Yubkalar silueti bo’yicha to’g’ri, etakka qarab kengaygan va toraygan bo’ladi. Har bir siluet bir necha variantlardan iborat bo’lishi mumkin. Yubka konstruktsiyasini chizishda avval siluet tanlanadi, so’ng shaxsiy figura to’laligi hisobga olinib zamonaviy moda yo’nalishiga mos model aniqlanadi.
To’g’ri yubka va uning variantlari ixcham bo’ksali ayollar figurasini kelishgan qilib ko’rsatadi. Uning etak qismi bo’ksa qismiga nisbatan 5-8 sm ga kengroqdir. Etagi kengaytirilgan yubka beli xipcham (ingichka belli) va bo’ksador ayollarga yarashadi. Yubkani kengaytirish bel vitochkalarini etak chizig’iga o’tkazish yo’li bilan hal etiladi.
Yubka variantlari: a, b – to’g’ri siluetli yubka; c-etagi kengaytirilgan yubka;
d-etagi toraygan yubka; e-gode yubka
Etak qismi toraytirilgan yubka («hurmacha» shaklidagi) bashang kiyimlarda ko’proq uchraydi. Bunday yubkalar qattiqroq gazlamadan tikiladi. Ba’zi hollarda bel vitochkalar o’rniga mayda burmalar loyihalanadi.
Yubka barcha siluetlari va ularning variantlari to’g’ri siluetli yubka gazlamasi asosida konstruktiv modellash yo’li bilan yaratiladi. Yubkani modellashda uning bo’laklarining o’zaro mutanosibligiga (proportsional ichiga) e’tibor berish kerak.
Yubkani modellashda tikish uchun tanlangan gazlama xossalarini va figuraning to’laligini ham hisobga olish zarur.
Y
To`g’ri yubkaning tashqi ko`rinishi.
upqa va mayin gazlamalardan etagi kengaytirilgan yubkalar, cho’ziluvchan gazlamadan torroq yubka tikish ma’qulroqdir. «Klesh», «gode» bichimli yubkalarni kengaytrish darajasi (kattaligi) qomat tuzilishiga qarab aniqlanadi. To’g’ri yubkaga silueti to’g’ri to’rtburchak shaklini beruvchi barcha yubkalar kiradi. Ular tor va kengaytirilgan, bir va bir necha chokli, shlitsali, taxlamali va burmali bo’lishi mumkin.
Yubka vitochkalarining o’rni, soni va kattaligini aniqlash har bir figuraning xususiyatlariga bog’liq. To’g’ri yubkada ort bo’lakda 2 ta, old bo’lakda 2 ta vitochka loyihalanadi. Agar vitochka kattaligi 4 sm dan oshsa, u ikkiga bo’linadi, ya’ni ta vitochka o’rniga 4 ta loyihalanadi. Klassik to’g’ri yubka ort bo’lagi o’rta chokli yoki yaxlit bo’ladi. Taqilma chap yon chokda yoki ort o’rta chokda tikiladi. To’g’ri yubka belbog’li va belbog’siz qilib tikilishi mumkin. (2-rasm).
Klassik to’g’ri yubkaning chiziqlar bilan bo’linishi 3-rasmda ko’rsatilgan.