Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich


parter,  miksborder, rokari, alpinariy va h.k



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M


parter, 
miksborder, rokari, alpinariy va h.k.
Arabeskalar - klumbaning har xil murakkab ko‘rinishdagi 
shakli bo‘lib, tashqi ko ‘rinishi turli xil gullar, barglar, qush va 
hayvonlar timsollarmi shakllantiruvchi ko'rinish namoyon etadi.
Miksborder — to‘g ‘ri geometrik yoki erkin shaklda tasvirlan- 
gan keng rabatka yoki gulzordan iborat kompozitsiyadir.
204


Наг xil turdagi gulli massivlami gazon bilan uyg‘unlashgan 
holda ham tashkil etishimiz mumkin.Agar gulli massivlar past 
bo‘yli gul o‘simliklaridan tashkil topgan bo‘Isa,bunday gulzorlar 
“gilamli kompozitsiya”, ko‘rinish faqat atirgullardan tashkil 
topgan bo‘lsa, “rozariy” deb ataladi.
Ko‘chatlar quti, polietilenli xaltacha yoki tuvaklarda kelti- 
riladi. Ekishdan oldin ko‘chat asta-sekin sug‘oriladi. Ko‘chatlar 
crtalab yoki kechqurun ekiladi, yaxshisi, bulutli kunda ekish 
kerak. Ko‘chatlar orasidagi masofa 15-20 sm. Ko‘chatlar ekil­
gandan so‘ng 2 hafta o‘tib, 1 m2hisobida ammiakli selitra 15 g, 
superfosfat - 30 g, xlorli kaliy - 20g, ko‘p yilliklari 3 marta 
o‘g‘itlanadi: bahorda ammiakli selitra bilan, iyulda ammiakli 
selitra, superfosfat va kaliyli xlor bilan, kuniga 1-2 marta 
sug‘oriladi, begona o‘tlar olinadi (faslda 5-6 marta), tuproq 
yumshatiladi.
Gilamsimon va bordyurli o‘simliklar 6 - 1 0 marta kesiladi.
Maysazorlar barpo etish uchun urug‘ sepiladi, chim ekiladi, 
vegetativ usul bilan ekiladi. Buning uchun maysazorlar barpo qi- 
lishning maxsus texnologiyasi mavjud. Eng asosiy tadbirlardan 
biri yer maydonlari tuprog‘ini tayyorlab olishdir. Mutaxas- 
sislaming bergan ma‘lumotlariga ko‘ra, tuproq shu qadar mayin 
bo‘lishi zarurki, gazon urug‘larining o‘sib chiqishiga ta’sir qil- 
masligi kerak. Chunki faqat unumdor, mayin va mayda donador 
tuproqda suv, havo, ozuqa moddalar almashinuvining talab etila­
digan m e’yorda bo‘lishini ta’min etishi mumkin. Unumsiz, tar- 
kibida organik moddalar yetarli bo‘lmagan,qurilish maydo- 
nining chuqur qatlamidan olingan tuproqlar gazon uchun 
yaroqsiz 
hisoblanadi. Bunday tarkibdan iborat bo‘lgan 
tuproqlarda ekilgan o‘t urug‘lari boshida to‘liq unib chiqishi 
mumkin, ammo chimli maydonlar sug‘orilishi natijasida tuproq 
/.ichlasha boshlaydi, o‘simlik ildiz tizimi pastga va yon tomonga 
o'sib, rivojlanmasdan qisilib qoladi.

Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin