13
moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlashga oid iqtisodiy munosabatlarni
ifodalaydi. Ularning faoliyati ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning
umumiy maqsadlariga erishishga qaratilgan
2
.
Davlat moliyasi – makroiqtisodiy tartibga solishning kuchli dastagidir. Ushbu
instrumentdan mohirona foydalangan holda davlat iqtisodiy o‘sish sur’atlarini
tartibga solish, pul birligi
barqarorligini saqlab turish, ssuda foizlari darajasini
tartibga solish, kon’yunktur tebranishlarni silliqlash kabi turli vazifalarni hal qilishi
mumkin. Ushbu bo‘limda biz davlat moliyasining mohiyati,
tushunchalari va
asosiy tarkibiy qismlarini ko‘rib chiqamiz.
Davlat moliyasi – bu moliyaviy resurslarning markazlashgan fondlarini
shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq holda real pul
aylanmasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar
majmuidir
3
.
Davlat moliyasi – bu davlat faoliyatining asosidir, faqat etarli miqdordagi
mablag‘larni tasarruf etgan holdagina davlat ijtimoiy
siyosatni amalga oshirishi,
iqtisodiyotning alohida tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashi, ilmiy tadqiqotlar
o‘tkazishi yoki mudofaani ta’minlashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: