2.3. Davlat moliyasining funksiyalari, ularning davlatning funksiyalari bilan
bog‘liqligi
Har bir mamlakatning normal ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan
rivojlanishi uchun samarali faoliyat qiluvchi davlat zarur. Davlat jamiyatga va
mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish,
iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat qilishi uchun me’yoriy va
institutsional tuzilmalarning qonuniy asoslarini yaratish va shu bilan o‘z
fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, moddiy va boshqa
17
shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi. Shu vazifalardan kelib
chiqqan holda davlatning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat (2.2-rasm):
Davlat yuqorida bayon qilingan o‘z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi,
shuningdek, mamlakat taraqqiyoti-ning har bir bosqichida dolzarb bo‘lgan
strategik maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan
moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o‘z qo‘lida to‘plamog‘i obyektiv
zaruriyatdir. Aynan shu obyektiv zaruriyatning mavjud bo‘lishi
davlat
moliyasining
mavjud bo‘lishini va amal qilishini taqozo etadi.
2.2-rasm. Davlatning asosiy funksiyalari
Moliya tizimi uchun, umuman olganda, quyidagi davlat moliyasini boshqarish
funktsiyalari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi: rejalashtirish, tashkil etish,
rag‘batlantirish, nazorat.
1. Rejalashtirish funktsiyasi maqsadlarni shakllantirish va ularga erishish
yo‘llarini tanlashni o‘z ichiga oladi. Rejalashtirish funktsiyasiga, odatda,
rivojlanish maqsadlari va ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda vaqt jihatidan
cheklangan moliyaviy resurslar hajmini taqsimlash, ularni respublika va mahalliy
byudjetlar o‘rtasida qayta taqsimlash ham kiritiladi. Mazkur funktsiya tegishli
moliya yili va istiqbol uchun byudjetlar, moliyaviy resurslar balanslari, soliqqa
18
tortish tartiblari va boshqalar tuzish orqali amalga oshiriladi.
2. Tashkil etish funktsiyasi byudjet tuzilishi va byudjet tasnifini o‘z ichiga
olib, byudjetni tuzish, tasdiqlash va bajarish tartibini belgilash, vakolatli kredit
muassasalarini tanlash, byudjet jarayonida qonunchilik va ijro hokimiyati organlari
vakolatlarini cheklash, moliya organlarining funktsional bo‘linmalarining huquq va
majburiyatlarini aniqlash zaruratini taqozo etadi. Davlatning byudjet oqimlari va
moliyaviy resurslarini tartibga solish va nazorat qilish ichki tizimini tashkiliy
tuzish jarayoni ushbu jarayonga bog‘liq.
3.
Rag‘batlantirish
funktsiyasi
maqsadlarni
ro‘yobga
chiqarishga
yo‘naltirilgan faoliyatga asoslanadi. Ushbu funktsiya yordamida moliyaviy
faoliyatga ta’sir etuvchi va uning pul mablag‘lariga ehtiyojini hisobga oluvchi
omillar tushuntiriladi. Moliyaning taktik va strategik jihatlari bo‘yicha qaror qabul
qilish jarayonida xodimlarning xulq-atvorini belgilovchi omillar muhim o‘rin
tutadi.
4. Nazorat funktsiyasi belgilangan maqsadlarni amalga oshirishga
ko‘maklashishni anglatadi. Bu natijalarni baholash etaloni, mezoni hisoblanuvchi
norma va normativlar ishlab chiqish, erishilgan yutuqlarni belgilangan maqsadlar
va o‘rnatilgan mezonlar bilan solishtirish, moliyaviy faoliyat shart-sharoitlari va
omillariga zaruriy o‘zgartirishlar kiritishni ta’minlash kabilarni o‘z ichiga oladi.
Davlat moliyasining real pul aylanmasini tartibga solish bilan bog‘liq
funktsiyalari:
1. Davlat moliyasining taqsimot funktsiyasi shundan iboratki, qayta yaratilgan
qiymatni taqsimlash va qayta taqsimlash orqali umumdavlat ehtiyojlari
ta’minlanadi, iqtisodiyotning ijtimoiy sektorini moliyalashtirish manbalari
shakllanadi, yagona byudjet tizimi doirasida byudjetlar va byudjetdan tashqari
fondlar balanslashtirilganligiga erishiladi.
Davlat moliyasi moliya resurslarini markazlashgan fondlar tizimi orqali qayta
taqsimlash asosida ishlaydi. Ushbu funktsiya yordamida ular alohida tarkibiy
tuzilmalar doirasida bo‘lgani kabi, umumdavlat miqyosidagi ishlab chiqarish
19
jarayonlariga xizmat qiladi.
Taqsimot funktsiyasi shundan iboratki, qayta yaratilgan qiymat byudjet,
banklar, kontragentlar oldida korxonalarning moliyaviy majburiyatlarini bajarish
maqsadida taqsimlanishi lozim. Uning natijasi markazlashgan pul mablag‘lari
fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, iqtisodiyotning noishlab chiqarish
sohasini ta’minlash sanaladi.
Moliyaning taqsimot funktsiyasini amalga oshirishning asosiy ob’ektlari
byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga majburiy to‘lovlar, shuningdek,
byudjet defitsitini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi. Turli darajadagi
byudjetlar o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash jarayoni alohida o‘rin tutadi.
2. Davlat moliyasining
nazorat funktsiyasi davlatning
o‘zi ham
qatnashayotgan real pul aylanmasida, markazlashgan pul mablag‘lari fondlari
shakllanishida nazoratni amalga oshirishdan iborat. Nazoratning ikki shakli
mavjud: moliyaviy ko‘rsatkichlar, to‘lovlar va hisob-kitoblardagi o‘zgarishlar
ustidan nazorat; moliya strategiyasi amalga oshirilishini nazorat qilish.
Birinchi holda majburiy yoki ogohlantiruvchi xarakterdagi choralarni
qo‘llovchi sanktsiyalar va rag‘batlantirish tizimlari qo‘llaniladi. Ikkinchi holda gap
uzoq muddatli moliya siyosatini amalga oshirish haqida borib, bunda asosiy e’tibor
o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra olish va ularga moliyalashtirish tartibi va shartlarini
moslashtirishga
qaratiladi.
Moliya
tizimidagi
muntazam
o‘zgarishlar,
yangilanishlar bunga hukumatning barcha bo‘g‘inlaridan mutanosib javobni taqozo
etadi.
Moliyaning nazorat funktsiyasi doimo aniq namoyon bo‘ladi. U muayyan
darajadagi byudjetga, byudjetdan tashqari fondga, korxona yoki muassasa va
boshqalarga yo‘naltirilishi mumkin.
Davlat moliyasining nazorat funktsiyasi quyidagi asosiy yo‘nalishlarda
amalga oshiriladi: 1) markazlashgan fondlarga mablag‘lar to‘g‘ri va o‘z vaqtida
o‘tkazilishi ustidan nazorat; 2) iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlarini
hisobga olgan holda pul mablag‘larining markazlashgan fondlarining belgilangan
20
parametrlarga rioya etishi ustidan nazorat; 3) moliyaviy resurslardan maqsadli va
samarali foydalanish ustidan nazorat.
Moliyaviy resurslarning maqsadli va samarali ishlatilishi pul fondlarining
shakllanishi va sarflanishiga doir tuziladigan rejali va hisobot smetalari asosida
nazorat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |