Termiz davlat unversiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 227,25 Kb.
səhifə1/35
tarix21.05.2023
ölçüsü227,25 Kb.
#118999
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
12-19



TERMIZ DAVLAT UNVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA TA’LIM YO’NALSHI
4-KURS 12-19-GURUH TALABASI
YULDASHEV ASOMIDDINNING
GENOMIKA FANIDAN TAYYORLAGAN
REFARATI

Mavzu: : Struktur va funksional genom anotatsiyalari

Barcha genomlar, shu jumladan inson genomi va boshqa qolgan barcha hujayrali hayot formasiga ega bo‘lgan genomlar DNKdan tuzilgan, lekin ba’zi bir viruslar genomi RNKdan iborat. SHu bilan birga, “genom” terminining boshqacha talqini ham mavjud. Bunda genom deganda ma’lum turning genetik materiallari xromosomalarni gaploid naborida yig‘ilganiga tushuniladi. Eukariotlarning genomi razmeri haqida gapirilganda, aynan genomning mana shu talqini haqida tushuniladi. Odamda (Homo sapiens) somatik hujayralar irsiy materiali yadroda joylashgan 23 juft xromosomada (22 juft autosom va 1 juft jinsiy xromosoma) namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari hujayra ko‘plab nusxadagi mitoxondrial DNKga ega. Odamning 22 autosoma, X va Y jinsiy xromosomlari, mitoxondrial DNK birgalikda bo‘lib taxminan 3,2 mlrd juft asosni tashkil qiladi. «Gen» termini daniyalik botanik Vilgelm Iogans tomonidan 1909 yili, ya’ni Uilyam Betson «genetika» terminini kiritgandan 3 yil ishlatilgan. Grek tilidan tarjima qilinganda «gen» - bu «avlod», shuning uchun «genetika» – bu ajdoddan avlodga belgilarni o‘tishini o‘rganuvchi fandir. Genlarni o‘rganish bilan genetika fani shug‘ullanadi, uni boshlab bergan Gregor Mendel hisoblanadi. U 1865 yilda no‘xatni chatishtirishda belgilarni avlodga o‘tishini o‘rganishga bag‘ishlangan o‘zining ilmiy ishlari natijasini e’lon qilgan. «Genom» termini 1920 yilda Gans Vinkler tomonidan bir biologik tur organizmlarning xromosomalari gaploid naborida yig‘ilgan genlarni yozish uchun ishlatilgan. Suffiks «-om» ularda qismlarni bir butun qilib birlashtirish ma’nosini beradi, shuning uchun «genom» deganda genlarni bir butunlikka birlashtirishga tushuniladi. 16 Avvaldan “gen” termini ma’lum irsiy axborotni o‘tkazishning nazariy birligi sifatida paydo bo‘lgan. Keyinchalik eksperimental tasdiqlandiki, faqat DNK o‘zida irsiy axborotni saqlaydi va bu holat molekulyar biologiyaning markaziy dogmasi sifatida ko‘rsatilgan. Mamlakatimiz seleksionerlarining ulkan yutuqlari Saxovatli zaminimizda yetishtirilayotgan noz-ne’matlar butun dunyoga ma’lum va mashhur. Istiqlol yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida qishloq xo‘jaligi tubdan isloh qilinib, g‘alla mustaqilligiga erishildi. Paxta yakkahokimligidan voz kechish uni yetishtirishni yanada takomillashtirish, yangi serhosil navlar yaratish, tola sifatini yaxshilash imkonini berdi. Dunyo bozorida mamlakatimizda yetishtirilgan paxtaga talab muntazam ortib borayotgani buning yorqin tasdig‘idir. 21 Talab yuqori bo‘lgan oppoq, tolasi uzun va pishiq paxta navlarini yetishtirishni maqsad qilgan mamlakatimiz olimlari bu boradagi ishlarga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Paxtaning turlari ko‘pligiga qaramasdan, yetishtirilayotgan g‘o‘za navlari genetik xilmaxilligining cheklanganligi dunyo paxtachiligining global muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Jahon seleksionerlari bir necha o‘n yillardan buyon o‘rta tolali g‘o‘za navini yaratish ustida ish olib bormoqda. Chunki ushbu nav tolasining har bir qo‘shimcha millimetri uning qiymatini oshiradi. Biroq tola sifatini yaxshilash jarayonida uning ertapisharlik xususiyati va hosildorligiga putur yetishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida o‘rta tolali paxtaning sifatini yaxshilash, gullashi va ochilishini tezlashtirish, shuningdek, hosildorligini oshirish oson emas. Ushbu vazifani hal etish ko‘p vaqt va mablag‘ talab etadi. Mazkur muammoning hal etilishi qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish barqarorligini, qisqa vegetatsiya davrida kichik ekin maydonlarida yuksak samaralarga erishishni ta’minlaydi. Shuningdek, xo‘jalik yuritish faoliyatining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytiradi. Aynan shu jihatlar olimlarimizni «yangi avlod innovatsion biotexnologiyasi»ni yaratishga undadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ekinlarining gen-hujayra injeneriyasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani olimlarimizga g‘o‘za genomikasi va gen injeneriyasi sohasida olamshumul yangiliklar yaratish imkonini bermoqda. So‘nggi o‘n yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi olimlari dunyo ilm-fanida birinchi bo‘lib g‘o‘zaning muhim ahamiyatga ega belgilari, xususan, tola sifati, gullashi, tezpisharligi va hosildorligi, turli biotik va abiotik omillarga chidamliligini ta’minlaydigan genlarni tavsiflab berdi. Shuningdek, g‘o‘zaning ayrim hujayralaridan to‘la qimmatga ega o‘simliklar yaratildi va ilk bor O‘zbekistonning intellektual mulki deb e’tirof etilgan g‘o‘zaning «gen-nokaut» texnologiyasi ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi. Ushbu yangi texnologiya an’anaviy paxta seleksiyasining asosiy vazifalarini hal etish imkonini berganini alohida ta’kidlash joiz. Chunonchi, paxtachilik tarixida ilk marotaba o‘rta tolali paxta navidan qisqa muddat ichida agronomik muhim belgilarining asosiy ko‘rsatkichlari yaxshilangan «Porloq» navlari yaratildi. Bu navlar uzunligi 38-42 millimetr bo‘lgan 1-2 tipdagi yuqori sifatli tolaga ega. Buning asosida mamlakatimizda ushbu yangi turdagi tola narxiga o‘zgartirish kiritildi. U oddiy navli tolaga qaraganda 12 foiz qimmat sotiladi. Xalqaro mutaxassislar «Porloq» navlarining tolasiga yuqori baho bermoqda. Jumladan, «Cotton Incorporated» kompaniyasi vitse-prezidenti Xek Kater (AQSh) bu borada quyidagicha fikr bildirdi: «Porloq» navi tolasining sifatini Kaliforniyada yetishtiriladigan «SJV Asala» g‘o‘za navining eng yaxshi tolasi bilan taqqoslasa bo‘ladi. «Porloq-1» navi tolasini tarash va yigirish orqali yuqori sifatli kalava olish mumkin». 22 Bundan tashqari, markazimiz olimlari tomonidan dunyo ilm-fanida ilk bor g‘o‘za genomida rekombinatsion bloklar o‘lchami uzunligi aniqlandi, tola chiqishi va sifatiga javob beradigan DNK-markerlar identifikatsiya qilindi. Ushbu muhim yutuqlar mamlakatimizda o‘simliklarning an’anaviy seleksiyasini bir necha marta tezlashtiradigan samarali «markerlarga asoslangan seleksiya» (MAS) texnologiyasini yaratish imkonini berdi.



Yüklə 227,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin