ikkilamchi material resurslar iga kiradi (IMR).
Agar IMRlar xalq xo‗jaligida qayta ishlatiladigan bo‗lsa, ular
ikkilamchi xom ashyo deb yuritiladi. Ushbu chiqindilar haqida keyingi boblarda keng sharh
beramiz.
Chiqindisiz texnologiyalarni ishlab chiqish asoslari: Bugungi
kunda
dunyo aholisi sonining o‗sishi va ilmiy texnikaning tez sur‘atlarda rivojlanishi
bilan chiqindilar muammosi ham tobora dolzarb tus olmoqda.
2016 yilda ishlab chiqarishga joriy etilishi ko‗zda tutilgan texnologik
jarayonlar, xizmatlar uchun, ekologik xavfli chiqindilar va mahsulotlarni olib
kirish uchun 3860 dan ortiq ekologik sertifikat berildi. 27500 ta loyiha davlat
ekologik ekspertizasidan o‗tkazildi, 3350 dan ortiq ekologik me‘yor belgilandi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016 yil 25
maydagi 14/2-47-sonli qaroriga ko‗ra, Oliy Majlis Senatining SQ-85-III-sonli
qarorida 9 ta yo‗nalishda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta‘minlash bo‗yicha
chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‗lib, ―Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini
tarmoqlararo kompleks boshqarish, atrof-muhitning ekologik holatini yaxsilash va
aholi uchun qulay shart-sharoit yaratishga oid faoliyatini kuchaytirish borasidagi
(5) yo‗nalishiga ko‗ra: Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat
nazoratini amalga oshirish bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
hamda Sog‘liqni saqlash Vazirligi bilan birgalikda jami 306,6 mingdan ortiq
transport vositalaridan atmosfera havosiga tashlanayotgan ifloslantiruvchi
moqqalar asbob-uskunalar yordamida tekshirilib, ―Toza havo‖ tadbirini o‗tkazish
doirasida 242,456 ming dona avtotransport vositalari ko‗rikdan o‗tkazildi. Natijada
ifloslantiruvchi moddalarni belgilangan me‘yoridan ortiq tashlayotgan 12,25 ming
ta manba aniqlanib, ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar
ko‗rildi.
Ekotizimlar holatini barqarorlashtirish va aholi salomatligi uchun atrof-muhit
sifatini yaxshilash bo‗yicha respublikaning 2016 yil Investitsiya Dasturiga asosan
―Namangan viloyatining Pop tumanidagi 23-sonli sobiq uran koni hududida
ekologik holatni sog‘lomlashtirish‖ tadbiri ijrosini ta‘minlash borasida davlat
byudjetidan jami 2,2 mlrd. so‗m mablag‘ sarflanib,