Termiz davlat unversiteti tabiiy fanlar fakulteti


Xlorid kislotasi va natriy xlorid bilan turg‘unlatirish



Yüklə 227,25 Kb.
səhifə29/35
tarix21.05.2023
ölçüsü227,25 Kb.
#118999
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
12-19

Xlorid kislotasi va natriy xlorid bilan turg‘unlatirish.
Glyukozaning 5, 10, 25 va 40% li in’eksion eritmalari (mos ravishda 10, 20, 25 va 50 ml xlorid kislotasi). Glyukoza eritmalari saqlanish davomida noturg‘un bo‘lib, uning turg‘unligiga asosan muhit pHi ta’sir ko‘rsatadi. pH 1,0 – 3,0 bo‘lganda geterotsiklik aldegid – oksimetilfurfurol hosil bo‘ladi. U eritmani sariq rangga bo‘yaydi. pH 3,0 – 5,0 bo‘lganda bu jarayon ancha sekinlashadi pH 5,0 dan ortganda glyukoza zanjirining parchalanishi va organik kislotalarning hosil bo‘lishi yanada qiyinlashadi. Shuningdek bu zanjirning parchalanishiga og‘ir metall qoldiqlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun glyukoza eritmalari tayyorlanishida ular oldindan faollashgan ko‘mir bilan (og‘ir metall qoldiqlari va rangli mahsulotlardan holi bo‘lish uchun) qayta ishlanadi va xlorid kislotasi bilan muhit pH i 3,0 – 4,0 ga keltiriladi.


Natriy xlorid bilan turg‘unlashtirish. Tibbiyot jelatinasining 10% li in’eksion eritmasi pH 6,0 – 7,2 (Solutio Gelatinae medicinalis 10% pro injectionibus 10-25 ml) aynan natriy xlorid eritmasi bilan turg‘unlashtiriladi. Bu eritma reaktorlarda tayyorlanadi. Dastlab jelatina bo‘ktirilib, keyin suyultiriladi. 1 mol/l li natriy oksigidrat yordamida bromtimol ko‘ki ishtirokida neytrallanadi. Eritma sovutilgandan so‘ng unga nisbatan 3% miqdorda faollashtirilgan ko‘mir va ezilgan tuxum oqsili bilan chayqatiladi. Tozalangan eritma 1050C haroratgacha 15 daqiqa davomida qizdiriladi va tayyor mahsulotni 0,5% miqdorida natriy xlorid qo‘shiladi. Issiq 600C haroratli eritma plastinkali filtr orqali filtrlanib, ampulalarga quyiladi. So‘ngra 1000C haroratda 20 daqiqa davomida bug‘ oqimida, keyin tezlik bilan harorat 1200C haroratgacha ko‘tarilib 5 daqiqa davomida sterillanadi.
Natriy xlorid jelatinani ivib qolishini va past haroratda ivib qolgan jelatinani erishini osonlashtiradi.
Eritma to‘g‘ri tayyorlanganda u tiniq yoki bir oz rangli bo‘ladi. Massaning suyuqlanishi harorati 230C haroratdan past. Eritma nisbatan qovushqoq (qovushqoqlik daradasi 32-330S haroratda 6 sP). Eritma apirogen bo‘lishi kerak.


Yüklə 227,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin