasi esa O’zbekiston bilanQirg`iziston chegarasida, Uzgan
shahri yaqinida bo’lib, 730 101 sharqiy uzoqlikdadir.
41
O’zbekistonning eng shimoliy nuqtasi bilan eng janubiy nuqtalari orasidagi
masofa 930 km, engg`arbiy nuqtasi bilan eng sharqiy nuqtasi orasidagi masofa esa
1425 km.
O’zbekiston maydoni 448,9 ming kv. km. bo’lib, Norvegiya,G`inlyandiya,
Buyuk Britaniya va Italiya kabi davlatlar hududidan katta. O’zbekiston Belgiya,
Gollandiya va Daniya kabi davlatlarning yer maydonlarini qo’shib hisoblasak ham
ulardan 4marta kattadir. Respublikamiz hududi Shveysariya davlati hududidan 10
marta ziyoddir.
O’zbekiston maydonining kattaligi jihatidan MOD. da uchinchi, MDH. da esa
beshinchi o’rinda turadi.
MDH. ga a'zo bo’lgan Belorusiya maydonidan 239,8 ming. kv. km.,
Ozarbayjonnikidan esa 360,8 ming kv. km. ga ziyoddir.
2.
Chegaralari.
O’zbekiston
Respublikasi
shimol
va
shimoli-
g`arbdaQozog`iston, sharq va shimoli-sharqda Qirg`iziston, sharq va janubi-sharqda
Tojikiston,g`arb va janubi-Іarbda Turkmaniston, janubda esa Afg`oniston bilan
chegaralanadi. Chegaralarning umumiy uzunligi 5300 km. dan ortiq.
Respublika chegaralari siyosiy va iqtisodiy jihatdan ancha qulayliklarga ega.
An'anaviy yaxshi qo’shnichilik tufayli O’zbekiston-Afg`oniston chegarasi
chegaralarning eng tinch qismlaridan bo’lib kelgan.
Bu chegara orqali o’z mustaqilligiga erishgan O’zbekiston Afg`oniston bilan
va u orqali unga yaqin bo’lganHind okeani xavzasi mamlakatlari, birinchi navbatda
Pokiston vaHindiston bilan har taraflama keng o’zaro aloqalarni rivojlantirish
istiqbollari tobora kengaymoqda.
O’zbekistonning ishlab chiqarish ixtisosi o’xshash bo’lib, bitta yirik iqtisodiy
mintaqaga birlashgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan tutashligi ayniqsa muhim
ahamiyatga egadir.
Keng ishlab chiqarish kooperasiyasini yo’lga qo’yish, xilma-xil va boy tabiiy
resurslardan (ayniqsa, mamlakatlarning tutashgan qo’shni hududlarida) birgalikda
foydalanish orqali mamlakatlararo hududiy ishlab chiqarish majmualarini tashkil
qilish va boshqalar bunday chegaradoshlikning muhim ijobiy yakunlaridandir.
O’zbekiston chegaralarining muhim hususiyatlaridan biri ularning aksariyat
qismi tekisliklardan o’tishidir.
Hatto uning bilan ulkan Tog`lar o’lkalari-Qirg`iziston va Tojikiston respublikalari
o’rtasidagi chegaralar ham asosan qulay Tog` oraliІi vodiylari yoki u qadar baland
bo’lmagan Tog` tizmalari orqali o’tgan. Ularni bog`lab turadigan transport yo’llari
shu sababli iqtisodiy jihatdan qadimdan yaxshi o’zlashtirilgan hududlar orqali tashkil
etilgan. Umumiy bu holat, tabiiyki qo’shni davlatlar bilan xilma-xil iqtisodiy
aloqalarni tashkil qilishda yanada qo’shimcha qulayliklar tuІdiradi.
3.Geografik o’rni.
O’zbekiston geografik o’rniga ko’ra juda qulay. Chunki uning hududi
Turkistonning markazidagi tabiiy sharoiti qulay va tabiiy boyliklarga serob bo’lgan
yerlarni o’z ichiga oladi. O’zbekistonning ko’p qisminining tekislikdan iborat bo’lishi
hamda serunum vohalarning Chirchiq-Ohangaron,Farg`ona, Zarafshon,Qashqadaryo,
Surxondaryo,Quyi
Amudaryoning
mavjudligi
mamlakat
iqtisodiyotining
rivojlanishiga qulay sharoit yaratib bergan.
42
O’zbekiston O’rta Dengiz atrofidagi mamlakatlar bilan deyarli bir geografik
kenglikda joylashgan. O’rta Dengiz atrofidagi mamlakatlar subtropikka xos landshaft
bilan tavsiflanadi.
Lekin O’zbekiston iliq okean va dengizlardan uzoqda, materik ichkarisida
joylashganligi tufayli tabiiy sharoiti jihatidan O’rta Dengiz atrofidagi davlatlardan
butunlay farq qiladi.
Chunki O’zbekiston hududining shimoliy qismi ochiq bo’lib, qishda shimoldan va
shimoli-sharqdan esuvchi sovuq, quruq havo oqimi bemalol ichki qismlarigacha yetib
keladi.
Aksincha, janubda baland Tog`larning mavjudligi esaHind okeanidan esadigan
nam va iliq havo massalarini O’zbekiston hududiga o’tishga to’siqlik qiladi. Oqibat
natijada O’zbekistonda subtropikka xos bo’lmagan landshaft vujudga kelib, yoz
bulutsiz, seroftob bo’lib, jazirama issiq, quruq, qish esa shu geografik kenglik uchun
ancha sovuq bo’ladi.
O’zbekiston subtropik iqlim mintaqasida joylashsada, asosan cho’lga xos bo’lgan
landshaft bilan tavsiflanadi.G`aqat atrofi Tog`lar bilan o’ralgan Surxon-Sherobod
vodiysidagina quruq subtropik landshaft mavjud, xolos.
Mamlakatimiz yer usti tuzilishi jihatidan Tojikiston vaQirg`izistondan keskin
farq qiladi. O’zbekiston hududining ko’p qismi (71%) dehqonchilik uchun qulay
vodiylar, tekisliklar va Tog` oldi tekisliklaridan iborat, bu esa dehqonchilikning
barcha tarmoqlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi.
Ma'lumki, O’zbekiston Yevroosiyo materigining deyarli qoq markazida va
dunyo okeanlaridan ancha uzoqda joylashgan. Shu sababli dengizga tutash
regionlarga xos bo’lgan barcha qulayliklardan respublikamiz mahrumdir. Demak,
O’zbekistonning mavjud iqtisodiy-geografik o’rnining barcha ijobiy va salbiy
xususiyatlari ko’p jixatdan ana shu holatdan, shuningdek uni qo’shnichilik
hususiyatlaridan kelib chiqadi (qanday davlatlar, iqtisodiy rayonlar, dunyo davlatlari
mintaqaviy guruhlariga tutash-yaqinligi, ularning bir-birlariga iqtisodiy ta'sir etish
imkoniyatlari).Davlatlarning iqtisodiy-geografik o’rniga atroflicha baho berish
Markaziy Osiyo mamlakatlarining hozirgi mustaqil rivojlanishi pallasida alohida
ahamiyat kasb etadi
Joylarning iqtisodiy-geografik o’rni xususiyatlariga muhim ichki va tashqi
siyosiy muhitning o’zgarishi, yirik tabiiy boylik manbalarining topilishi va
o’zlashtirilishi, muhim transport yo’llarining yoki irrigasiya inshootlarining qurilishi
kabilar katta ta'sir ko’rsatadi.
O’zbekistonning iqtisodiy -geografik o’rni xususiyatlarini uch jixatdan qarash
maqsadga muvofiqdir:
1. Mikrogeografik o’rni:
2. Mezogeografik o’rni:
3. Makrogeografik o’rni:
O’zbekiston hududining mikrogeografik o’rni uning Markaziy Osiyo
davlatlariga nisbatan tutgan o’rnidir. O’zbekistonning mezogeografik o’rni uning
birmuncha kengroq miqyosdagi mavqei bilan belgilanadi. Bunda MOD. dan tashqari
Kavkazorti davlatlari, Turkiya, Eron, Afg`oniston, Pokiston vaHindistonga,
shuningdek Eron, Turkiya orqali Yevropaga chiqish ufqlari ochilmoqda.
43
O’zbekistonning makrogeografik o’rni Mustaqil DavlatlarHamdo’stligi (MDH)
bilan olib borilayotgan aloqalarda belgilanadi.
O’zbekiston ushbu makrodarajadagi aloqalarini MDH. ning aksariyat davlatlari
bilan rivojlantirmoqda. O’zbekistonning hozirgi (2001 y) tashqi iqtisodiy
aloqalarining 15,5 foizi Rossiyaga to’Іri kelayapti. Yevroosiyoning buyuk davlati
RossiyaG`ederasiyasi bilan muntazam aloqada bo’lish O’zbekistonning manfaatlariga
mos keladi.
Tayanch so’zlar.
Subtropik iqlim mintaqasi, janubdan-shimolga, sharqdan-Іarbga, tabiiy-geografik
xususiyatlari. Yer usti tuzilishi. Yevroosiyo materigi markazida. Iqtisodiy-geografik
holati. Materik ichkarisi. Okeanlardan uzoqda. Mikrogeografik o’rni. Mezogeografik
o’rni. Makrogeografik o’rni. Markaziy Osiyo davlatlari bilan
aloqalari. Kavkazorti davlatlari bilan aloqalari. Rossiya bilan aloqalari. Yaqin Sharq
mamlakatlari bilan aloqalari.
10-MAVZU. O’ZBEKISTONNING XO’JALIGIGA UMUMIY TA'RIF
REJA:
1. Xalq xo’jaligiga umumiy ta'rif.
2. Sanoati va uning yetakchi tarmoqlari.
3.Qishloq xo’jaligi, uning yetakchi tarmoqlari.
1. Xalq xo’jaligi, uning umumiy ta'rifi.
Tarixiy taraqqiyotning turli osqichlarida O’zbekiston xalq xo’jaligi, uning
iqtisodiy rivojlanish darajasi zigzaksimon yo’lni bosib o’tgan. Tarixiy manbalarda
keltirilishicha, O’zbekiston o’tmishda Yer kurrasidagi aholi xo’jalik faoliyatig`oyat
qizІin kechgan eng qadimiy o’lkalardan biri bo’lgan. Mamlakatimizning ўarb bilan
Sharq o’rtasidagi iqtisodiy taraqqiyoti uchun qulay bo’lgan jo’Іrofiy o’rni, saxiy
tabiati, boy va rang-barang tabiiy resurslari, mehnatkash va dono xalqi
umumbashariy taraqqiyotga asrlar osha o’z ulushini qo’shimcha ob'yektiv sharoit
yaratgan. Bundan ming yil burun Sharqning buyuk allomasi Abu Rayhon Beruniy
tomonidan Ma'mun akademiyasining ochilishi, hamda o’sha davrda tibbiyot ilmining
dahosi bo’lgan Abu Ali ibn Sinoning jahonshumul kashfiyotlari va boshqalar
xalqimizning boy madaniy merosidan guvohlik beradi. Binobarin, O’zbekistonda
uzoq o’tmishda ilm-fan rivojlangan emas, uning zamirida qudratli davlat va iqtisod
bo’lmasligi shubhasiz, mamlakatimiz xalq xo’jaligi XX asrda rivojlanishning yangi
bosqichiga qadam qo’ydi. Biroq mamlakat xalq xo’jaligi va uning tarmoqlar
taraqqiyoti yo’nalishlarini belgilash o’zgalar qo’lida edi. Negaki, 1860 yillarning
o’rtalarida ruslar tomonidan mamlakatimizning birinchi marta va 1917-1920 yillarda
esa ikkinchi marta bosib olinishini va yurtimizda o’ziga xos mustamlakachilikning
qaror topishi xalq xo’jaligining o’zgalar ehtiyojiga muvofiqlashtirib rivojlantirishga
olib keldi.
Mustamlakachilik yillarida O’zbekistonning xalq xo’jaligi bir tomonlama
rivojlantirildi. Ya'ni qishloq xo’jaligida paxta yetishtirishga, sanoatda esa paxta yalpi
hosilini birlamchi qayta ishlash (ya'ni Rossiya to’qimachlik sanoati uchun xomashyo
- paxta tolasi ishlab chiqarish)ga asosiy e'tibor qaratildi. Respublika sanoatining
qolgan muhim tarmoqlari ham paxta majmuini rivojlantirishga muvofiq ravishda
44
taraqqiy qildirildi. 1913 yilda mamlakatimiz hududida 425 ta sanoat korxonasi
mavjud edi. Mamlakatimiz xalq xo’jaligi mustaqillik yillarida yangi bosqichga
qadam qo’ydi. Bozor iqtisodiyotining birinchi bosqichidayoq (1991-1994) iqtisodiy
islohotlarga oid qonunlar qabul qilindi, uning huquqiy negizi yaratildi. Islohotlar
hayotning barcha jabhalarini qamrab oldi. 1995 yildan boshlab O’zbekiston jamiyatni
isloh qilishning ikkinchi bosqichiga qadam qo’ydi. Ushbu bosqich bozor
munosabatlariga o’tish tuzilmalarini shakllantirishni yakunlashni, mamlakat xalq
xo’jaligini har tomonlama rivojlantirishni, milliy valyutani barqarorlashtirishni va
uning ichki konvertasiyasini ta'minlash bilan boІliq davlat mulkini xususiylashtirishni
yakunlash hamda iqtisodiyotni xomashyo yetishtirib berishdan tayyor mahsulot
chiqarishga yo’naltirishni ko’zda tutilgan. Shuningdek, iqtisodiy islohotlarning
yuqorida zikr qilingan ikkinchi bosqichida iqtisodiyotni barqarorlashtirish va xalq
xo’jaligi uzoq tarmoqlari o’sishini ta'minlash, ishlab chiqarishda aholi keng iste'mol
mollariga ko’ra ularning ehtiyojini nazarda tutib o’zgarishlar qilish va boshqa hayotiy
masalalar xalq xo’jaligida qator tarkibiy o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, mamlakat
xalq xo’jaligining yetakchi sohasi - sanoatda importning o’rnini bosa oladigan
tovarlar ishlab chiqarish: neft mahsulotlari,g`alla ishlab chiqarishni ko’paytirish bilan
neft mahsulotlari vag`alla mustaqilligini ta'minlash; eksportbop tovarlar ishlab
chiqarish miqdorini ko’paytirishga qaratilgan yo’nalishlarga iqtisodiy siyosatda
ustuvorlik beradi.
2. Sanoat va uning yetakchi tarmoqlari.
O’zbekistonda sanoatni rivojlantirishning qator imkoniyatlari, geografik va
iqtisodiy omillari mavjud. Geografik omillar jumlasiga yer sirti tuzilishining holati,
iqlimning nisbatan yumshoqligi, tabiiy resurslar (M.: foydali qazilma: ma'dan mineral
va yoqilІi resurslari), suv resurslari va ular bilan ta'minlash darajasi kiradi. Iqtisodiy
resurslarga mehnat resurslari, transport va uning rivojlanish holati kiradi.
Shuningdek, uni rivojlantirishda ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi muhim
rol o’ynaydi.
Mamlakatning sanoati rivojlantirishda shu nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak
uning istiqbolini ko’rish qiyin emas. Mamlakatimiz yer usti va yer osti boyliklari
zahiralarining ko’p va xilma-xilligi, mehnat resursining kattaligi, transport
tarmoqlarining yaxshi rivojlanganligi, shuningdek, mamlakatda yagona temir yo’l
tizimini yaratish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xorijiy davlatlar bilan
hamkorlikda barpo qilinayotgan yuzlab qo’shma korxonalar ana shu istiqboldan
darak beradi.
Ayrim tabiiy resurslarga nazar tashladik. Sanoatni rivojlantirishda tabiiy
resurslar (va ayniqsa foydali qazilmalar) bilan ta'minlanganlik alohida o’rin tutadi.
Chunki yoqilІi-energetika va metallurgiya sanoatining xomashyo (neft, gaz, ko’mir
rudasi)larsiz sanoatning undurivchi tarmoqlarini rivojlantirib bo’lmaydi. Ishlab
beruvchi sanaotning ko’pchilik tarmoqlari uchun ham xomashyoni asosan ana shu
undiruvchi sanoat yetkazib beradi.
Suv resurslari ham sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishda alohida omil
hisoblanadi. U sanoatni hududiy joylashtirish va rivojlantirishda qatnashadi.Har
qanday sanoat tarmoІi (va hattoki, alohida olingan sanoat korxonasi) ozmi ko’pmi
suv iste'mol qiladi. Ayni bir paytda mamlakatimizda suv zahiralari chegaralangan.
Buning respublika qihloq xo’jaligi asosan suІorishga tayanadi. Shuning uchun ham
45
mamlakatda sanoatni uning markazlarini barpo qilayotganda mazkur hududlarning
suv resurslarini hisobga olish zarur. Sanoatni joylashtirish va rivojlantirishga suv
zahiralarini hisobga olish “Orol inqirozi” vujudga kelgan O’zbekiston rangli
metallurgiya sanoatining ko’rki oltindir. Mamlakatimiz hududidan 30 ta oltin koni
topilgan. “Oltinning asosiy zahiralari oltin konlarining o’zida MarkaziyQizilqumda
joylashgan bo’lib, tasdiqlangan zahiralari bo’yicha respublikani dunyoda to’rtinchi
o’ringa olib chiqdi”.Hozirgi vaqtda O’zbekiston oltin qazib olish bo’yicha jahonda
yettinchi o’rinda chiqib oldi. Ushbu nodir va sifati jihatidan jahonda tengi yo’q oltin
sanoatini tashkil qilish va rivojlantirish orqali O’zbekiston iqtisodiy taraqqiyotining
kamol topishlarini yana bir poІona balandga ko’taradi.
O’zbekiston sanoat ishlab chiqarishida yengil va oziq-ovqat sanoatining ham
ulushi katta Ayniqsa mamlakat sanoat tarmoqlari orasida qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini qayta ishlovchi va agrosanoat majmuiga xizmat ko’rsatuvchi
tarmoqlar tarixan yetakchi mavqega ega. Bular paxta tozalash, pillani qayta ishlashi
va shoyi (atlas) to’qish vino materiallari konserva mahsulotlari, o’simlik yoІi va
boshqa sanoat turlaridir. Jumladan, yoqilІi va elektr-energetika sanoati birlikda
yoqilІi eneretika majmuini, mashinasozlik sanoat tarmoqlari mashinasozlik majmuini,
qora va rangli metallurgiya majmuini, yengil va oziq-ovqat sanoatlari aholi keng
istemol qiladigan mollar ishlab chiqarish majmuini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |