191
Standart uni tasdiqlagan tashkilotning qarori bilan tasdiqlanadi va joriy
qilinadi.
Standart muddati cheklanmangan yoki
muddati cheklangan tarzda
tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi standartlarni davlat ro‘yxatiga
olishni O‘zstandart agentligi amalga oshiradi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
uchun standart 4 nusxada topshirilishi lozim: asl nusxasi, ikkinchi nusxasi va
ikkita ko‘chirmasi.
Standartni davlat ro‘xatidan o‘tkazish
uchun juz band qilib, muqovalab
topshirish lozim. Standart 5 kundan oshmagan muddatda davlat ro‘yxatidan
o‘tkaziladi.
Standartning qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanishidan qat’iy nazar,
standartga raqamli belgini O‘zstandart agentligi beradi.
Belgi o‘z navbatida:
Hujjatning ko‘rsatkichidan – O‘z Dst; ro‘yxatning tartib raqamidan va
tasdiqlangan yilning oxirgi ikki sonidan iborat bo‘ladi.
Masalan, O‘z Dst 5-96-93 "Texnika chigit texnik sharoit", O‘z Dst
816:2001 tozalangan paxta yog‘i v ax.k.
Ro‘yxatga
oluvchi idora asl nusxa, ikkinchi nusxasi va ikkita
ko‘chirmaning birinchi betiga o‘zining nomini ko‘rsatadigan to‘rtburchak muhrni
bosadi, sana va davlat ro‘yxatining nomerini yozib qo‘yadi. Ikkinchi nusxa
O‘zstandartda
agayentligi qoladi, asl nusxa va ko‘chirmaning ikkinchi nusxasi
esa ishlab chiquvchiga qaytariladi.
Tashkilot standartlarining tuzilishi, bayon etilishi
va texnikaviy-iqtisodiy
jihatdan asoslanganligi, ularning fan va texnikaning hozirgi rivojlanish
ko‘rsatkichlari, meyoriy tavsiflari va talablari
hamda jahon taraqqiyoti
darajalariga mosligi uchun tashkilot standartlarini ishlab chiquvchilar va
tashkilotlar javobgardirlar.
Tashkilot standartlarini korxona rahbariyati tasdiqlaydi. Ularning amal
qilish muddati cheklanmagan holda tasdiqlanadi.
Tashkilot
standartining
tasdiqlanishi
korxona
rahbarining
(rahbar
o‘rinbosarining) imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: