Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1.
Davlat moliyasining iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishini tushuntirib
bering.
2.
Davlat moliyasi mamlakat moliya tizimida qanday o‘rin egallaydi, uning
boshqa bo‘g‘inlari bilan qanday munosabatlarga kirishadi?
Mavzu yuzasidan topshiriqlar 1.
Turli iqtisodiy maktab vakillari tomonidan “Davlat moliyasi”
tushunchasiga berilgan ta’riflarni aniqlang, ularning davlat moliyasining
shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq ma’lumotlarini solishtiring.
2.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning
davlat moliyasi orqali qayta taqsimlash nisbatlarini xarakterlovchi ma’lumotlarni
to‘plang, solishtiring va taqsimlash nisbatlarining turlicha bo‘lish sabablarini
tushuntirib bering.
11
2-BOB. DAVLAT MOLIYASINING MOHIYATI VA AHAMIYATI 2.1. Davlat moliyasining mohiyati va ahamiyati Davlat moliyasi davlatning markazlashgan pul daromadlarini shakllantirish
va ulardan o‘z funksiyalarini to‘laqonli bajarish maqsadida turli yo‘nalishlarda
foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar yig‘indisidir. Bu munosabatlarning turli-
tumanligi asosida davlat moliyasining bir qator aniq tashkiliy shakllari shakllanadi.
Bular:
−
davlat byudjeti;
−
davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalari;
−
davlat krediti;
−
davlat korxonalari moliyasi.
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra
davlat moliyasi – davlatning va uning mulkidagi
davlat korxonalarining ixtiyorida moliyaviy resurslarning shakllanishi va
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, jamiyat a’zolarining ortib borayotgan
ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaasi va davlat
boshqaruvini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq
bo‘lgan, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash
asosida sodir bo‘ladigan pul munosabatlari yig‘indisidir.
Davlat moliyasi sohasida sodir bo‘ladigan pul munosabatlarining subyektlari
bo‘lib davlat (hukumatning tegishli organlari timsolida), yuridik shaxslar (korxona
va tashkilotlar timsolida) va jismoniy shaxslar ishtirok etadilar.
Davlat moliyasining iqtisodiy mazmuni bir xilda emas: uning tarkibida
alohida bo‘g‘inlarni ajratib ko‘rsatish mumkin, ularning har biri o‘ziga xos
funksiyalarni bajaradi. Davlat moliyasining tarkibiga quyidagilar kiradi: davlat
byudjeti, davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalari, davlat
krediti,davlat korxonalari moliyasi (2.1-rasm). Har bir bo‘g‘inning turlicha
12
funksional tayinlanishga ega ekanligidan davlat keng miqyosdagi iqtisodiy-ijtimoiy
xizmatlar ko‘rsatadi, tarmoq va hududiy muammolarni hal qiladi.