23
yuqoridagi printsiplar, to‘liq bo‘lmasada, burjua davlatlari tomonidan soliq
islohotlarini o‘tkazishda foydalanilgan.
Soliqlarning turli ko‘rinishlarini (egri (bilvosita) soliqlar, ish haqi hisobidan
undiriladigan soliqlar va boshqalar) tah-lil qila turib, A.Smit jamiyatning iqtisodiy
taraqqiyoti nuqtai - nazaridan ularga baho bergan. Iste’mol tovarlariga nisbatan
o‘r-natilgan egri (bilvosita) soliqlar ular bahosining oshishiga olib kelgan. Buning
natijasida ishlab chiqarish xarajatlari o‘s-gan va oxir-oqibatda esa, ularni sotish
kamaygan va iste’mol qi-lish qisqargan. Ish haqidan olinadigan soliqni baholab, bu
so-liqni iqtisodiyot uchun xonavayronlik keltiruvchi deb hisoblagan. Chunki ishchi
daromadining soliqqa tortilishi tadbirkor avans-lashtirilgan kapitalining oshishiga
yoki bozor talabiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishchi kuchi sotib olish qobiliyatining
pasayi-shiga olib keladi.
Shunday qilib, A.Smitning soliq kontseptsiyasi yagona maqsadga –
kapitalning jamg‘arilishini rag‘batlantirish va ishlab chi-qarish kuchlarining
rivojlanishini tezlashtirishga qaratilgan edi.
Dostları ilə paylaş: