Azotobakterning elektiv kulturasini tayyorlash. Kerakli jihozlar va reaktivlar: Petri idishi, tuproq, shpatel, mannit yoki gliserin,
karbolkislotada eritilgan eritrozin bo’yog’i, buyum oynalari, kedr moyi, spirt lampa,
bakterial ilmoq.
Nazariy tushuncha: Azotobakter. 1901 yilda nemis olimi Beyerinkmolekulyar azotni
o’zlashtiradigan klostridiumdan boshqa bakteriyalar ham borliginianiqladi. Bu
bakteriyalar to’dasi (koloniyasi) qo’ng’ir rangli bo’lganligi sababli, ularga azotobakter
xrookokkum degan nom berdi (31-rasm). Azotobakter aerob sharoitda hayot kechiradi.
Mikroskopda shar shaklida ko’rinadi. Azotobakter bittadan, ikkitadan yoki uchtadan
bo’lib, shilimshiq g’ilofichida joylashadi. Bu g’ilof kapsula deb ataladi. Kapsula
bakteriyalarni noqulaysharoitdan himoya qilish vazifasini bajaradi. Azotobakterning yosh
hujayrasi harakatchan, monotrix tipda 31 - rasm. Molekulyar azotni o’zlashtiriuvchi
azotobakter xrookokkum (Azotobacter chroococcum) bakteriyasi: 1 - bittadan va
ikkitadan
qo’shilgan-sharsimonlari;
2
-
sakkiztasiqo’shilgan
sarsina
tipdagilari.xivchinlangan bo’ladi. Bu bakteriya klostridiumga nisbatav molekulyar
azotni5-6 baravar ko’proq o’zlashtiradi. Agar erga kalsiyli va fosforli o’g’itlardan
tashqari, bor yoki molibden solinsa, azotobakterning hayot faoliyati faollashadi. Kislotali
tuproqlarda azotobakter yashamaydi, uning hayot kechirishi uchun tuproqning rN-6 dan
past bo’lmasligi kerak.Tuproqni azotobakter bilan boyitish maqsadida sun’iy bakterial
o’g’it ishlatiladi. Azotogen yoki azotobakterin deb atalgan bu o’g’it dalaga ekinlar
urug’ibilan birga solinadi. Uning ta’sirida hosil 20% gacha ortadi. Bir gektar erga 3
kgazotogen sarflanadi. Azotogen bilan aralashtirilgan urug’larni shu kunning
o’zidayoqekish zarur.