Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Olingan bilim va malakadan kelajak ish faoliyatda foydalanish



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/66
tarix18.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#144965
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   66
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf

Olingan bilim va malakadan kelajak ish faoliyatda foydalanish: 
Mikroorganizmlar 
hamma joyda mavjuddir. Azotfiksatsiya jarayonida ishtirok etuvchi mikroorganizm turini 
ajratib, uning xususiyatlarini o’rganish uchun uni ma’lum bir tarkibdagi ozuqa muhitida 
ko’paytirib olish kerak bo’ladi. Buning uchun turli namunalar ozuqa muhitlariga ekilib, 
bakteriyalarning boyitilgan kulturalari olinadi va ularning xususiyatlari o’rganiladi. 


41 
Olingan bilim va malakalardan mikrobiologiyaning turli sohalarida izlanishlar olib 
borilgandagi faoliyatda foydalaniladi.
AZOT TOʻPLOVCHI MIKROORGANIZMLAR
Azotfiksatorlar 
— atmosferadagi molekulyar azot (N2) ni oʻzlashtiruvchi va uni organik 
birikmalarga oʻtkazuvchi mikroorganizmlar. A. t. m. ga dukkakli oʻsimliklar (beda, 
sebarga, noʻxat va b.) bilan simbioz hayot kechiruvchi Phisobium turkumiga mansub 
bakteriyalar (q. Tuganak bakteriyalar) kiradi. Dukkakli oʻsimliklar eqilgan har bir gektar 
maydonda yiliga 100 — 250 kg va undan ortiq atm. azoti toʻplanadi. Beda ildizida 
toʻplangan biologik azot tuproq unumdorligini oshiradi, tuproq tarkibidagi chirindi 
miqdorini koʻpaytiradi, tuproqning gidrolitik kislotaligini pasaytiradi. Dukkaksiz 
oʻsimliklar (qandogʻoch, jiyda va b.) ildizida tuganaklar hosil qiluvchi aktinomitsetlar 
ham Azot toʻplovchi mikroorganizmlar hisoblanadi. Baʼzi azot toʻplovchi bakteriyalar 
ayrim tropik oʻsimliklar bargi toʻqimalarida tuganaklar hosil qilib rivojlanadi. Tuproqda 
va suv havzalarida erkin yashovchi sporali anaerob bakteriya — klostridium, aerob 
sharoitda 
yashovchi 
mikroorganizmlar 
— azotobakter (q. Azotobakteriya), 
oligonitrofillar (azotsiz oziqmuhitida yashovchi bakteriyalar) ham azot toʻplovchi faol 
mikroorganizmlarga kiradi. Koʻk-yashil suvoʻtlarning koʻpchilik turlari (Nostoc, 
Anabaena va b.), ayrim toʻq-qizil oltingugurt bakteriyalar va yashil bakteriyalar ham 
aktiv A. t. m. dir. Azot toʻplovchi koʻk-yashil suvoʻtlarning 80 turi maʼlum boʻlib, 45 turi 
Oʻrta Osiyo tuproqlari va suv havzalarida tarqalgan. Ayrim zamburugʻ turlari, achitqilar, 
spiroxetlar va b. ham atm. azotini toʻplashda ishtirok etadi. Azot toʻplovchi 
mikroorganizmlar tabiatda azotning aylanishida, xususan oʻsimlikni oʻzlashtira olish 
mumkin boʻlgan azot bilan taʼminlashda, yaʼni atm. azotini oʻsimliklar foydalanadigan 
koʻrinishga keltirishda katta ahamiyatga ega (q. Azotfiksatsiya). 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin