Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

 
 
UO‘K: 
KBK: 
ISBN 
©B. Nurmuхamedova, Sh. Xamdamov, 2020 
©“IQTISOD-MOLIYA”, 2020 



 
KIRISH
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim 
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli, 2017-
yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda 
iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli, 2018-yil 4-iyundagi “2018/2019-o‘quv 
yilida O‘zbekiston Rspublikasining Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishgan qabul 
qilish to‘g‘risida”gi PQ-3769-sonli, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasa-
larida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng 
qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlarida va O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Devonining 2018-yil 4-apreldagi 5002-xx-sonli topshirig‘ida belgilan-
gan talablar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining shu mazmundagi tegishli 
buyruqlarida belgilangan vazifalar ichida oliy ta’lim yo‘nalish(mutaxassislik)lari 
o‘quv rejalari fanlariningo‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirib borish alohida 
o‘rin tutadi. Fanlarningo‘quv-uslubiy ta’minotining asosini avvalo ushbu 
fanlarning o‘quv dasturlari asosida tayyorlanadigan darslik va o‘quv qo‘llanmalari 
tashkil etadi va fanlarni o‘zlashtirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Yangi 
avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish konsepsiyasi talablariga ko‘ra, o‘quv-uslubiy 
ta’minot materiallari mazmunan va uslubiy jihatdan tizimlashgan bo‘lishi, tarkibiy 
komponentlarining o‘zaro uzviyligi ta’minlanishi hamda ta’lim oluvchi o‘z 
qobiliyatini namoyish etishiga yordam berishi zarur.
 
Davlatning qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish 
ma’lum moliyaviy asosni talab etadi. Bu borada davlat moliyasini boshqarish 
tizimidagi islohotlar doirasida amalga oshirilayotgan qator chora-tadbirlar, davlat 
moliyasning mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallab 
turganligidan dalolat beradi. Shu ma’noda etiboringizga taqdim etilayotgan 
darslikda davlat moliya munosabatlarini tashkil qilishning huquqiy asoslari, davlat 



moliyasini boshqarish, tartibga solish masalalari, davlat byudjeti daromadlari va 
xarajatlari tizimi, davlat moliyasining holatlari va byudjet taqchilligi, turli soha va 
tarmoqlardagi davlat korxonalarini tashkil qilish asoslari, shuningdek, davlat 
moliyaviy nazoratini tashkil qilish masalalari fanning o‘quv dasturiga kirgan 
mavzular doirasida bayon qilingan. 
Oliy ta’limning “Moliya”, “Kasb ta’limi” (“Moliya”), “Korporativ moliya” 
kabi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining talabalari uchun mo‘ljallangan ushbu 
o‘quv adabiyotining davlat moliyasi bo‘yicha nazariy bilimlarni egallashlarida 
boshqa ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talabalarga ham ishonchli yordamchi 
bo‘ladi hamda oliy ta’lim tizimi professor-o‘qituvchilari uchun dasturul amal 
bo‘lib xizmat qiladi, deb umid bildiramiz.
Darslikning yaratilishiga hissa qo‘shgan barcha professor-o‘qituvchilarga 
hamda taqrizchilar – i.f.d., prof. T.Malikov va DSc, prof. D.Po‘latovga o‘z 
minnatdorchiligimizni bildiramiz, shuningdek, darslikning shakli va mazmunini 
yaxshilashga qaratilgan taklif va tavsiyalarni mamnuniyat bilan qabul qilamiz. 




Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin