30
tartibga solinadigan milliy iqtisodiyotning mumkin va zarurligiga ishondi. U
makroiqtisodiy o‘zgaruvchanlarning umumiy miqdordagi miqdoriy aloqalarini -
yalpi investitsiyalar va milliy daromadlarni o‘rganib chiqdi; investitsiya va ish
bilan ta’minlash; milliy daromad, iste’mol va jamg‘arma; muomaladagi jami pul
miqdori, narxlar darajasi, ish haqi, daromad va foizlar. Keyns mavjud bo‘lgan
iqtisodiy tizim ichida hukumat tomonidan nazorat qilinishi yoki boshqarilishi
mumkin bo‘lgan o‘zgaruvchan narsalarni topishga harakat qildi. U tabiatan
mumkin bo‘lgan va iqtisodiy prognozlash uchun zarur bo‘lgan “kutilgan toifalar”
(kutilgan foyda, prognozdagi ishlab chiqarish narxlari, narxlarda kutilayotgan
o‘zgarishlar, pul mablag‘lari, foizlar va boshqalar) dan keng foydalangan.
Shunday qilib, J.M. Keyns ishlab chiqarishning monopolla-shuvi sharoitida
iqtisodiyotni tartibga solishga yo‘naltirilgan va printsipial jihatidan yangi bo‘lgan
moliya nazariyasini ishlab chiq-qan. 1970 yillarga qadar sanoati taraqqiy etgan
ko‘pgina mamla-katlar moliyaviy siyosatining asosini tartibga solish keynscha na-
zariyaning boshlang‘ich nuqtalari tashkil etdi.
Dostları ilə paylaş: