c o
m
sarmoyasi ro‘yxatga olinganidan keyin uning aksiyalari aholiga joylashtirilishi yakunlariga ko‘ra har bir
aksiyador (muassis) ishtirokining ulushi bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga ustav fondining 5 foizidan
oshmasligi kerak.
XIFlar aksiyalarini sotish investitsiya muassasalari (fond do‘konlari), qimmatli qog‘ozlar bilan
operatsiyalar qilish huquqiga ega bo‘lgan banklar orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi
davlat-tijorat xalq banki, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat
qilish organining talablariga javob beradigan boshqa tijorat banklari barcha ro‘yxatga olingan XIFlar
aksiyalarining muassasaviy (institutsional) tarqatuvchilaridir.
Muassasaviy tarqatuvchilarning XIFlar aksiyalarini sotish bo‘yicha xarajatlari XIFlarga aksiyalarni
sotishdan kelib tushadigan Davlat Mulki qo‘mitasining mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Maxsus davlat
kreditining asosiy summasi qaytarilishiga qarab XIFlar Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan muassasaviy
tarqatuvchilar xizmatlari haqlarini to‘lash uchun sarflangan, aholiga sotilgan XIFlar aksiyalari tegishli
paketlariga to‘g‘ri keladigan mablag‘larning qaytarilishini ta'minlaydi.
XIFlar aksiyalari oddiy, egasining nomi yozilgan bo‘lib, har bir aksiya aksiyadorlar umumiy
yig‘ilishida bir ovoz huquqini, shuningdek, dividendlar olish huquqini beradi.
XIF aksiyalarining birinchi nashri XIFning ta'sis etilishi chog‘ida ustav fondiga muassislar tomonidan
kiritilgan ulushlarni qoplash uchun amalga oshiriladi. Aksiyalarning ikkinchi nashri aksiyalarni aholiga
sotish uchun chiqariladi va u XIF davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin 3 oydan kechiktirilmasdan amalga
oshirilishi lozim. XIFlar aksiyalarining ikkinchi emissiyasi ikkinchi emissiya prospekti ro‘yxatga olingan
kundan boshlab 6 oy ichida, joylashtiriladi. XIFlar aksiyalarining keyingi emissiyasi aksiyadorlarga tegishli
bo‘lgan foydani kapitalizatsiya qilish, keyinchalik aksiyalarni aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash yoki
aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yo‘li bilan ustav fondi oshirilgan taqdirda, shuningdek, unga
qo‘shilayotgan boshqa XIF aksiyalariga almashtirilgan holda amalga oshirilishi mumkin. XIFlar quyidagi
huquqlarga ega:
-
investitsiya muassasasi litsenziyasini olgunga qadar aksiyalarni sotuvga taklif qilish (muassislar
o‘rtasida taqsimlanadiganlaridan tashqari);
-
o‘z aksiyalarini joylashtirish chog‘ida mo‘ljallangan daromadlar miqdorini e'lon qilish;
-
o‘z aksiyalarini yuridik shaxslarga sotish (muassislardan tashqari);
-
o‘z aksiyalarini aksiyadorlardan sotib olish.
XIF aksiyalarining nashri davlat ro‘yxatiga olinganidan so‘ng ular qimmatli qog‘ozlarning birja va
birjadan tashqari bozorlarida erkin muomalada bo‘lishi mumkin. XIFlar aksiyalari va XIFlarga tegishli
qimmatli qog‘ozlar bilan bajariladigan barcha operatsiyalar faqat Markaziy depozitariyda hisobga olinishi
kerak,
XIFlar tomonidan xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarining sotib olinishi mexanizmining o‘ziga
xos xususiyatlari. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 sentyabrdagi 410- sonli
Qarori bilan XIFlar tomonidan kimoshdi savdolari orqali sotish uchun taqdim etiladigan aksiyalar
miqdoriga ega bo‘lgan 200 ta ochiq aksiyadorlik jamiyatining ro‘yxati tasdiqlandi. Bundan tashqari,
yuqorida qayd etilgan ro‘yxatga qo‘shimcha ravishda Davlat Mulki qo‘mitasiga xususiylashtiriladigan
korxonalarning davlatga tegishli aksiyalarini XIFlar uchun sotuvga qo‘yishga ruxsat etildi.
Xususiylashtiriladigan korxonalarning aksiyalari XIFlarga nominal qiymatiga teng ravishda qayd
etilgan narxda sotilishi lozim. XIFlarning aksiyalarga ochiq obuna bo‘yicha qayd etilgan narxlarda xarid
qilish qobiliyati fond aksiyalarini aholiga sotishdan kelib tushadigan va kiritilgan ta'sis badallari
summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan vakolatlangan organ
savdolarning tartibini belgilab beradi. Ochiq obunani o‘tkazish sanasi u o‘tkaziladigan kundan bir hafta
oldin ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinishi kerak.
Agar bir emitentning aksiyalarini xarid qilish uchun tushgan talabnomalar miqdori taklif etilayotgan
miqdordan yuqori bo‘lsa, u holda aksiyalarni taqsimlash (kimoshdi savdosini o‘tkazish sanasida) har bir
talabnoma bergan XIF tomonidan amalda to‘langan ustav fondini inobatga olgan holda berilgan
talabnomalarga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. Ochiq obunaning birinchi davrasida XIFlarga
sotilmay qolgan aksiyalar birja bozorida ochiq savdoga qo‘yiladi. Shundan so‘ng, agar ushbu aksiyalar birja
savdolariga qo‘yilgandan boshlab olti taqvim kunida sotilmasa, ular keyingi 15 kun ichida ochiq obunaning
ikkinchi davrasida XIFlarga taklif etiladi. Ikkinchi davrada sotuv aksiyalarning nominal qiymatiga teng
bo‘lgan narxlarda amalga oshirila boshlanadi, bordi-yu ularga nisbatan talab bo‘lmasa, aksiyalar narxlari
bosqichma-bosqich pasaytiriladi, lekin ular nominal qiymatining 85 foizidan pastga tushirilmaydi. Ochiq
obunaning ikkinchi davrasida aksiyalarni sotib olishda XIFga davlat krediti berilmaydi. Agar mazkur
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
aksiyalarga nisbatan ochiq obunaning ikkinchi davrasida ham talab bo‘lmasa, ularning emitentlari XIFlarga
sotish uchun mo‘ljallangan xususiylashtirilgan korxonalarning tasdiqlangan ro‘yxatidan chiqarib tashlanadi.
Aksiyalar sotilgandan keyin Davlat Mulki qo‘mitasi aksiyalarga egalik qilish huquqini xaridorga topshiradi.
XIFlar tomonidan maxsus davlat kreditlarining olinishi. XIFlarga maxsus davlat krediti Davlat Mulki
qo‘mitasi tomonidan xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini xarid qilish uchun to‘lovni kechiktirish
ko‘rinishida 5 yil muddatga beriladi. Kreditni rasmiylashtirish faqat Davlat Mulki qo‘mitasidan
xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalarini sotib olishda va zarur bo‘lgan garov ta'minoti mavjud
hollarda amalga oshiriladi. XIFga tegishli bo‘lgan har qanday aktivlar - xususiylashtirilgan korxonalarning
aksiyalari, qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari va hokazolar kredit uchun garov tariqasida qabul qilinishi
mumkin. Ta'minot berilayotgan kreditning to‘liq summasida bo‘lishi kerak. XIF o‘z pul mablag‘lari bilan
xususiylashtirilayotgan korxona aksiyalari paketi qiymatining 30 foizini to‘laydi, aksiyalar paketi
qiymatining qolgan 70 foizi esa, kredit hisobidan sotib olinadi.
Kreditlarni qaytarish kredit berilgan yildan keyingi ikkinchi yildan boshlab XIF tomonidan pul
mablag‘larining Davlat Mulki qo‘mitasining maxsus hisob raqamiga o‘tkazilishi yo‘li bilan amalga
oshiriladi. Davlat krediti bo‘yicha qarzlar qaytarilganidan so‘ng XIF oddiy investitsiya fondiga aylantirilishi
mumkin. Bunda ushbu investitsiya fondi xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalarini ularning
nominal qiymati bo‘yicha xarid qilish va yangi davlat kreditini olish huquqini yo‘qotadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda investitsiya va xususiylashtirish fondlariga o‘xshash
tashkilotlar moliyaviy jihatdan barqaror sanaladi, chunki ular mablag‘larining turli korxonalarga sarflanishi
diversifikatsiyasi qonuniy tartibda ta'minlanadi, faoliyatning cheklanishi esa XIFlarga tijorat xususiyatidagi
xatolarni qilmaslik imkonini beradi. Bunday tashkilotlarning shtatida turli xil korxonalarning istiqbollarini,
aksiyalar portfelini to‘g‘ri ta'minlay oladigan yuqori saviyali mutaxassislarning albatta ishtirok etishi
fondlar aksiyadorlariga yakuniy hisobda, hyech bo‘lmaganda, dividendlarning o‘rtacha me'yoriga ega
bo‘lish imkonini beradi.
Iqtisodiyoti o‘tish jarayonini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda xususiylashtirish investitsiya
fondlarining zarar ko‘rib faoliyat ko‘rsatishi va bankrotlikka uchrashi ehtimol mavjud chunki
xususiylashtirilgan korxonalarning hammasi ham dividendlarning yetarli miqdorini ta'minlay oladigan
darajada daromadli emas.
O‘zbekistonning qonun hujjatlarida shu narsa ko‘zda tutilganki, agar XIF inqirozga uchrasa bo‘lsa
yoki boshqa sabablarga ko‘ra tugatilsa, uning aktivlari tugatish komissiyasi tomonidan ochiq kimoshdi
savdosi shaklida tarqatiladi, unda xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalarini xarid qilish huquqiga
ega bo‘lgan har qanday shaxs ishtirok etishi mumkin. O‘zbekistonda 1998 yilning kuzidan boshlab
investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarining xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari bo‘yicha
olgan daromadlari soliqlar, yig‘imlar va byudjetdan tashqari fondlarga to‘lovlardan ozod qilingan. Fond
tomonidan xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini sotib olishga yo‘naltiriladigan daromadlar ham
soliqqa tortilmaydi.
15-MAVZU. QISHLOQ XO‘JALIGIDA INVESTITSIYAVIY JARAYONLARNI
RIVOJLANTIRISHDA KREDITNING TUTGAN O‘RNI.
Hozirgi kunda O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda kredit juda ham katta ahamiyatga ega. U
butun iqtisodiyot tizimi oldida turgan muammolarni xal qiladi. Kredit yordamida, pul mablag`lariga bo’lgan
ehtiyojni, bunday mablag`lar vaqtinchalik bo’shagan joylardan olish orqali qondirish mumkin. Kreditlash
tizimi bo’sh kapitalni yig`adi va shu bilan birga, kapital kirib kelishiga xizmat ko’rsatgan holda, qayta ishlab
chiqarish jarayonini ta'minlaydi. Shuningdek kredit pul muomalasini tezlashtiradi, bir qator
munosabatlarning (sug`urta, investitsiyaviy va h.) bajarilishini ta'minlaydi va bozor munosabatlarini tartibga
solishda katta rol o’ynaydi.
Ssuda kapitali manbasi bo’lib, birinchidan, asosiy kapitalni tiklash uchun mo’ljallangan, aylanmadan
chiqarilgan pul mablag`lari (ya'ni amortizatsiya jamg`armasi); tovarlarni sotish va xom-ashyo, yoqilg`i,
materiallarni xarid qilish vaqti o’zaro to’g`ri kelmaganligi sababli vaqtincha bo’sh qolgan aylanma
kapitalning bir qismi, xizmat qilishi mumkin. Tovarlarni sotish va ish haqi to’lash o’rtasidagi davrda
vaqtinchalik bo’sh bo’lgan kapital ham manba bo’lishi mumkin.
Ssuda kapitalining ikkinchi bir manbasi sifatida pul daromadi va xususiy sektor jamg`armalari xizmat
qilishi mumkin.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Ssuda kapitalining uchinchi manbasi sifatida davlatning pul jamg`armalarini ko’rsatishimiz mumkin.
Ularning hajmi davlat mulki va yalpi milliy mahsulot ulushi bilan belgilanadi.
Kreditning ikkita asosiy: tijorat va bank krediti shakllari mavjud bo’lib, ular ishtirokchilar tarkibi,
ssuda ob'ekti, dinamikasi, foiz miqdori va faoliyat yuritish sohalari bo’yicha bir-biridan farq qiladi.
Tijorat krediti deb, faoliyat yuritayotgan bir tadbirkorning, tovar uchun to’lovni kechiktirish shaklida,
ikkinchi tadbirkorga beradigan kreditiga aytiladi. Tijorat krediti veksel bilan rasmiylashtiriladi, uning ob'ekti
bo’lib esa tovar kapitali xizmat qiladi. U sanoat kapitali aylanmasiga, tovarlarni ishlab chiqarish sohasidan
iste'mol sohasiga o’tishiga xizmat ko’rsatadi. Tijorat kreditining o’ziga xosligi shundaki, bu yerda ssuda
kapitali sanoat kapitali bilan birlashib ketgan. Tijorat kreditining maqsadi - tovarlarni sotish va foyda olish
jarayonini tezlashtirishdir. Bunday kreditning o’lchami sanoat va tovar kapitallarining zaxira kreditlari
miqdori bilan chegaralangan bo’ladi. Ushbu kapitallarning harakati shartnoma bilan belgilangan bo’ladi:
ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi tadbirkordan, ushbu vositalarni o’z ishlab chiqarishida
iste'mol qiladigan tadbirkorga, yoki tovar ishlab chiqaruvchi tadbirkordan, tovarlar savdosi bilan
shug`ullanuvchi savdo tashkilotlariga.
Shuni ham ta'kidlab o’tish lozimki, tijorat kreditining imkoniyatlari cheklangan bo’ladi, chunki uni
faqatgina tovar ishlab chiqaruvchidan olish mumkin. Tijorat kreditining o’lchami cheklangan va u qisqa
muddatli bo’ladi, kredit oluvchilar esa aksariyat hollarda uzoq muddatli kreditga muxtoj bo’ladilar.
Tijorat kreditining cheklanganligini bank krediti bilan yo’qqa chiqarish mumkin. Bank krediti banklar
va boshqa kredit-moliya tashkilotlari tomonidan pul ssudasi ko’rinishida taqdim etiladi. Bank kreditining
ob'ekti bo’lib, ishlab chiqarishdan ozod etilgan pul kapitali xizmat qiladi. Bu yerda ssuda shartnomasi oldi-
sotdi shartnomasiga bog`liq emas. Qarz oluvchi sifatida xo’jalik, korxona, davlat, xususiy sektor bo’ladigan
bo’lsa, kreditor (kredit beruvchi) sifatida esa barcha kredit-moliya tashkilotlari xizmat qilishi mumkin.
Kreditorning maqsadi foiz ko’rinishida daromadga ega bo’lishdir. Kredit qaytarilish, muddatlilik va foiz
to’lash shartlarida beriladi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, bank krediti tijorat krediti chegarasidan chiqib ketadi, chunki u yo’nalish,
muddat va kredit summasi bilan chegaralanmagan.Tijorat krediti faqatgina tovar aylanmasiga xizmat
ko’rsatsa, bank krediti - aholi barcha qatlamlarining pul daromadlari va jamg`armalarini kapitalga
aylantirgan holda, kapital jamg`arishda ham ishtirok etadi.
Bank va tijorat kreditlarining dinamikasi ham turlicha. Tijorat kreditining hajmi ishlab chiqarish va
tovar aylanmasining o’sishiga to’g`ri proporsional tarzda bog`liqdir. Sanoat o’sishi ro’y bergan davrda
tijorat kreditiga bo’lgan talab va taklif ham oshib boradi, va aksincha. Inqiroz davrida tovar ishlab chiqarish
va sotish hajmi keskin pasayadi, qarzlarni to’lash uchun esa bank kreditiga bo’lgan talab oshib boradi.
Iqtisodiy o’sish ro’y berayotganda ham bank kreditiga bo’lgan talab o’sishini ta'kidlashimiz mumkin.
Shunday qilib bank kreditining ikkilangan xarakteriga guvoh bo’lamiz, undan bir tomondan mavjud
kapitalni o’stirish uchun, ikkinchi tomondan - qarzlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan, kapital aylanmasini yanada tezlashtiruvchi va,
kreditga yangi funksiyalarni bergan holda, uning ahamiyatini yanada oshiruvchi kreditning yangi shakllari
paydo bo’lmoqda. Bunday shakllardan biri sifatida iste'mol krediti xizmat qiladi. Iste'mol krediti tijorat
(to’lovni kechiktirish imkonini bergan holda tovar sotish) va bank (iste'mol maqsadlariga ssudalar berish)
krediti shaklida bo’lishi mumkin. Iste'mol kreditining ob'ekti sifatida odatda uzoq muddat iste'mol
qilinadigan tovarlar (mebel, traktorlar, muzlatgichlar, avtomobillar va h.) va turli xil xizmatlar e'tirof etilishi
mumkin. Bunda banklar do’konlar tomoniga sotilgan tovar narxini to’liq to’laydilar, iste'molchi esa bank
ssudasini ma'lum muddat ichida qoplash majburiyatini oladi. Shuni ham ta'kidlash joizki, rivojlangan
davlatlarda, iste'mol krediti aholi turmush tarzining ajralmas qismiga aylanib qolgan.
So’nggi vaqtda lizing katta ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Lizing - ishlab chiqarish uchun
mo’ljallangan mashina, uskuna, qurilma va inshootlarning uzoq muddatli ijarasidir. Lizing bo’yicha qarz bir
necha yil davomida ketma-ket to’lanib boriladi. Lizing o’z ustunliklariga ega bo’lib, ularning asosiysi
qimmat uskunani xarid qilish uchun katta mablag`ga ega bo’lish shart emas. Ushbu bosqichdagi barcha
xarajatlarni lizing kompaniyasi qoplaydi. Lizingni tor ma'nodagi bank operatsiyasi deb aytib bo’lmaydi. U
moliyalashtirishning bank shakliga juda yaqin bo’lib, savdo-sanoat korxonalari tomonidan qo’shimcha
operatsiya sifatida amalga oshirilishi mumkin. Ammo, birinchi navbatda, lizing bilan maxsus tuzilgan lizing
kompaniyalari shug`ullanadi.
Ob'ektni foydalanish uchun olganda lizing oluvchi mulkchilik huquqi bilan bog`liq majburiyatlarni
o’z bo’yniga oladi, ammo ob'ektning egasi bo’lib lizing beruvchi xizmat qiladi. Bunda lizing ob'ektining
yo’qolishi yoki undan foydalanish mumkin bo’lmay qolishi, lizing oluvchini qarzni qoplash majburiyatidan
ozod etmaydi. Shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, ijaradan farqli ravishda, lizing oluvchi ob'ektdan
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
foydalanish uchun oylik to’lov to’lamasdan, balki amortizatsion ajratmalarning to’liq summasini to’laydi.
So’nggi vaqtda ipoteka krediti keng tarqalmoqda. Ipoteka krediti - bu ko’chmas mulk kafolat
ta'minotiga beriladigan uzoq muddatli ssudalardir.
Hozirgi kunda butun iqtisodiy tizimning normal faoliyat yuritishi uchun davlat va xalqaro kreditlar
katta ahamiyatga ega. Davlat krediti deb, davlat, mahalliy hokimiyat organlari fuqarolar va yuridik
shaxslarga nisbatan qarz oluvchi yoki kreditor rolini o’ynaydigan kredit munosabatlarining yig`indisiga
aytiladi.
Davlat krediti sohasida markaziy hukumat va mahalliy hokimiyat organlari, odatda, byudjet defitsitini
qoplash uchun pul mablag`larini jalb qilgan holda, qarz oluvchi rolini o’ynaydilar. Pul mablag`larini jalb
qilishning asosiy shakli sifatida davlat obligatsiyalari va boshqa turdagi qimmatli qog`ozlarini chiqarish
xizmat qiladi. Obligatsiyani sotib olgan, bo’sh pul mablag`iga ega shaxslar, davlat kreditorlari bo’lib
sanaladilar. Bank kreditidan farqli ravishda, kreditor bo’lib faqatgina banklar emas, balki sug`urta
kompaniyalari, korxonalar va hattoki xususiy shaxslar ham bo’lishi mumkin. Shuni ta'kidlash joizki,
rivojlangan mamlakatlardagi sug`urta kompaniyalari operatsiyalarining yarmini, qimmatli qog`ozlarni sotib
olish tashkil etadi. Bundan xulosa qilish mumkinki, davlat krediti xususiydan pul mablag`larini taqdim etish
shakli va shartnoma ishtirokchilari bilan farq qiladi.
Qaytarish, muddatlilik va foizlarni to’lash shartlarida valyuta va tovar resurslarini taqdim etish bilan
bog`liq bo’lgan, xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi kapital harakati, xalqaro kredit deb aytiladi.
Kreditorlar va qarz oluvchilar sifatida banklar, korxonalar, davlatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar
xizmat qilishi mumkin.
Xalqaro kredit shakllarini, kredit munosabatlarining ayrim tomonlarini tavsiflovchi, asosiy belgilar
bo’yicha turkumlashtirish mumkin.
Muddat bo’yicha xalqaro kreditlar qisqa muddatli - 1 yilgacha, o’rta muddatli - 1 yildan 5 yilgacha va
uzoq muddatli - 5 yildan yuqori, kreditlarga bo’linadi.
Maqsadi bo’yicha xalqaro kredit quyidagilarga ajratiladi tashqi savdo va xizmat ko’rsatish bilan
bog`liq tijorat krediti; boshqa maqsadlar, shu jumladan qarzlarni qoplash, investitsiyalar va qimmatli
qog`ozlarni sotib olishda foydalaniladigan moliyaviy kredit; kapital, tovar va xizmatlarni chiqarishning
aralash shakllari uchun mo’ljallangan oraliq kreditlar.
Xalqaro kredit quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- maksimal foydaga erishish uchun, qayta ishlab chiqarishning uzluksiz jarayonini ta'minlash
maqsadida mamlakatlar o’rtasida ssuda kapitallarini qayta taqsimlash;
- naqdsiz to’lovlar rivojlanishi natijasida xalqaro hisob-kitoblar sohasidagi muomala xarajatlarini
tejash;
- kapital mujassamlanishi va markazlashuvini tezlashtirish.
Shuningdek, xalqaro kredit, individual jamg`arish chegaralarini ochgan holda, yangi firmalarni tashkil
etishga ko’maklashadi. Umumlashtirgan holda aytganda, xalqaro kredit, kreditning boshqa shakllari
bajargan funksiyalarni xalqaro miqyosda amalga oshiradi.
Kreditning jamiyat iqtisodiy tizimidagi o’rni va roli, uning bajaradigan funksiyalari bilan belgilanadi.
Qayta taqsimot funksiyasi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, ssuda kapitallari bozori vaqtinchalik bo’sh moliyaviy resurslarni xo’jalik
faoliyatining bir sohasidan olib, yuqori daromad ta'minlovchi ikkinchi bir sohasiga yo’naltirish funksiyasini
bajaradi. Kredit, dinamik tarzda rivojlanayotgan ob'ektlarning qo’shimcha moliyaviy resurslarga bo’lgan
extiyojini qondirgan holda, iqtisodiyotni makroboshqaruvchisi rolini ham o’ynaydi.
Ssuda shartnomasi orqali kreditor, qarz oluvchiga tovar-moddiy boyliklar yoki pul mablag`larini
vaqtinchalik foydalanishga topshiradi. Har ikkala holda ham, bitim mazmuni bir xil bo’lsa ham,
topshiriladigan ob'ekt turlicha. Ammo bu faqatgina mazkur ob'ekt tarkibiga emas, faqatgina shakliga
tegishli, chunki shakl qanday bo’lmasin shakl emas balki qiymat qayta taqsimlanadi.
Shunday qilib, kreditning taqsimot funksiyasiga qiymatni taqsimlash xosdir. Taqsimot hududiy va
tarmoq belgilariga asosan ro’y berishi mumkin. Kredit munosabatlariga, joylashuvidan qat'iy nazar turli xil
tashkilot va shaxslar kirishi mumkin. Kredit uchun kreditor va kredit oluvchi o’rtasidagi masofa ahamiyatga
ega emas. Qiymatning bunday qayta taqsimlanishini hududlararo deb atashimiz mumkin.
Kredit yordamidagi tarmoqlararo qayta taqsimlash, qiymat bitta tarmoqga tegishli kreditordan,
ikkinchi bir tarmoqga tegishli kredit oluvchiga o’tgan holda ro’y beradi. Korxonalar va banklar o’rtasidagi
munosabatlar katta hajmda ro’y berayotgan zamonaviy pul xo’jaligida, tarmoqlararo qayta taqsimot xal
qiluvchi rolni o’ynaydi. Banklar tomonidan jamg`arilgan mablag`lar muassasaviy xarakterini yo’qotgan
holda bankning umumiy resurslariga aylanib ketadi, bank esa tarmoq korxonalaridan qancha mablag` kelib
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
tushganidan qat'iy nazar ularga kredit taqdim etadi.
Tarmoq ichidagi qiymat qayta taqsimlanishini, tarmoq banklari korxonalari tomonidan kredit olish
jarayonida kuzatishimiz mumkin.
Kredit yordamida resurslar qayta taqsimotining birinchi xususiyati shundaki, u faqatgina joriy yilda
ishlab chiqarilgan moddiy boyliklarnigina emas (yalpi mahsulot), balki oldingi yillarda yaratilgan moddiy
boyliklarni ham o’z ichiga olishi mumkin. Kreditning qayta taqsimot funksiyasi vositasida faqatgina yalpi
va milliy mahsulot emas, balki barcha moddiy boyliklar, jamiyatning butun milliy boyligi taqsimlanishi
mumkin, va bu qayta taqsimot funksiyasining ikkinchi xususiyatidir. Qayta taqsimot funksiyasining
uchinchi xususiyati qayta taqsimlanayotgan qiymat jihatlariga bog`liqdir. Qayta taqsimot funksiyasi
umuman qiymatni qayta taqsimlash bilan emas, balki aynan vaqtinchalik bo’sh bo’lgan qiymatnigina qayta
taqsimlash bilan shug`ullanadi. Kreditning qayta taqsimot funksiyasini to’rtinchi xususiyati ham muhim,
ya'ni vaqtinchalik bo’shagan qiymat vaqtinchalik foydalanishga beriladi. Beshinchi xususiyati shundaki,
qiymat odatda vositachilarsiz to’g`ridan-to’g`ri iste'molchiga beriladi.
Kreditning ikkinchi funksiyasi, haqiqiy pullarni kredit operatsiyalari bilan almashtirishdir.
Zamonaviy kredit xo’jaligida bunday almashtirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Pullarning bir hisob
raqamidan ikkinchisiga o’tishi naqd pullik to’lovlarni kamaytirish va pul aylanmasi tuzilmasini yaxshilash
imkonini beradi.
Muomala xarajatlarini tejash.
Ushbu funksiyaning amalga oshirilishi bevosita kreditning iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqadi.
Xo’jalik yuritish sub'ektlarining pul mablag`larini kelib tushishi va sarflanishi o’rtasidagi vaqt oralig`i
moliyaviy resurslarning ortiqliginigina emas, balki yetishmovchiligini ham aniqlab berishi mumkin.
Aynan shuning uchun, o’z moliyaviy mablag`larining yetishmovchiligini vaqtinchalik qoplab turishga,
va demak muomalaning umumiy xarajatlarini tejashga, yo’naltiriladigan ssudalar keng tarqalgan.
Kapital mujassamlashuvini tezlashtirish.
Kapitalni mujassamlashuvi jarayoni iqtisodiyotni barqaror rivojlanishining zaruriy sharti bo’lib, har
bir xo’jalik yurituvchi sub'ektning ustuvor maqsadi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish miqyosini yetarlicha kengaytirish va bu bilan qo’shimcha daromad olishga imkon
beruvchi qarz mablag`lari, ushbu masalani yechishda aynan qo’l keladilar.
Kredit resurslarining bir qismini kreditor bilan hisob kitoblarni amalga oshirish uchun yo’naltirilishiga
qaramasdan, kredit resurslarini jalb qilish, faqatgina o’z mablag`lariga ishonishga nisbatan qulayroqdir.
Ammo shuni ham ta'kidlab o’tish kerakki, iqtisodiy tushkunlik bosqichida (va ayniqsa bozor
iqtisodiyotiga o’tish sharoitida) ushbu resurslarning qimmatligi, xo’jalik faoliyatining ko’pgina sohalarida
kapital mujassamlashuvi masalasini samarali yechish imkonini bermaydi.
Bunga qaramasdan, ko’rib chiqilayotgan funksiya, rejali iqtisodiyotda mavjud bo’lmagan yoki
rivojlanmagan iqtisodiyot sohalarini moliyaviy resurslar bilan ta'minlash darajasini tezlashtirgan holda,
mahalliy sharoitlarda ham ijobiy samarani ta'minlaydi.
Tovar aylanmasiga xizmat ko’rsatish.
Ushbu funksiyani bajarish jarayonida kredit nafaqat tovar balki pul muomalasining tezlashishiga ham,
xususan undan naqd pullarni siqib chiqargan holda, o’z ta'sirini ko’rsatadi.
Pul muomalasi sohasiga veksellar, cheklar, kredit kartochkalari va boshqa vositalarni kiritgan holda, u
naqd hisob-kitoblarni naqdsiz hisob-kitoblarga almashtirishni ta'minlaydi. Bu esa ichki va xalqaro
bozorlarda iqtisodiy munosabatlar mexanizmini soddalashtiradi va tezlashtiradi.
Ushbu masalani yechishda, tovar ayirboshlashning zamonaviy munosabatlarini zaruriy elementi
bo’lgan tijorat krediti faol rol o’ynaydi.
Ilmiy-texnik taraqqiyotning tezlashishi.
Hozirgi kunda ham ilmiy-texnik taraqqiyot har bir davlat va alohida xo’jalik yuritish sub'ekti iqtisodiy
rivojlanishining hal qiluvchi omili sanaladi.
Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirishdagi kreditning roli, kapital kiritish va foyda olish o’rtasidagi
vaqt oralig`i boshqa tarmoqlarga nisbatan ko’proq bo’lgan ilmiy-texnik tashkilotlar faoliyatini
moliyalashtirish jarayoni misolida ayniqsa ravshan namoyon bo’ladi.
Aynan shuning uchun ham ko’pchilik ilmiy markazlarning faoliyatini (byudjetdan
moliyalashtiriladigan ilmiy markazlardan tashqari) kredit resurslarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Ishlab chiqarishga ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni bevosita jalb etish shaklidagi innovatsion
jarayonlarni amalga oshirish xarajatlari korxonalar tomonidan moliyalashtiriladi, jumladan o’rta va uzoq
muddatli bank kreditlari hisobiga ham.
Umuman aytganda: kredit - vaqtinchalik foydalanishga beriladigan vositalar bo’yicha kreditor va
Dostları ilə paylaş: |