21
3-BOB. DAVLAT MOLIYASI TO‘G‘RISIDAGI NAZARIYALAR
3.1.
Turli davr va iqtisodiy maktablar namoyandalarining davlat moliyasiga
oid nazariyalari
Jamiyat
taraqqiyotining
turli
bosqichlarida
markazlashtirilgan
va
markazlashtirilmagan
pul
fondlarining
shakllantirilishi,
taqsimlanishi
va
foydalanilishiga oid iqtisodiy munosabatlarni o‘rgangan moliya fani iqtisodchi-
olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar ta’sirida shakllandi. Ular
tomonidan yaratilgan moliyaviy nazariyalar jamiyatning
haqiqiy ehtiyojlari
tomonidan tekshirildi hamda agar ular davlat va aholi uchun amaliy tavsiyalarga
ega bo‘lgan va hodisalarning haqiqiy mohiyatini o‘zida aks ettirgan bo‘lsa, fan
sifatida e’tirof etildi. Shu munosabat bilan moliya sohasida ilmiy bilimlarni
shakllan-tirishga yordam beradigan moliyaning turli nazariyalarini o‘rganish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodchi-olimlar tomonidan moliyaga oid ishlab chiqilgan nazariy
qarashlar moliyaviy qonunchilik va davlat fiskal siyosa-tining asosida yotadi.
Xorijiy iqtisodchilar moliyaga oid nazariyalarining
birin-chi guruhi siyosiy
iqtisod
mumtozlarining
kontseptsiyalari
bilan
izohlanadi.
Kapitalistik
taraqqiyotning dastlabki bosqichi-dayoq barcha iqtisodiy nazariyalarda moliyaviy
kontseptsiyalar alo-hida o‘ringa ega bo‘lgan. Davlat xarajatlari, soliqlar, kredit va
byudjetning iqtisodiyotga ta’siri masalalari siyosiy iqtisod klassiklari (Buyuk
Britaniyada – U.Petti, A.Smit va D.Rikardo, Frantsiyada – P.Baugilber) tomonidan
tadqiq qilingan.
Moliya fanining asoschisi A.Smit (1723-1790 yillar) o‘zi-ning “Xalqlar
boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqi-qot” deb nomlangan fundamental
asarida davlat moliyasining mo-hiyati to‘g‘risida ayrim g‘oyalarni ishlab chiqdiki,
ular mehnatning unumli va unumsizligi to‘g‘risidagi ta’limotga (bu ta’limot
A.Smitniki)
asoslangan
edi.
Uning
aniqlashicha,
bevosita
kapi-talga
22
almashtiriladigan mehnat unumli, unumsiz mehnat esa daro-madga, ya’ni ish haqi
va foydaga almashtiriladigan mehnatdir. Ana shu nazariy qarashlardan kelib
chiqqan holda A.Smit (va undan so‘ng D.Rikardo) moliyaviy kategoriyalarga
(davlatning daromadla-ri va xarajatlariga) tavsifnoma bergan. U soliqlar hisobidan
olingan davlat daromadlari barchasining yoki deyarli
barchasining unumsiz
sarflanishini isbotlagan. Shuning uchun ham, davlat xara-jatlari kapitalning
jamg‘arilishi va milliy daromadning o‘sishi imkoniyatlarini qisqartiradi. Ana
shundan uning soliqlarga nis-batan salbiy munosabati kelib chiqqan. A.Smit,
yaratilgan qiymatni unumsiz sarflaydigan va shu munosabat bilan ishlab chiqarish
kuchlarining rivojlanishiga to‘siq bo‘luvchi davlatning xara-jatlarini qisqartirish
kerak, degan xulosaga keladi.
A.Smit davlat xarajatlari siyosatini tanqid qilgan bo‘lsa-da, ular ma’lum bir
qismi bo‘lishining zarurligini e’tirof et-gan.
Chunki ana shu qism ishlab
chiqarishning umumiy shart-sharoitlarini himoya qilishga qaratilgan bo‘ladi. Uning
nazariyasida so-liqlar nazariyasiga katta o‘rin berilgan. U soliqqa tortishni maq-
sadga muvofiq ravishda tashkil qilishning quyidagi to‘rt asosiy printsiplarini
ifodalagan:
-
soliqlar ularni to‘lovchilarning salohiyati va kuchiga muvofiq to‘lanishi
kerak;
-
soliqlarning miqdori va ularni to‘lash muddatlari aniq belgilangan bo‘lmog‘i
lozim;
-
soliqlarni undirilish vaqti soliq to‘lovchi uchun qulay bo‘lmog‘i zarur;
-
soliqlarni
undirishda
ularni
undirish
xarajatlarining
minimalligini
ta’minlamoq kerak.
Tarixiy jihatdan bu printsiplar tug‘ilib kelayotgan burjuaziyaning
ehtiyojlarini aks ettirgan va feodal jamiyatning asosiy sotsial guruhlari bo‘lgan
bo‘lgan
zodagonlar hamda ruhoniylarga, feodal davlatning soliqlar bo‘yicha
boshboshdoqligiga qarshi yo‘-naltirilgan edi. A.Smit tomonidan ishlab chiqilgan
23
yuqoridagi printsiplar, to‘liq bo‘lmasada, burjua davlatlari tomonidan soliq
islohotlarini o‘tkazishda foydalanilgan.
Soliqlarning turli ko‘rinishlarini (egri (bilvosita) soliqlar, ish haqi hisobidan
undiriladigan soliqlar va boshqalar) tah-lil qila turib, A.Smit jamiyatning iqtisodiy
taraqqiyoti nuqtai - nazaridan ularga baho bergan. Iste’mol
tovarlariga nisbatan
o‘r-natilgan egri (bilvosita) soliqlar ular bahosining oshishiga olib kelgan. Buning
natijasida ishlab chiqarish xarajatlari o‘s-gan va oxir-oqibatda esa, ularni sotish
kamaygan va iste’mol qi-lish qisqargan. Ish haqidan olinadigan soliqni baholab, bu
so-liqni iqtisodiyot uchun xonavayronlik keltiruvchi deb hisoblagan. Chunki ishchi
daromadining soliqqa tortilishi tadbirkor avans-lashtirilgan kapitalining oshishiga
yoki bozor talabiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishchi kuchi sotib olish qobiliyatining
pasayi-shiga olib keladi.
Shunday qilib, A.Smitning soliq kontseptsiyasi yagona maqsadga –
kapitalning jamg‘arilishini rag‘batlantirish va ishlab
chi-qarish kuchlarining
rivojlanishini tezlashtirishga qaratilgan edi.
Dostları ilə paylaş: