II-Shlitsaga ishlov berish
Shlitsa uzunligini belgilash va belgini ikkinchi tomonga o’tkazish.
|
Ip, igna, chizg’ich, qalam, bo’r.
|
|
1-o’rta chiziq.
2-etak bukish chizig’i.
3-shlitsa uzunligini chegaralovchi chiziq.
Belgi chiziq bo’ylab to’g’ri va sirma qaviq tushiriladi. Qaviq yirikligi 10-15 mm.
Ort bo’lak qismlarini birlashtiruvchi yubka chokini kengligini – 15 mm shlitsa, ishlov haqi- 50 – 70 mm, lekin ustki bo’lakning ishlov haqqi past bo’lagiga nisbatan 7-10 mm ga tarroq bo’ladi. Shlitsa chiziqlari va belgilovchi chiziqlari ikkala tomonda bir xil bo’lishi uchun salqi qaviq bilan tikib olinadi va qirqiladi.
|
Shlitsa ishlov haqqiga qotirma qo’yish.
|
Dazmol.
|
|
Yelimli qotirmani shlitsa ishlov haqqini teskarisiga qo’yiladi.
Qotirma qirqimlari o’rta chiziqqa va etakni bukish haqi chizig’iga 1 mm yetkazmay qo’yiladi. Qotirma namlanadi va dazmolda yopishtiriladi.
|
Yubka ort bo’lagi o’rta qirqimlarini va etakni bukish haqi qirqimini yo’rmash.
|
Maxsus mashina.
|
|
Yubka qirqimlari o’ng tomonidan maxsus mashinada yo’rmalanadi.
|
Shlitsaning pastki tomoniga ishlov berish.
|
Universal mashina, dazmol.
|
|
Shlitsaning pastki tomonidagi qismini qirqimi ochiq qirqimli bukma chok bilan tikiladi. Chok kengligi (7-10 mm) so’ng dazmollanadi.
|
Yubka ort bo’lak qismlarini biriktirish.
|
Universal mashina, igna, ip.
|
|
Yubka ort bo’lak qismlarini o’ngini o’ngiga qaratib, kertimlarni bir-biriga to’g’ri keltirib, qirqimlarini to’g’rilab qo’yiladi. Uzunasi bo’ylab, to’g’ri sirma qaviq bilan yubka o’rta chizig’idan biriktirib ko’klanadi. Yubka ort bo’laklari biriktirib ko’klangan tomondan, to shlitsa belgi chizig’igacha biriktirib tikiladi. Chok haqi – 1 sm.
Bahyaqator uchlari puxtalanadi va chok dazmollanadi. Biriktirib ko’klangan qaviq qator iplari so’kib tashlanadi.
|
Ort bo’lak qismlarini biriktirib tikilgan chokni yotqizib dazmollash.
|
Dazmol.
|
Ort bo’lak qismlarini biriktirma chok haqi yopishib turadigan bulguncha yotqizib dazmollanadi.
|
Shlitsaga uzil – kesil ishlov berish.
|
Universal mashina, dazmol, qaychi.
|
|
Ustki tomondagi shlitsa ziylarini yubka ort bo’lagidagi o’ng qismini belgilangan o’rta chizig’iga to’g’rilab shlitsa uzunligi bo’ylab biriktirib ko’klab qo’yiladi. Yubkaning o’ng tomonidan shlitsa yuqori belgisidan o’rta chokida 45 ostida, shlitsaning hamma bo’laklaridan ikki qaytma bahyaqator yuritib mashinada puxtalanadi, dazmollanadi va ko’klangan iplar sukib tashlanadi.
|
|