41
Olingan bilim va malakalardan mikrobiologiyaning turli sohalarida izlanishlar olib
borilgandagi faoliyatda foydalaniladi.
AZOT TOʻPLOVCHI MIKROORGANIZMLAR
Azotfiksatorlar
— atmosferadagi molekulyar azot (N2) ni oʻzlashtiruvchi va uni organik
birikmalarga oʻtkazuvchi mikroorganizmlar. A. t. m. ga dukkakli oʻsimliklar (beda,
sebarga, noʻxat va b.) bilan simbioz hayot kechiruvchi Phisobium turkumiga mansub
bakteriyalar (q. Tuganak bakteriyalar) kiradi. Dukkakli oʻsimliklar eqilgan har bir gektar
maydonda yiliga 100 — 250 kg va undan ortiq atm. azoti toʻplanadi. Beda ildizida
toʻplangan biologik azot tuproq unumdorligini oshiradi, tuproq tarkibidagi chirindi
miqdorini koʻpaytiradi, tuproqning gidrolitik kislotaligini pasaytiradi. Dukkaksiz
oʻsimliklar (qandogʻoch, jiyda va b.) ildizida tuganaklar hosil qiluvchi aktinomitsetlar
ham Azot toʻplovchi mikroorganizmlar hisoblanadi. Baʼzi azot toʻplovchi bakteriyalar
ayrim tropik oʻsimliklar bargi toʻqimalarida tuganaklar hosil qilib rivojlanadi. Tuproqda
va suv havzalarida erkin yashovchi sporali anaerob bakteriya — klostridium, aerob
sharoitda
yashovchi
mikroorganizmlar
— azotobakter (q. Azotobakteriya),
oligonitrofillar (azotsiz oziqmuhitida yashovchi bakteriyalar) ham azot toʻplovchi faol
mikroorganizmlarga kiradi. Koʻk-yashil suvoʻtlarning koʻpchilik turlari (Nostoc,
Anabaena va b.), ayrim toʻq-qizil oltingugurt bakteriyalar va yashil bakteriyalar ham
aktiv A. t. m. dir. Azot toʻplovchi koʻk-yashil suvoʻtlarning 80 turi maʼlum boʻlib, 45 turi
Oʻrta Osiyo tuproqlari va suv havzalarida tarqalgan. Ayrim zamburugʻ turlari, achitqilar,
spiroxetlar va b. ham atm. azotini toʻplashda ishtirok etadi. Azot toʻplovchi
mikroorganizmlar tabiatda azotning aylanishida, xususan oʻsimlikni oʻzlashtira olish
mumkin boʻlgan azot bilan taʼminlashda, yaʼni atm. azotini oʻsimliklar foydalanadigan
koʻrinishga keltirishda katta ahamiyatga ega (q. Azotfiksatsiya).
Dostları ilə paylaş: