9
maqsad va vazifalarni amalga oshirishi uchun mamlakatda
yaratilgan moliyaviy
resurslarning ma’lum bir qismini o‘z qo‘lida to‘plamog‘i obyektiv zaruriyatdir.
Aynan shu obyektiv zaruriyatning mavjud bo‘lishi
davlat moliyasining
mavjud
bo‘lishini va amal qilishini taqozo etadi.
1.3. “Davlat moliyasi” fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
“Davlat moliyasi” fani asosiy ixtisoslik fani bo‘lib hisoblanadi. Dasturni
amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik
va tabiiy-ilmiy fanlar,
umumkasbiy fanlar va ixtisoslik fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega
bo‘lishni talab etadi.
Davlat moliyasining asosiy bosqichi bo‘lgan byudjet ijrosida va pul
mablag‘laridan samaral ifoydalanishni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Davlatning
funktsiya va vazifalari ijrosini mablag‘ bilan ta’minlashda davlat moliyasi
tarkibiga kiruvchi byudjetlar daromadlar qismini to‘liq va o‘z
vaqtida
shakllantirish, shakllantirilgan pul fondidan samarali foydalanishga erishish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuning uchun davlat moliyasiga alohida e’tibor qaratiladi. Iqtisodiyotning
erkinlashuvi sharoitida davlat moliya tizimidagi islohotlar, ya’ni
davlat byudjeti
g‘azna ijrosining joriy etilishi byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli
foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Talabalarning “Davlat moliyasi” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning
ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi
informatsion-pedagogik
texnologiyalarni
tadbiq
etish
muhim
ahamiyatga
egadir.
Fanni
o‘zlashtirishdadarslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma
materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy mashg‘ulot
darslarida mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
Shuningdek, fanni o‘zlashtirish jarayonida kompyuter texnikasidan foydalangan
holda byudjet ijrosining amalga oshirilishi jarayoni bilan bog‘liq kompyuter
10
dasturlari bilan tanishadilar. Fanning ba’zi mavzularini
yoritishda audio va
videotexnikadan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: