Kerakli jihozlar va reaktivlar: MBR-1 mikroskop, okulyar, ob’ektiv, immersion moy,
buyum va qoplagich oyna, bakteriologik halqa, mikrobiologik ob’ekt, steril ozuqa
muhit,dezinfiktsiyalovchi modda, termostat.
Laboratoriya ishini bajarishda rioya qilinadigan texnika xavfsizlik qoidalari: Laboratoriya mashg’ulotlarini bajaruvchi hamma talabalar texnika xavfsizligi
bo’yicha yo’riqnoma talablari bilan tanishtirilgan bo’lishlari lozim.
Mazkur ishni bajarishda talabalar azotfiksatsiya jarayonlarda ishtirok etuvchi
mikroorganizmlarning morfologik tuzilishi xaqida ma’lumotlarga
ega bo’lishlari
kerak. Shuningdek talaba o’qituvchi yoki laborantning ruxsatisiz turli moddalarni,
asbob-uskunalarni o’zboshimchalik bilan ishlatishi mumkin emas.
Nazariy qism: M. S. Voronin (1886) dukkakli o’simliklar ildizida
mikroorganizmlar borligini aniqlagan. Nemis olimlari G. Gelrigel va T. Vilfort (1886)
qizdirilgan (ya’ni barcha bakteriyalari nobud qilingan) qumga dukkakli o’simlik ekib,
uning ildizida tuganaklar hosil bo’lmaganligini kuzatganlar. O’z tajribalaridan ular
shunday xulosa chiqaradilar:
1. Azot bilan oziqlanish jihatidan dukkakli o’simliklar boshqa o’simliklardan
keskin farq qilar ekan.
2. Dukkakli o’simliklarning o’zi atmosfera azotini o’zlashtira olmasdan, ular
ildizida simbioz holda yashaydigan bakteriyalar o’zlashtirar ekan.
Keyinchalik bu bakteriyalarni gollandiyalik olim M.Beyerink sof holda ajratib oladi
va Bact. radicola deb nomlaydi. Hozir bu bakteriyalar Rhizobium avlodiga kiritilgan.
Bu bakteriyalar sun’iy muhitda yaxshi o’sadi. Lekin erkin azotni o’zlashtirmaydi,
faqat dukkakdosh o’simliklar bilan simbioz holda yashaganda azotni o’zlashtiradi.
Tayoqchalar shu vaqtda tarmoqlanadi va bakteroiod deb nomlanadi. Ular har xil
shaklga ega bo’ladi: tayoqcha, bukilgan tayoqcha, rogatkasimon ko’rinishga ega va
kokklarga ajraladi, bulardan yana harakatchan tayoqchalar o’sib chiqadi.
Tuproqda uchraydigan tuganak bakteriyalar dukkakli o’simlik ildiz tukchalari
atrofida to’planadi va ularning po’stini eritib, ildiz hujayrasiga o’tadi va ko’paya
boshlaydi, hujayralarni to’ldirib yuboradi. O’simlik o’z navbatida ildiz hujayralarining
bo’linish protsessini tezlashtiradi va bakteriyalarni tuganak ichiga o’rab oladi.
Bakteriyalar ishlab chiqaradigan fiziologik aktiv moddalar ildiz hujayralarining
bo’linishini yanada tezlashtiradi va ildizga ko’p miqdorda shakar oqib kelishini
ta’minlaydi. Bakteriyalar shakarlar bilan oziqlanadi va o’simlikni azot bilan ta’minlaydi.
Agar dukkakli o’simlikka