Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

ehtiyojni qondirish

ikkilamchi 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
240 
resurslar
 
zanjirining yopiq tsikli amalga oshiriladi. Shunday qilib atrof-muhitga 
ajraladigan chiqindilar va iste‘molda bo‗lgan, eskirgan mahsulotlar ikkilamchi 
material resursi sifatida qayta ishlab chiqarishga qaytariladi va ularning atrof-
muhitga zararli ta‘siri bo‗lmaydi.
Ushbu yopiq zanjir tsiklida xom ashyo resurslarini kompleks va samarali 
ishlatish katta ahamiyatga ega, ya‘ni xom-ashyo tarkibidagi asosiy komponentdan 
tashqari, qolgan komponentlarni ham kerakli maqsadda to‗liq ishlatiladi. Bunda 
xom ashyo tarkibidagi asosiy komponentdan tashqari boshqa komponentlar ham 
shu texnologik jarayonning o‗zida yoki boshqa texnologik jarayonda (boshqa 
ishlab chiqarishda) qo‗la nilishi mumkin. Xom ashyo kompleks va samarali
ishlatilganda uning isrof bo‗lishi oldi olinadi va natijada atrof-muhit ifloslanishdan 
saqlanadi. Shu bilan bir qatorda texnologik jarayonlarda energiya resurslarini 
samarali va tejamli ishlatish ham chiqindisiz texnologiyani yaratishdagi asosiy 
yo‗nalishlardan biridir. Chiqindisiz texnologiyaning yopiq zanjiridagi ishlab 
chiqarish bosqichi eng asosiy bosqich bo‗lib, bunda asosiy mahsulot olinadi va 
parallel ravishda turli xil chiqindilar ham hosil bo‗ladi. Texnologiyaning 
mukammalligi, olinadigan mahsulot sifati va hosil bo‗layotgan chiqindilar 
miqdoriga ta‘sir ko‗rsatadi.
Shuning uchun ishlab chiqarish bosqichida qo‗llaniladigan texnologiyaga 
alohida e‘tibor berish lozim. Bunda texnologiya mukammal bo‗lishi, ishlatiladigan 
xom ashyo ekologik jihatdan zararsiz va uni qayta ishlash jarayonida kam 
chiqindilar ajralishi, ajralgan taqdirda ham atrofga zarar keltir maydigan holatda 
bo‗lishi, energiyani tejamli ishlatilishi kabi talablarga javob berishi lozim.

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin