Mavzu:Preventiv tibbiyot Tibbiyot, meditsina, tabobat — kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.
Tibbiyot tibbiybiologik, klinik, tibbiyijtimoiy va gigiyenik fanlarga boʻlinadi. Tibbiybiologik fanlarga: odam gavdasining tuzilishini oʻrganadigan anatomiya, gistologiya va sitologiya; organizmning odatdagi holatini, unda kasallikning paydo boʻlishi, avj olishi, kechishi va yuz beradigan struktur hamda funksional oʻzgarishlarni oʻrganadigan normal fiziologiya va biokimyo; patologik anatomiya va patologii fiziologiya; organizmga dorilar taʼsirini urganadigan umumiy va klinik farmakologiya, shuningdek, mikrobiologiya, virusologiya va parazitologiya, tibbiyot genetikasi va boshqa kiradi. Odam kasalliklari, ularni davolash va oldini olishni oʻrganadigan klinik fanlar asosiy davolash usuliga koʻra, terapiya va xirurgiyaga boʻlinadi. Tibbiyotning ushbu qismlari ham, oʻz navbatida, maʼlum organ, sistemalar kasalliklarini atroflicha oʻrganishi, yoʻnalishi boʻyicha turli sohalarga boʻlinadi. Masalan, terapiyada kardiologiya, revmatologiya, nefrologiya, gastroenterologiya, gematologiya, geriatriya, ftiziatriya, pediatriya, nevrologiya, psixiatriya, dermatologiya va venerologiya, kurortologiya, fizioterapiya, rentgenologiya, terapevtik stomatologiya; xirurgiyazya, umumiy xirurgiyadan tashqari, akusherlik va ginekologiya xirurgiyasi, travmatologiya va ortopediya, anesteziologiya, reanimatologiya, neyroxirurgiya, onkologiya, urologiya, otorinolaringologiya, oftalmologiya xlrurgiyalari ajratiladi. Klinik fanlarning har birida bemorni tekshirish va kasallik belgilari semiotikaschni aniqlash usullari boʻlimi bor.
Tashqi muhitning organizmga taʼsiri va aholi sogʻligʻini muhofaza qilish tadbirlarini oʻrganadigan tibbiyijtimoiy va gigiyen i k fanlarga ijtimoiy gigiyena hamda sogʻliqni sakdashni tashkil etish, umumiy gigiyena, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi, kommunal gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, radiatsion gigiyena, mehnat gigiyenasi, epidemiologiya va tibbiyot geografiyasi, shuningdek, tibbiyot etikasi va deontologiyasi kiradi.
Tibbiyotning bunday boʻlinishi shartli, chunki ijtimoiy jarayonlar barcha tibbiyot fanlariga, shuningdek, ilmiyamaliy sohalar (harbiy tibbiyot, kosmik tibbiyot, sport tibbiyoti, sud tibbiyoti va boshqalar)ga bevosita taalluklidir. Tibbiybiologik fanlar uchun xarakterli boʻlgan eksperimental usul esa klinik va gigiyenik Tibbiyot sohasiga xam keng kirib bormoqda. Tibbiyot tabiiy fanlar (biologiya, fizika, kimyoZamonaviy Tibbiyotning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichi koʻhna tarixning turli davrlaridagi dunyoqarashlarni oʻz ichiga oladi. Maʼlumki, turli kasalliklar, ularni davolash va oldini olish haqidagi bilimlar asosi qadimdan kishilarning tajriba va kuzatishlariga bogʻliq boʻlgan.
Tibbiyotning xalq tabobatidan mustaqil fan darajasiga koʻtarilishida qad. Misr, Bobil tibbiyoti, Gippokrat va Lmenning muhim oʻrni bor. Gippokrat kasalliklarni aniklash, bemorning hayoti va faoliyatiga tashqi muhitning taʼsirini oʻrganish, xastalikning kelib chiqish sabablarini topish va davolashda bemor organizmining oʻziga xos xususiyatlarini bilish kabi masalalar bilan shugʻullangan. Galen esa birinchi boʻlib organizmdagi aʼzo va sistemalarning tuzilishi hamda funksiyalarini, asosan, hayvonlar (maymunlar) organizmida tajriba qilib oʻrgangan. Uning anatomiya va fiziologiyaga doyr asarlari to 16-asrgacha Tibbiyotning asosi boʻlib xizmat qildi.
Oʻrta Osiyo va umuman Sharqda tabobat ayniqsa, rivoj topdi. Shu davrda yunon, sanskrit va boshqa qad. Sharq tillarida yozilgan tibbiyotga doyr asarlarning koʻpchiligi, jumladan, Aristotel, Dioskorid va Galenning dorishunoslikka oid asarlari suryoniy va arab tillariga tarjima qilindi. Galenning "Qivo aladviya al mufrada" ("Sodda dorilarning quvvatlari") va Badigʻursning "AlAbdal aladviya al mufrada" ("Sodda dorilarning oʻrniga oʻtuvchilar") kabi kitoblari ilk bor mashhur tabib va tarjimon Hunayn ibn Ishoq alIbodiy (809— 877) tomonidan tarjima qilindi. Sharqda Abu Hanifa adDinavoriy (815 yil tugʻilgan) "Kitob finnabot" ("Oʻsimliklar qaqida kitob")ni yaratib, unda 482 xil oʻsimlikning dorilik xususiyatlarini bayon etdi. Abu Rayhon Beruniyning "Kitob assaydana fittib" ("Tibbiyotda dorishunoslik") asari oʻsha davr Tibbiyotining eng katta yutugʻi hisoblanib, Oʻrta Osiyoda dorishunoslik ilmi — saydanaga asos boʻldi. Abu BakrarRoziyning tabobat sohasidagi asarlari umuman jahon tibbiyotining rivojlanishi, boyishida gʻoyat ulkan ahamiyat kasb etdi. Olimning tibbiyot ensiklopediyasi xisoblangan 25 jildli "AlJomiʼ alkabir va qad urifa bilHoviy" ("AlHoviy nomi bilan tanilgan katta toʻplam") asari shu davrgacha Gʻarb va Sharq Tibbiyotida qadrli boʻlib keldi; 10 jildli "Tabobat kitobi" hamda "Chechak va qizamiq haqida"gi kitobi ham Tibbiyotda mashhur edi.
Oʻrta asrda Abu Ali ibn Sino Tibbiyotning rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi. Uning "al Qonun fittib" (qarang "Tib qonunlari") asari asrlar osha jahon tabobatida asosiy qoʻllanma boʻlib keldi. Bu asar Tibbiyotning asosiy sohalari: anatomiya, fiziologiya, patologiya, terapiya, dorishunoslik, gigiyena va boshqalarni qamrab olgan. Isitma, oʻlat, chechak, qizamiq kabi yuqumli kasalliklarni qandaydir koʻzga koʻrinmas jonivorlar qoʻzgʻatishi toʻgʻrisida fikr yuritgan. U buyrak toshlarini operatsiya qilib olib tashlash, traxeotomiya qilish, jarohatlarni davolash usullari haqida yozadi. Ibn Sinoning bizgacha yetib kelgan eng muhim asarlaridan yana biri "alAdviya alqalbiya" ("Yurak dorilari")dir. Unda olim yurak kasalligida qoʻllanadigan (oʻzi topgan) dorilar haqida yozadi.
Taniqli tabib Abu Mansur tibga oid "Majmuʼayi kabir dar adviyat mufrada" ("Sodda dorilar haqida katta toʻplam"), "Risola dar iloji amrozi sadr" ("Koʻkrak kasalliklarining davosi haqida risola"), "Kitob gʻuno va muno" ("Maqsadlarni mukammal bayon qilgan kitob") kabi asarlar yozgan. Bularda ichki kasalliklar, teri kasalliklari, isitmabezgak kasalligi, ularga qarshi dorilar va davolash usullari bayon etilgan.