6
Davlat moliyasining mazmuni bevosita davlatning ijtimoiy-iqtisodiy
funksiya va majburiyatlaridan kelib chiqadi. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati
tadbirlarini, ijtimoiy soha va tarmoqlarni moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlashda
davlat moliyaviy resurslari asosiy moliyaviy manba bo‘lib xizmat qiladi. Davlat
moliyasini boshqarish va taribga solishda, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda, har
bir davrning ustuvor taraqqiyot vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda davlatning
boshqa iqtisodiy dastaklari qatori, davlat moliyasi ham muhim ahamiyat kasb
etadi, bu vazifalarning samarali ijrosi davlat moliyasi amal qilishining tegishli
mexanizmlarini ishlab chiqish va amalda qo‘llash bilan ta’minlanadi.
“Davlat moliyasi” fanini o‘zlashtirish uchun o‘qitishning ilg‘or va zamona-
viy usullaridan foydalanish, yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish
muhim ahamiyatga ega. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy
qo‘llanmalar, ma’ruza
matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar,
keyslardan foydalaniladi.
Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda o‘qitishning interaktiv usullari(vizual,
muammoli, mualliflik ma’ruzalari, ikki tomonlama tahlil, insert, klasster, “Venn
diagrammasi” va boshqalar)dan foydalaniladi. Fan o‘qituvchisi tomonidan peda-
gogik va modulli texnologiya tamoyillari asosida “Davlat moliyasi” fani o‘quv
mashg‘ulotlarining loyihalari ishlab chiqiladi. Amaliy mashg‘ulotlarda muammoni
jamoaviy tarzda hal etishning usullari va vositalari: aqliy hujum, bahs, muzoka-
ralar, pinbord texnikasi, keys-stadi (muammoli vaziyat hosil qilib,
uni yechishni
o‘rganish) kabi usullar qo‘llaniladi.
Shuningdek, fanning amaliy mashgulotlarida kompyuter dasturlaridan
(Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint, UzASBO), slaydlardan, multimedia
ta’lim vositalaridan, Internet sahifalari va tizimlaridan hamda davlat moliyasini
boshqarish tizimida qo‘llaniladigan dasturiy mahsulotlardan foydalanish tavsiya
etiladi. Ushbu fanni o‘zlashtirishda talabalarga mavjud o‘quv adabiyotlaridan,
elektron darslik, testlar majmuasi va boshqa manbalardan foydalanish ham tavsiya
etiladi.
7
“Davlat moliyasi” fanining predmetini davlatning markazlashgan pul
fondlari va boshqa markazlashgan moliyaviy
resurslarining shakllanishi,
taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy va
moliyaviy munosabatlar tashkil qiladi.
Fanni o‘qitishdan maqsad– kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-
mutaxassislar bo‘lib yetishadigan talabalarda davlat moliya tizimining tuzilishi va
faoliyati yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish va ularni amaliyotga
tatbiq etishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy
ko‘nikmalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy
dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi
talablar qo‘yiladi.
Talaba:
−
davlat moliyasining mohiyati,
uning zarurligi, davlat moliyasi tizimi,
davlat moliyasi nazariyalari, davlat moliya siyosatining mazmuni, vazifalari,
rivojlanish bosqichlari, davlat moliyasi tizimini boshqarish va tartibga solish
asoslari, davlat byudjetini, davlat maqsadli jamg‘armalarini shakllantirish, ular
mablag‘laridan foydalanishni tashkil etish shakllari haqida
tasavvurga ega
bo‘lishi;
−
davlat moliyasi rivojlanishining
qonuniyatlarini, davlat moliyasi holatini
baholash va tahlil qilishni, davlat moliyasi rivojlanishi istiqbolini belgilash
asoslarini, O‘zbekiston Respublikasining moliya qonunchiligi asoslarini, davlat
moliyasining asosini tashkil etuvchi barcha darajadagi byudjetlar ijrosini tashkil
etish nazariyasi va amaliyotini, davlat moliyasini tashkil etish tamoyillarini
bilishi
va ulardan foydalana olishi;
−
davlat moliyasi ko‘rsatkichlarining prognoz hisob-kitobini tuzish, ularni
tahlil etish, davlat moliyaviy nazorati,
davlat kreditini boshqarish, mahalliy
moliyani tashkil etish, byudjet tizimi byudjetlari faoliyatini tartibga solish,
8
ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni davlat tomonidan moliyalashtirish va ijro
ko‘rsatkichlarini tahlil etish bo‘yicha
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
−
davlat moliyasi tizimidagi hisobotlarni tuzish va tahlil etish, ijro
natijalarini hisob-kitob qilish, davlat moliyasi tizimida axborot tizimlaridan
foydalanish, davlat moliyasi amaliyotiga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlardan
maqsadga muvofiq foydalanish, davlat moliyasining
rivojlanish qonuniyatlarini
aniqlash maqsadida ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish bo‘yicha
malakalarga ega
bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: