Toshkent farmatsevtika instituti farmatsiya fakulteti fan: hayot faoliyati xavfsizligi



Yüklə 65,34 Kb.
səhifə2/7
tarix18.12.2022
ölçüsü65,34 Kb.
#76066
1   2   3   4   5   6   7
XFX

Avtofojea (halokat) 4000 dan 1


Qulash 10000 dan 1
Alanga va yonuvchi moddalar ta’siri 25000 dan 1
Suvga cho‘kish 30000 dan 1
O‘q otadigan qurollardan jarohatlar 100000 dan 1
Aviahalokatlar 100000 dan 1
Jismlarning qulashi 160000 dan 1
Elektjarohat 160000 dan 1
Uraganlar-bo‘ronlar 2500000 dan 1
“O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 24 avgustdagi 242 – sonli Qarori) ga muvofiq:
FVDTning kuch va vositalari:
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari;
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda tezkor bo‘ysinuvchi Respublika ixtisoslashtirilgan tuzilmalari; qutqaruv tuzilmalari;
Vazirliklar va idoralarning professional ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tuzilmalari, Respublika, maxalliy va ob’ektlar darajasida FVDTga tegishli xududiy va funksional quyi tizimlarining qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari;
O‘zbekiston Qizil Yarim oy Jamiyatining ko‘ngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari), «Vatanparvar» mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkiloti.
FVVga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunuvchi qutqaruv tuzilmalari malakali mutaxassislar bilan butlangan va maxsus texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va boshqa qutqarish vositalari bilan jihozlangan, qutqaruv ishlarini avtonom rejimda kamida 72 soat ichida ta’minlashga mo‘ljallangan, doimiy tayyor holatdagi qutqaruv tuzilmalarini o‘z ichiga oladi.
FVVga tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi YOng‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining alohida murakkab va uzoq davom etadigan yong‘inlarni o‘chirish bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan otryadini, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasini, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika tezkor tibbiy yordam ilmiy markazini va uning filiallarini, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining qidiruvchi havo kemalarini, mahalliy davlat hokimiyati organlari avtotashuvchilari hududiy uyushmalari avtotransport va avtosanitariya otryadlarini, shuningdek favqulodda vaziyatlarni tugatishga hamda FVDT kuchlari harakati va tadbirlarini ta’minlashga mo‘ljallangan FVDT funksional quyi tizimlarining boshqa tarkibiy bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi.
Prognozlashtirilayotgan yoki yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarning holati, ko‘lamlaridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri - Fuqaro muhofazasi boshlig‘i, shuningdek fuqaro muhofazasi boshlig‘i - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimining qarori bilan muayyan bir hudud doirasida FVDT faoliyat ko‘rsatishining quyidagi rejimlaridan biri o‘rnatiladi:
kundalik faoliyat rejimi - me’yordagi ishlab chiqarish-sanoat, radiatsion, kimyoviy, biologik (bakteriologik), seysmik va gidrometeorologik vaziyatda, epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar bo‘lmaganda;
yuqori tayyorgarlik rejimi — ishlab chiqarish-sanoat, radiatsion, kimyoviy, biologik (bakteriologik), seysmik va gidrometeorologik vaziyat yomonlashganda, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkinligi to‘g‘risida prognoz olinganda;
favqulodda rejim — favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va favqulodda vaziyatlar davrida.
«O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi tuzilmalari Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida» (FM boshlig‘ining № 3 sonli Buyrug‘i 10.11.2007 yil)
Ob’ekt tuzilmalari -Korxonalar, tashkilotlar, idoralar, xo‘jaliklar va barcha muassasalarda FM vazifalarini bajarish maqsadida ushbu ob’ektlarda ishlovchilar soni va ob’ektlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni va mavjud shart sharoitlarni hisobga olib quyidagi tuzilmalar tashkil etadi:
- razvedka guruhlari, zvenolari;
-aloqa va xabar berish guruhlari, zvenolari;
- qutqaruv komandalari yoki guruhlari;
- sanitar drujinalari yoki sanitar postlari;
- jamoat tartibini saqlash guruhlari;
- yong‘in xavfsizligi guruhlari;
- himoya inshootlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha guruhlar yoki zvenolar;
- avariya-texnik guruhlar;
- radiatsiyaviy-kimyoviy nazorat postlari;
- boshqa tuzilmalar.

  • Zero, Prezidentimiz I.Karimovning so‘zlarini eslasak, “Har qanday mintaqada xavfsizlikni ta’minlash muommolari muayyan mohiyatga ega. Shuningdek, har bir mintaqaning o‘z xususiyatlari va xavfsizlikni saqlash omillari bor” (O‘zbekiston XXI-asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va tarqqiyot kafolatlari. 11-12-B).

  • Shuning uchun maxsus qutqaruv xizmatlari bilan bir qatorda joylardagi, turli muassasa va korxonalar qoshidagi qutqaruv xizmatlarining Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha o‘rni aloxida e’tiborga molik. Xozirgi vaqtda ular malakasini oshirish, kerakli anjomlar bilan ta’minlash xar bir raxbarning zimmasidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan biri bo‘lmog‘i shart.

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari. Respublikamiz Prezidenti tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat tufayli inson manfaati, inson qadriyati eng oldingi o‘rindadir.
So‘nggi yillarda Oliy Majlis tomonidan yangi asrda aholining xavfsizligini kafolatlovchi, fuqarolar mas’uliyati va jamiyat taraqqiyotining huquqiy zaminini belgilovchi bir nechta qonunlar qabul qilindi.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muhofazasining huquqiy asosini tashkil etuvchi hujjatlar talablarini chuqur bilmasdan turib favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini samarali amalga oshirib bo‘lmaydi. Har bir rahbar xodim, har bir fuqaro muhofazasi bo‘yicha mutaxassis bu hujjatlarni bilib, o‘rganibgina qolmay, zarur bo‘lgan vaziyatlarda ulardan kelib chiqadigan talablarni amalda qo‘llay bilishi ham lozimdir. Boshqacha aytganda: “Har qanday qonun ijro qilingan taqdirdagina qonundir. Qonunning amalda ishlashi uchun esa unga yordamchi aktlar tuzish, eng asosiysi esa, uni hayotga tadbiq etish kerak” (I.Karimov).
Bu so‘zlar O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida maxsus vakolatli davlat organi bo‘lmish Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning joylardagi boshqarma, bo‘limlari elkasiga yanada mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi.
Normativ huquqiy hujjatlar –vakolatli davlat organlarining belgilangan tartibda qabul qilingan, umummajburiy kuchga ega bo‘lgan va yozma tarzda ifoda etilgan yuridik hujjati.Ularda huquqiy normalar belgilanadi, o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi, qoidalarning mazmun va mohiyati bayon etiladi.
Qonun oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan davlatning qonun chiqaruvchi muassasa tomonidan yoki aholi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, referendum o‘tkazishning talablariga muvofiq qabul qilingan va o‘zida qonunning amal qilish hududi, muddati va shaxslar doirasida huquqiy munosabatlar sub’ektlari faoliyatining umumiy namunasini mujassamlashtirgan normativ-huquqiy hujjat.
Hayot faoliyati xavfsiziigini ta’minlashning qator masalalari Konstitutsiyada o 'z aksini topgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, IX bobi fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bo'lib.36-moddada «Har bir inson qonunda ko'rsatilgan tartibda mehnat qilish, erkin kasb tanlash, qulay sharoitlarda mehnat qilish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga gadir» deb ko‘rsatib o'tilgan.
Ushbu bobning 37-moddasida «Barcha ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga egadir. Ish vaqti va haq to'lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi».
38-moddada esa «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisini yo'qotganda va boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish huquqiga egadir. Bunday nafaqalar va ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori tirikchilik uchun zarur bo'lgan maoshning eng kam miqdoridan o’z bo'lishi mumkin emas» deb o'tilgan.
Konstitutsiyaning 39-moddasida «Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega» deb belgilangan.
Bu moddalar BMTning «Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasining 3, 23-moddalariga hamohangdir. Ya’ni deklaratsiyaning 3-moddasida «Har bir inson yashash huquqiga ega..», 23-moddasida esa «Har bir inson mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli va qulay sharoitlar .huquqiga ega» deb belgilab o'tilgan.
O'zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilish ‘zbekiston Respublikasi «Mehnat qonunlari kodeksi» asosida olib boriladi. Bu me’yoriy hujjat 1996-yilda kuchga kirib, unda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, hamma korxona va muassasalarga mehnat sharoitini yaxshilash, baxtsiz hodisalaming oldini olish uchun zarur choralami ko‘rish kerakligi belgilab berilgan.
O'zbekiston espublikasining 1993-yildagi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunida ishlovchilaming mehnatini va sog'lig'ini ta'minlash, ishlab chiqarish tarmoqlarida mehnat muhofazasini tashkil etishning yagona tartibini o'rnatishga qaratilgan. Bu qonun 5 ta bo‘lim va 29 moddadan iborat:
I- bo'lim. Umumiy qoidalar (7 ta modda);
II- bo'lim. Mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash (8 ta modda);
III-bo'lim.Ishlovchilaming mehnatini muhofaza qilishga oid huquqlami amalga oshirishdagi kafolattar (6 ta modda);
IV-bo'lim. Ishlovchilaming mehnatini muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik azorati (3 ta modda);
V- bo‘lim. Mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlami buzganlik uchun javobgarliklar (5 ta modda).
O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizlik konsepsiyasi to‘g‘risida-29.08.1997y.
Ta’lim to‘g‘risida 29.08.1997y.
Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish to‘g‘risida.20.08.1999y.
Gidrotexnika inshoatlarining xafvsizligi to‘g‘risida.20.08.1999y.
Ekologik ekspertiza to‘g‘risida 25.05.2000y.
Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida.26.05.2000y.
Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida. 31.08.2000y.
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida28.09.2006y.
Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida 23.04.2009y.
Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risi 29.09.2010y.
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida 26.04.2012y.
Qaror davlat yoki mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va masabdor shaxslar tomonidan qabul qilinadigan normativ –huquqiy xujjatlar.
Farmon davlat boshlig‘i chiqaradigan muhim xuquqiy xujjat. U mazmun va mohiyatiga ko‘ra konstitutsiyaviy normalarni ijtimoiy hayotga tatbiq etish vositasi sifatida namayon bo‘ladi.
Farmayish boshqaruvga doir tez hal qilinishi kerak bo‘lgan joriy masalalargaoid qarorlar sifatida qabul qilinadigan huquqiy hujjat.
Mehnat haqidagi qonunlar asoslarida, sharoiti zararli bo`lgan ishlarda, shuningdek, alohida harorat sharoitida bajariladigan yoki ifloslanish bilan bog`liq ishlarda ishlaydigan ishchi-xizmatchilarga belgilangan me'yorlarga muvofiq bepul jamokor, maxsus poyafzal va boshqa turdagi yakka tartibdagi himoya vositalari, su tyoki uning o`rnini bosa oladigan boshqa ozuqa mahsuloti berilishi ko`zda tutilgan. Mehnat muhofazasi bo`yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi davlat tashkilotlariga topshirilgan: Mehnat muhofazasi Davlat texnik inspektsiyasi. Bular korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bo`yicha me'yor va qoidalariga rioya qilish, sanoat sanitariyasi va mehnat gigienasiga rioya qilish, mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o`z texnik inspektoriga ega. Sanoat. davlat kon texnik nzorati agentligi. Bu tashkilot bug` qozonlarining to`g`ri ishlashini, bosim ostida ishlaydigan, yuk ko`tarish mashinalari (ko`tarma kranlar, liftlar), ekskavatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish nazorat qiladi.
1949 yilda Angliyada yangi ilmiy fanni yaratish uchun fanning har xil sohalaridan bir guruh mutaxassislar birikkanlarida ergonomika tushunchasi qabul qilindi. Bu tushuncha asta-sekin keng tarqala boshladi, nainki u bilan birgalikda boshqa ta’riflar ham ishlatilib kelindi; misol: inson injeneriyasi, muxandislik psiхologiyasi, inson-mashina tizimida izlash, inson omillari kabi tushunchalar.
Ergonomika texnika rivojlanishining ma’lum etapi (bosqichi)da paydo bo‘lgan bo‘ lib, ishlab chiqarishda muhim muammolarni yechishda zarur shart-sharoitdir. Yangi jihoz va unga to‘g‘ri kelgan ishlab chiqarish muhitini loyihalashda sodir bo‘ladigan ko‘pchilik savollarni faqat soglom fikr asosida yechish mumkin bo‘lmaganda, ergonomikaga murojaat qilinadi.
Ayrim yangi mashinalar namunasini sinash va foydalanish, olingan ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida konstruktor va muhandislarimiz shunga ishonadilarki, inson organizmisiz mashinalarga bo‘lgan ilmiy asoslangan talablarga balki eng takomillashgan texnik yechimlar ham yetli darajada samara bermaydi. Bu shunday bir tushunchaki, mashinalarning konstruksiyasi insonning funksional ehtiyojlariga mos kelmasligidir.
Demak, ergonomika “Inson-mashina-ishlab chiqarish–muhit” tizimini o‘rganadi.
Ergonomika fanining maqsadi - mashina va ishlab chiqarish qurollarining o‘lcham (parametr)larini hamda ishlab chiqarish muhitini inson ehtiyojlariga moslashtirishdir, ya’ni mehnat jarayonlarini me’yorlash (optimallashtirish) va barcha ko‘ngilsiz ishlab chiqarish omillarini bartaraf qilish yoki maksimal kamaytirishdan iboratdir.
Ishlab chiqarishda yechiladigan asosiy ergonomik vazifalarni quyidagi tartibda sinflashimiz va turlarga bo‘lishimiz mumkin:
1. Psiхomantiqiy yuklanishni kamaytirish:
– nazorat tizimlarini avtomatlashtirish;
– ishlab chiqarish jarayonlarini stabillashtirish;
– ish xavfsizligini ta’minlash;
– jihozlar ishining ishonchliligini ta’minlash;
– me’yoriy darajagacha ma’lumotlar hajmini kamaytirish;
– sozlash va nazoratning qulay tizimlarini tashkil qilish;
– nazorat va sozlash tizimlarini markazlashtnrish.
2. Shinam ishchi muhitini ta’ minlash:
– ishlab chiqarish ziddiyatini yaxshilash.
3. Ishning qulayligini ta’minlash- bunda qulay bo‘lgan jihoz, mebel, asbob, maxsus kiyimlarni yaratish va ishlatish, hamma jihozlarni badiiy konstruksiyalarini yaxshilash kiradi.
4. Ishlab chiqarishni qulay tashkil qilish:
– jihozlarni qulay joylashtirish;
– ishchi zonani to‘g‘ri tashkil qilish;
– tashish va ortish ishlarini kamaytirish;
– ishlash va dam olishni to‘g‘ri tashkil qilish;
– maishiy xizmat qilishni to‘g‘ri tashkil qilish.
5. Kadrlar bilan ishlash:
– bunga kasbiy tanlash, yo‘riqnomalar o‘tkazish, tajriba almashish, kasbiy o‘qitish va malaka oshirish kiradi.
6. Fiziomantiqiy yuklanishni kamaytirish:
– shinam havo iqlimini va yorug‘ligini yaratish;
– shovqin va titrashga qarshi kurash tadbirlari;
– ish jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash hamda jihozlarni yaratish;
– ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish;
– ishchi zonani to‘g‘ri ta’minlash;
– qulay harakatlanishni tanlash;
– boshqarish qismlarini to‘g‘ri tanlash va joylashtirish;
– boshqarishni markazlashtirish.
Ma’lumotlani aks ettiruvchi vositalar (MAEV) ishlab chiqarish jarayonining, hamda alohida jism va mexanizmlar ish rejimining borishi haqida ma’lumotlar qabul qilib turish uchun xizmat qiladi. Bu vositalardan inson agar texnomantiqiy jarayonni bevosita o‘zi kuzata olmaganda yoki uning sonli va sifatli holatini mustaqil baholay olmaganda foydalanadi.
Operatorning sezgi a’zolariga ta’sir qilishga qarab MAEV quyidagi: vizual, akustik va taktik turlarga bo‘linadi.
MAEVlarga quyidagilar: yozuvli yoki simvolli tahtani yorituvchi cho‘g‘lanuvchi lampalar, strelkali-shkalali o‘lchov asboblari, har xil ko‘rsatkichlar, hisoblagichlar, ovozli ohanglar, sirenalar, ekranlar, sxemalar va hokazolar kiradi.
Ular o‘z prinsipiga ko‘ra quyidagi “ha-yoq” degan ma’lumotni berishi mumkin (ya’ni mashina ishlayapti yoki yo‘q; birorta o‘lcham me’yorida yoki yo‘q), ba’zan o‘lchamning sonli o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Tovush signallari avariya (800–5000Gs chastota, tovush bosimi darajasi 90–100 dB oraliqlarda), ogohlantiruvchi (200–80 Gs, 80–90 dB) va xabar beruvchi (200–400 Gs, 30–80 dB) signallarni berish uchun ishlatiladi (“2.6. Ishlab chiqarishda shovqin va titrash” ga qarang).
Ogohlantiruvchi va avariya signallari uziluvchan qilib amalga oshiriladi va alohida signallarning eshitilish uzunligiga teng va ular oralig‘idagi interval kamida 0,2 sekundgacha bo‘ladi. Signal tovushini bosimining darajasi ishlab chiqarish jarayoni shovqin darajasidan kamida 10–16 dB ga baland bo‘lishi lozim. Traktorlarda tovush signalining darajasi traktor shovqinidan kamida 6 dB ga kabinasida va traktordan 1 metr masofada 8 dB ga baland bo‘ lishi kerak.
Ergonomika boshqaruv turadigan post (joy)ini qulay tashkil qilishning umumiy prinsiplarini, ularda asosiy va qo‘shimcha jihozlarning joylashishini belgilaydi. Bu masalalar turkumiga boshqarish joyining tashqi (masalan, alohida qism va devorlarning bo‘yalishi) psiхomantiqiy, fizomantiqiy - gigiyenik va estetik talablarni hisobga olgan holda bezatilishi kiradi.
Avtomatlashgan boshqarish tizimlarida operator ish joyining asosiy elementiga panel kiradi. U shunday joylashishi kerakki, undagi asboblarning yuza tekisligi operatorni qarash chizig‘iga perpendikulyar bo‘lishi kerak. Boshqarish pultidagi boshqarish qismlari qulay va qo‘l yetadigan bo‘lishi lozim.
Pultning umumiy balandligi pol sathidan ko‘pi bilan 120 sm balandlikda bo‘lishi kerak. Unda yozuvlar uchun 10x20 sm dan 30x40 sm gacha o‘lchamdagi tekislik ajratiladi. Oyoqlarning erkin joylashishi va harakatlanishiga balandligi – 63 sm, kengligi 50 sm va chuqurligi 45 sm bo‘lgan bo‘shliq ko‘zda tutiladi. Pultda harakatning eng qulay zonasi 70 sm bilan chegaralanadi.
Boshqaruv qism (organ)lari boshqarilayotgan ta’sirni insondan mashinaga uzatish: uni harakatga keltirish, ishchi qismlarni to‘xtatish, talab qilingan ish rejimini belgilash, ma’lumotlarni kiritish yoki olish va hokazo vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Boshqarish qismlari yurituvchi element va ijro qiluvchi qismlardan iborat, shundan yurituvchi elementlarga eng qattiq ergonomik talablar qo‘yiladi.
Boshqarish qismlarining konstruksiyasi insonning harakatlanuvchi apparatiga mos bo‘lgan ruxsat etilgan me’yoriy yuklanishlar uning antropometrik tavsiflariga binoan boshqarishni amalga oshirishda zarur aniqlik va harakat tezligini tez aniqlashni ta’minlashi lozim. Boshqarish qismlari qo‘l va oyoq orqali bajariladigan qilib ishlanadi. Qo‘l bilan boshqarish ancha aniq bolib, oyoq orqali boshqarishga nisbatan ustun turadi.
Boshqarish qismlari ko‘p bo‘lganda yoki ularni katta kuch bilari ishlatganda, qo‘llarni ozod qilish uchun oyoq yuritmalari qollaniladi.
Boshqarish qismlarining yurituvchi elementlari shakli va o‘lchamlari qo‘l bilan ushlaganda, ishonchli va qulay bolishi, ularning materiallari zararsiz hamda zarur holatlarda issiqlik, elektr o‘tkazmaydigan bo‘lishi kerak.
Qo‘l bilan boshqarish qismlari shunday joylashish kerakki, bunda operator qo‘llari 90-135° burchakka bukilgan holda ularni bemalol siljita olsin. Boshqarish pedallari operator gavdasining ko‘ndalang o‘qiga yaqin joylashtiriladi (100 mm dan katta bo‘lmagan qiyalikda). Pedallar orasidagi masofa ikkala oyoq uchun 200-400 mm bo‘lishi hamda qulay qilib yasalgan bo‘lishi kerak.
Boshqarish qismlari qo‘l yoki oyoq og‘irligi ostida tasodifan qo‘shilib qolish ehtimolini kamaytirish uchun ular yetarli darajada qarshilikka ega bo‘lishi kerak.
Boshqarish qismlarini harakatga keltirishga sarflanadigan kuch haddan tashqari ko‘p yoki kam bo‘lmasligi lozim, aks holda u operatorning jismoniy toliqishiga yoki harakat aniqligining yo‘qolishiga olib keladi.

Yüklə 65,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin