11
2-BOB. DAVLAT MOLIYASINING MOHIYATI VA AHAMIYATI
2.1. Davlat moliyasining mohiyati va ahamiyati
Davlat moliyasi davlatning markazlashgan pul daromadlarini shakllantirish
va ulardan o‘z funksiyalarini to‘laqonli bajarish maqsadida turli yo‘nalishlarda
foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar yig‘indisidir.
Bu munosabatlarning turli-
tumanligi asosida davlat moliyasining bir qator aniq tashkiliy shakllari shakllanadi.
Bular:
−
davlat byudjeti;
−
davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalari;
−
davlat krediti;
−
davlat korxonalari moliyasi.
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra
davlat moliyasi
– davlatning va uning mulkidagi
davlat korxonalarining ixtiyorida moliyaviy resurslarning shakllanishi va
kengaytirilgan
takror ishlab chiqarish, jamiyat a’zolarining ortib borayotgan
ijtimoiy-madaniy
ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaasi va
davlat
boshqaruvini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq
bo‘lgan, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash
va qayta taqsimlash
asosida sodir bo‘ladigan pul munosabatlari yig‘indisidir.
Davlat moliyasi sohasida sodir bo‘ladigan pul munosabatlarining subyektlari
bo‘lib davlat (hukumatning tegishli organlari timsolida), yuridik shaxslar (korxona
va tashkilotlar timsolida) va jismoniy shaxslar ishtirok etadilar.
Davlat moliyasining iqtisodiy mazmuni bir xilda emas: uning tarkibida
alohida bo‘g‘inlarni ajratib ko‘rsatish mumkin, ularning har biri o‘ziga xos
funksiyalarni bajaradi. Davlat moliyasining tarkibiga quyidagilar kiradi: davlat
byudjeti, davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalari, davlat
krediti,davlat korxonalari moliyasi (2.1-rasm). Har bir bo‘g‘inning
turlicha
12
funksional tayinlanishga ega ekanligidan davlat keng miqyosdagi iqtisodiy-ijtimoiy
xizmatlar ko‘rsatadi, tarmoq va hududiy muammolarni hal qiladi.
Dostları ilə paylaş: