14
qaror qabul qilish vaqtida ham, uni bajarish jarayonini nazorat qilishda ham
muhimdir. Ushbu axborotlar tezkor
va statistik hisobotlarda, shartnoma va
bitimlarda, hisoblashish hujjatlari va boshqalarda mujassam bo‘ladi.
Davlat moliyasi aniq maqsadli yo‘nalishga ega. Ular jamiyatning alohida
qatlamlarining muayyan ijtimoiy-siyosiy manfaatlariga ta’sir qiladi. Biroq o‘zining
barcha jihatlariga ko‘ra ular davlat va mahalliy vazifalarni hal etishga
yo‘naltirilgan.
O‘tgan ming yillar davomida inson tafakkuri insonning yashash maqsadi va
riqojlanish tendentsiyalari bo‘yicha nazariyalar turlicha bo‘lgan. Ma’lum bir
shaxslar taraqqiyotni umumiy jamiyatda, boshqalari
kommunizmda yan kimlardir
narigi dunyo masalalarida va boshqalarda ko‘rgan. Jamiyat rivojlanishining va
inson taraqqiyotining bugungi bosqichida ma’lum buldiki, inson hayotining
mohiyati borliqda,taraqqiyotda va takror ishlab chiqarishga bog‘liqdir.
D. Karnegin aytganidek, har bir normal shaxs sog‘lom bo‘lishni, oziqlanishni,
uyqu va dam olishni, pul va pulga sotib olinadigan predmetlarni, narigi dunyodagi
yaxshi hayotni, his-tuyg‘ularni, o‘z farzandlarining muvaffaqiyatlarini, o‘zining
kerakli inson sifatida his etishni va boshqalarni istaydi.
Har bir shaxs (bola va katta yoshdagi shaxs, ayol va erkak, boy va kambag‘al,
bog‘bon va prezident) ob’ektiv ravishda beshta guruhga bo‘linganehteyojga ega
bo‘ladi:
1.
Moddiy ehtiyoj(oziq-ovqat, kiym-kechak, uy-joy, muhit);
2.
Sensor ehtiyoj (his-tuyg‘u, turmush qurish);
3.
Taraqqiyot ehtiyoji (o‘qish, o‘rganish)
4.
Ma’naviy va madaniy ehtiyojlar (kino, san’at, adabiyot)
5.
Ijtimoiy ehtiyojlar (o‘zini anglash, boylik, boshqaruvchilik)
Ehtiyojlar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning xususiyatlari, va jamiyat
taraqqiyotiga qarab o‘zgarib turadi va har doim mavjud bo‘ladi.
Ehtiyojlar
shaxsning fiziologik organizm sifatida mavjud bo‘lishini, inson shajarasining
15
mavjud bo‘lishini, o‘rab turgan ijtimoiy muhitda o‘zini anglashni va takomillashib
borishini ta’minlaydi.
Inson ehtiyojining asosiy qismi, ayniqsa fiziologik qismi individual ravishda
hayot boyliklarini (oziq-ovqat, uy-joy va boshqalar) mustaqil o‘zlashtirish asosida
qanoatlantiriladi. Shuningdek, birlamchi ehtiyojga ega bo‘lgan shunday ehtiyojlar
borki, ular:
-
birinchidan, har bir shaxsga birdek zarur,
-
ikkinchidan, bajarilishi shart bo‘lgan,
-
uchinchidan, ma’lum bir to‘lovlarni talab etadi.
Ularga avvalo insonning yashash huquqi kiradi. Albatta ushbu ehtiyoj ma’lum
bir subyektlar va organlar orqali tartibga solinadi. Ushbu xizmatlar avvalo ma’lum
bir to‘lovlarni talab etadi. Boshqa tomondan olib qaralganda
inson dunyoga xech
kanday boyliksiz va xech nimasiz keladi. Bozor munosabatlari sharoitida pul
barcha tovar va xizmatlar uchun umumiy ekvivalent hisoblanadi. Bu sharoitda
inson uchun asosiy faoliyat ko‘proq pul topish ilinji yotadi. Pul miqdori kanchalik
ko‘p bo‘lsa, inson ehtiyoji shuncha ko‘p va to‘liqroq qoplanishiga yordam beradi
va uning prestiji ortib boradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida fuqarolar va jamiyat himoyasi, huquq tartibotni
ta’minlash davlatning mavjud bo‘lishini talab etadi. Bundan esa, pul mablag‘larini
shakllantirish va ularni sarf etish barcha iqtisodiy subyektlar: shaxs,
jamoa va
davlatning asosiy, ob’ektiv va birinchi darajali vazifasiga aylanib boradi.
Davlat moliyaviy resurslarini mavjud bo‘lishining eng muhim ob’ektiv
omillaridan biri – bu davlatni o‘z funktsiyalarini amalga oshirish uchun muayyan
miqdorda moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqadi. Davlat
ixtiyoriga kelib tushadigan va ijtimoiy xizmatlar uchun sarflanadigan moliyaviy
resurslar asosan quyidagi yo‘llar bilan: soliqlar, bojxona va davlat bojlari, maqsadli
jamg‘armalar, xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar, yer osti tabiiy boyliklarini
realizatsiyasidan
tushgan
mablag‘lar
va
boshqalardan
shakllanadi.
Markazlashtirilgan moliyaviy resurslar asosan davlat byudjetida mujassam bo‘ladi.
16
Shuni ta’kidlash lozimki, jamiyat iqtisodiy hayotida oborotda bo‘ladigan
moliyaviy resurslar ikki xil tartibda – byudjet tizimi va xo‘jalik yurituvchi
subyektlar (shu jumladan aholi) orqali harakatda bo‘ladi.
Byudjet tizimida
oborotda bo‘ladigan moliyaviy resurslar tabiatan ikkilamchi moliyaviy resurslar
hisoblanib, ular milliy daromadni qayta taqsimlanishidan yuzaga keladi. Shu
jihatidan ham ularni ikkilamchi moliyaviy resurslar deb atash mumkin.
Davlat moliyasi davlatni iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funktsiyalarni bajarish
uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan davlat
moliya tizimining muhim sohasidir. Iqtisodiy funktsiyasi jihatidan davlat moliyasi
– bu ijtimoiy mahsulot qiymati va milliy boylik qismini taqsimlash va qayta
taqsimlash bo‘yicha pul munosabatlaridir. Mazkur pul
munosabatlari quyidagilar
bilan bog‘liq:
1) davlat va uning korxonalari tasarrufida moliyaviy resurslarni shakllantirish
bilan;
2) davlat mablag‘larini ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlari uchun
sarflash;
3) o‘sib borayotgan ijtimoiy va madaniy ehtiyojlar, davlat mudofaasi,
boshqaruv ehtiyojlarini qondirish bilan.
Dostları ilə paylaş: