Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/66
tarix18.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#144965
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf

yoki gidroksilamin 
NH3→SOON . SN . NH2 . SN2 . SOON 
asparagin kislota 
Uglerod manbai → SOON . SO . SN2 . SOON 
Oksalat-sirka kislota 
Virtanen fikricha, bakteriyalar ko’p miqdorda azot o’zlashtirar ekan, uning bir 
qismi ildizlardan gidroksilamin va oksalat-sirka kislota shaklida ajralib chiqar ekan. 
Olingan bilim va malakadan kelajak ish faoliyatda foydalanish: 
Mikroorganizmlar 
hamma joyda mavjuddir. Azotfiksatsiya jarayonida ishtirok etuvchi mikroorganizm turini 
ajratib, uning xususiyatlarini o’rganish uchun uni ma’lum bir tarkibdagi ozuqa muhitida 
ko’paytirib olish kerak bo’ladi. Buning uchun turli namunalar ozuqa muhitlariga ekilib, 
bakteriyalarning boyitilgan kulturalari olinadi va ularning xususiyatlari o’rganiladi. 
Olingan bilim va malakalardan mikrobiologiyaning turli sohalarida izlanishlar olib 
borilgandagi faoliyatda foydalaniladi.
Tugunak bakteriyalarni to’plash va aniqlash. 
Kerakli jihozlar va reaktivlar: 
mikroskop, har xil yoshdagi tugunaklar, buyum 
oynalari, sinka yoki fuksin, spirt lampa, shakar, soda, no’xat yoki boshqa dukkakli 
o’simliklar urug’i, o’lchovli kolba, voronka, filtr. 
Nazariy tushuncha: Tugunak bakteriyalar
. Dukkakli ekinlar mahalliy yoki 
mineral o’g’it berilmaganda ham normal rivojlanib, hosilga kirishi qadimdan ma’lum. 
Buning sabablarini birinchi marta fransuz olimi Jan-Batist Bussengo 1838 yildan boshlab 
tekshirgan. SHu tekshirish natijalariga asoslanib, u dukkakli o’simliklar molekulyar 


46 
azotni o’zlashtira oladi degan xulosaga kelgan. Oradan 20 yil o’tgach, Bussengo dukkakli 
va don ekinlari ustidagi tajribalarini yangidan boshlaydi va bu tajriba usullarini tobora 
takomillashtiradi. U tajriba uchun ishlatiladigan tuproq tarkibidagi azotli birikmalarni 
yo’qotish uchun shu birikmalar batamom yonib bo’lguncha tuproqni qizdiradi 
(sterillaydi). SHu tarzda tayyorlangan tuproqni idishlarga solib, ularning yarmiga no’xat 
va qolgan yarmiga don ekinlari urug’ini ekadi. Lekin ekilgan no’xat va don ekinlari 
urug’i ko’karib chiqsa ham, keyinchalik o’smay qolaverganligini aniqlaydi. Bussengo bu 
tajriba natijalariga asoslanib, o’zining dastlabki, ya’ni dukkakli o’simliklar havodagi 
erkin azot bilan oziqlanib, bemalol o’sadi va rivojlanaveradi degan fikridan voz kechadi. 
1888 yilda nemis olimlari Gelrigel bilan Vilfart ham dukkakli o’simliklar bilan 
tajriba ishlari olib boradilar. Ular bu tajribalarda dukkakli o’simliklar urug’ini qizdirilgan 
hamda qizdirilmagan tuproq solingan idishlarga ekadilar va shu tajriba natijalariga 
aeosan quyidagi xulosaga keladilar: 
1) qizdirilmagan (tabiiy) tuproq solingan idishga ekilgan urug’dan ko’kargan 
dukkakli o’simliklarning ildizida tugunaklar hosil bo’ladi, qizdirilgan tuproqqa ekilgan 
dukkakli o’simliklarda esa bunday hodisa yuz bermaydi
2) ildiz sistemasida tugunaklar hosil qilgan dukkakli o’simliklargina molekulyar 
azotni o’zlashtira oladi. 
Dukkakli o’simliklar molekulyar azot o’zlashtirishi sabablarini rus olimi M. S. 
Voronin bilan nemis olimi Beyerink ham isbotlaganlar. M. S. Voronin 1865 yilda 
dukkakli o’simliklar ildizidagi tugunaklar ichida tayoqchasimon va shoxlangan
 
bakteriyalar borligini aniqlagan. Beyerink esa 1888 yilda bu tadqiqotni davom ettirib
tugunaklar ichidagi bakteriyalarni toza holda ajratib olgan va ularga 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin