Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə20/201
tarix02.02.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#51965
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   201
Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari k (1)

6-amaliy mashg’ulot

س SIN VA شSHIN HARFLARI

Reja:

1.Sin va shin harflarning xususiyatlari.

2. Sin, shin harflari va yozuvda ifodalanishi.

3. Sin va shin harflarining o’xshash va farqli tomonlari

4. Sin va shin harflarning shakllanishi.
Tayanch so‘zlar:

Sin, shin, alohida shakli, so’z boshida ifodalanishi, so’z o’rtasida ifodalanishi, so’z oxirida ifodalanishi, tasviriy shakli.

1.Sin va shin harflarning xususiyatlari.

Sin harfi o‘zbek tilidagi «s» undosh tovushini ifodalaydi. Uning shakli ikki unsurdan iborat. Birinchi ikki tishli qismi satr chizig‘i ustida, ikkinchi nun harfiga o‘xshash shakli satr chizig‘idan pastga tushirib yoziladi. Muttasil harflar sirasidan bo‘lgani sabab ikki xil yozilish shakliga ega. Alohida va qo’shilgandagi shakli xat chizig‘i yo‘lida, alohida va so‘z oxiridagi ko‘rinishlarining ikkinchi unsuri satr chizig‘idan pastga tushirib yoziladi. Soz, Sardor, do‘st, inson, dars kabi so‘zlarning yozilishida ishtirok etadi.

Shin harfi o‘zbek tilidagi «sh» undosh tovushini ifodalaydi. Yozilish shakli sin harfi bilan bir xil. Faqat ustiga uch nuqta qo‘yilishi bilan farqlanadi.

Sin va shin tovushlari o‘zbek tilidagi s, sh tovishlari kabi talaffuz etiladi. Sin, shin harflari uncha katta bo‘lmagan tishlarning bir-biriga ulanishi, alohida ko‘rinishda esa tishlardan so‘ng nunga o‘xshash katta aylana bilan tugaydi.




Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin