Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə18/201
tarix02.02.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#51965
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   201
Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari k (1)

5-amaliy mashg’ulot

UNLILAR VA ULARNING YOZUVDAGI IFODALANISHI. DIFTONGLAR.

Reja:

  1. Unli harflarning xususiyatlari.

  2. Harakatlar.

  3. Qisqa unlilarning yozuvda ifodalanishi.

  4. Diftonglar

  5. Cho’ziq unlilarning yozuvda ifodalanishi.

  6. Unli harflar tasnifi.



Tayanch so‘zlar:

Harakatlar, zabar, fatha, zir, kasra, pish, zamma, madda, sukun, diftong, qisqa unlilar, cho’ziq unlilar

Unlilarning ifodalanishi

Fors tilida 6 ta unli fonema 2 ta diftong mavjud. Bu unlilardan o, i, u cho‘ziq, a,e,o‘ qisqa talaffuz qilinadi. Cho‘ziq unlilar و ی ا harflari bilan ifodalanadi. Qisqa unlilar esa harakatlar bilan ifodalanadi.



H a r a k a t l a r

Fors alifbosida undosh tovushlar va cho‘ziq unlilar harflar bilan yoziladi. Qisqa a, e, o‘ unlilarini ifodalash uchun esa harflarning osti va ustiga qo‘yiladigan harakatlar qo‘llaniladi. Odatda, bu belgilar yozuvda har doim qo‘yilavermaydi, yozuvni o‘rganish jarayonida darslik va qo‘llanmalarda, lug‘atlarda, shuningdek, fors tiliga arab tilidan kirgan so‘zlarni qanday talaffuz etilishini ko‘rsatish uchun ishlatiladi.



harakatlar

nomi

talaffuzi

َ

zabar, fatfa

a

ِ

zir, kasra

e

ُ

zamma, pish

o‘

˚

sukun (to‘xtash)

tovush ifodalamaydi

Yuqorida ketirilgan harakatlar undoshlarning osti va ustiga qo‘yiladi:

1. َ belgisi zabar (arabcha – fatha) deb nomlanib ustida, tepasida degan ma’noni anglatadi . دَر dar – eshik زَرد zard – sariq

2. ِ belgisi zir (arabcha – kasra ) deb nomlanib ostida, tagida degan ma’noni anglatadi پِدَر pedar – ota, دِراز deroz – uzun.

3. ُ belgisi pish (arabcha – zamma) deb nomlanib old, oldida degan ma’noni anglatadi تُند to‘nd – tez, دُرود do‘ro‘d – salom.

4. ˚ belgisi sukun deb nomlanadi. Bu belgi undosh ustiga qo‘yilib, shu undoshdan so‘ng unli yo‘qligini, ya’ni bo‘g‘inning yopiqligini bildiradi. دو dav –yugur دی dey – kun.

Diftonglar

Fors tilida ikkita diftong (qo‘sh tovush) bor : ی ey va و o‘u. Bu diftonglar talaffuz qilinganda, ularni ikki bo‘g‘inga bo‘lib emas, balki birga qo‘shib bir butun talaffuz qilish kerak. Bunda diftonglarning birinchi harfi ikkinchisiga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinadi.

1. ی Ey diftongi o‘zbek tilidagi undov so‘zi ey yoki inglizcha mey, dey so‘zlaridagi diftong tovushlaridek talaffuz qilinadi بین beyn – ora, o‘rta.

2. و o‘u diftongi inglizcha now so‘zidagi ow diftongiga solishtirib, to‘g‘ri talaffuz qilish mumkin. نُوno‘u – yangi, بِروُ bero‘u – bor.




Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin