Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

 
3.2.
 
Siyosiy iqtisod klassiklari konsepsiyalarining moliyaviy jihatlari 
Asosan, xuddi shunday qarashlarni D.Rikardo (1772-1823) ham o‘zining 
“Siyosiy iqtisod va soliqqa tortishning boshlanishi” asarida himoya qilgan. 
Mehnatning qiymat nazariyasidan kelib chiqqan holda, barcha soliqlar so‘zsiz 
ravishda yo kapitalga, yoki daromadga ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblagan. Agar 
soliqlar kapitaldan undirilsa, unumli mehnatni saqlashga mo‘ljallangan fond 
qisqaradi. Soliqlar daromaddan olinganda esa, kapitalning jam-g‘arilishi qisqaradi 
yoki soliq to‘lovchining iste’moli kamayadi. Birinchi ehtiyoj predmetlaridan 
olinadigan soliqlar ular baho-sining o‘sishiga sabab bo‘lib, ular iste’mol qiladigan 
tovarlar-ning miqdoriga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan proportsiyalarda iste’-
molchining gardaniga yuklanadi. D.Rikardoning fikricha, tovarlar va ish haqidan 


24 
undiriladigan har qanday soliqlar, bir xil darajada bo‘lmasada, ish haqining 
oshishiga va foydaning kamayishiga olib keladi. 
Yuqorida bayon qilinganlarni inobatga olgan holda, “soliqlar buyuk 
zulmdir” degan xulosaga kelgan. Soliqqa tortishning o‘sishi yoki hukumat 
xarajatlarining ortishi bilan xalqning iste’moli pasayadi va bu narsa, oxiroqibatda, 
ishlab chiqarishda o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham, hukumatning vazifasi 
kapitalning jamg‘arilishini rag‘batlantirishdir. Mamlakatning kelgusi ishlab 
chiqarishini qisqartirmaslik uchun hukumat foydani soliqqa tortmasligi kerak. 
Klassik burjua siyosiy iqtisodi (A.Smit, D.Rikardo va ularning izdoshlari) 
davlat xarajatlari va soliqlarga nisbatan rasmiy iqtisodiy siyosatning 
kontseptsiyasini, ko‘p jihatdan, aniqlab bergan edi. XVIII asrning oxiri va XIX 
asrning boshlarida ilg‘or mamlakatlarning moliyaviy siyosati, yangi sinf – 
burjuaziyaning manfaatlarini ifoda etib, mamlakatning xo‘jalik hayotiga dav-
latning aralashmasligi printsipini e’lon qilgan edi. Buning oqibatida davlat 
xarajatlari va foydani soliqqa tortish biroz qisqardi. 
XIX asrda ishlab chiqarishning yuqori sur’atlarda rivojlanishi mehnat va 
kapital o‘rtasidagi ziddiyatlarning keskinlashu-viga olib keldi. Xuddi shu davrning 
o‘zida turli sotsial guruhlarning manfaatlarini hisobga olgan holda o‘z siyosatini 
o‘zgarti-rishga hukumatni chaqiruvchi iqtisodchilarning tovushlari eshitila 
boshlandi. 
Ingliz olimi J.S. Mill (1806-1873) mamlakatda sotsial keskinlashuvni 
yumshatish maqsadida daromadlarni taqsimlash sohasida o‘zgartirishlar kiritish 
taklifi bilan maydonga chiqdi. Boylikni nisbatan tekisroq taqsimlash uchun u 
tomonidan oqilona soliq tizimining yangi printsiplari ishlab chiqildi. Hayot kechi-
rish uchun zarur sanalgan daromadga teng bo‘lgan daromadlarni soliqqa tortishda 
soliqqa tortilmaydigan minimumni joriy etish g‘oyasi aynan unga tegishlidir. 
J.S.Mill “xizmatlarning soliq nazariyasi”ni ishlab chiqdiki, unga muvofiq 
ravishda har bir shaxs davlatdan olinadigan qo‘llab-quvvatlashlar uchun o‘z 
daromadlarining bir qismini davlatga berishi kerak. U soliqlar va davlat xarajatlari 


25 
o‘rtasida bog‘liqlikni o‘rnatib, soliqlarni davlat xarajatlari bilan uzviy ravishda 
bog‘lagan. 
Bu holatlar keyinroq shved iqtisodchilari K.Viksel va E.Lindal tomonidan 
yanada rivojlantirildi. Bizning davrimiz-da esa bu nazariya amerikalik iqtisodchi-
olim P.Samuelson qa-rashlarining shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. U, soliqlar-
ning o‘sishi davlat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi bilan kuzatilishi kerak, 
deb hisobladi. 
Shveytsariyalik iqtisodchi J.Sismondi (1773-1842 yillar) rivojlangan 
davlatlarning moliyaviy siyosatini tanqid qilib, mayda tovar xo‘jaliklarini himoya 
qilgan. Uning chiqishlari, asosan, protektsionizm siyosatiga (masalan, donni 
import qilish bo‘yicha ingliz yuqori bojxona bojlari) qarshi qaratilgan bo‘lib, 
bunday siyosatni u «millatga ziyon etkazuvchi siyosat» deb hisobladi. Ishlab 
chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun tegishli sharoitni yaratish borasidagi 
protektsionizm siyosatining ijobiy tomonlarini ko‘ra olmasdan, mamlakat 
iqtisodiyotida uzluksiz ra-vishda katta ahamiyat kasb etib borayotgan o‘sib 
boruvchi yirik kapitalning ahamiyatini etarlicha baholay olmadi. 
Yangi tarixiy maktab kontseptsiyalari. 1870-yillarda yangi tarixiy maktab 
paydo bo‘ldiki, uning boshlanishi nemis olimlarining (G.Shmoller, M.Veber, 
A.Vagner va boshqalar) nomlari bilan bog‘liq. Davlat moliyasini tadqiq qilish 
bilan ko‘proq A.Vagner shug‘ullanib, u davlatning yordami bilan kapitalni 
jamg‘arishning o‘z echimini taklif etdi. Davlat faoliyatining (ma’muriy, sotsial-
madaniy va investitsion) ko‘lamini kengaytirish nuqtai nazaridan muammoni hal 
etishga yondashib, u soliqqa tortishning to‘qqiz printsipini ishlab chiqdi va ularni 
quyidagi guruhlarga birlashtirdi: 
-
etarlilik va harakatchanlik; 
-
kerak bo‘ladigan manba va ob’ektni tanlash; 
-
eng umumiylik va tenglik; 
-
aniqlik, qulaylik, arzonlik. 


26 
Mohiyat jihatidan u A.Smitning ma’lum va mashhur printsiplarini to‘ldirdi. 
Klassik burjua siyosiy iqtisodidan so‘ng A.Vagner, mamlakatda boylik va 
daromadlarni adolatli taqsim-lashga erishish uchun davlat moliyadan foydalanishi 
mumkin deb hisobladi. 
Moliyaviy muammolar – markschilar asarlarida. XIX asr-ning o‘rtalaridan 
uning oxirigacha moliya fani marksistik ta’li-motning ta’siri ostida bo‘ldi. 
Kapitalizm sharoitida moliyaning mohiyati, ayrim moliyaviy kategoriyalarning 
ahamiyati K.Marks (1813-1883 yillar) va F.Engels (1820-1895 yillar) tomonidan 
ishlab chiqildi. Albatta, davlat moliyasi masalalariga bag‘ishlangan maxsus katta 
ishlar ularda bo‘lmasada, shunday bo‘lishiga qaramasdan kapitalizmning juda ko‘p 
moliyaviy muammolari ularning qator asosiy asarlarida, jumladan: “Siyosiy iqtisod 
tanqidi”, “Kapital” nomli asarlarida va XIX asrning o‘rtalaridagi ingliz byudjetlari, 
1840 yillardagi pruss va frantsuz byudjetlarining tavsifiga bag‘ishlangan ko‘p sonli 
maqolalarida o‘z aksini topdi. K.Marks monopolistik kapitalizmgacha bo‘lgan 
davrdagi davlat byudjetlarining sinfiy xususiyatini, davlat xarajatlarining unumsiz, 
xalqqa qarshi xususiyatini ochib berdi va davlat qarzlarining soliqlar bilan 
bog‘langanligini ko‘rsatdi. 
Kapitalning dastlabki jamg‘arilish metodlarini tadqiq qilib, ularning safiga 
birinchi navbatda, moliyaviy metodlar sifatida davlat xarajatlari, davlat krediti va 
soliq tizimini kiritdi. Uning fikricha, aynan ana shu metodlar kapital 
jamg‘arilishining yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minladi, kapitalistik ishlab 
chiqarishning shiddatli rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoitlarni yaratdi. 
K.Marks va F.Engels eng muhim moliyaviy kategoriya hisoblangan 
soliqlarga jiddiy e’tibor berishdi. Ularning mohiyatini o‘rganib, soliqlar barcha 
mehnatkashlar uchun qo‘shimcha ekspluata-tsiya qilishning quroli ekanligini 
doimiy ravishda ta’kidlab keldilar. Soliqqa tortishni baholashda K.Marks 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri (be-vosita) soliqlarga, eng avvalo, daromad solig‘iga ustuvorlik 
bilan ahamiyat berdi va soliqqa tortish progressiv shakllarining himoyachisi 


27 
sifatida maydonga chiqdi. Eng og‘ir bo‘lgan egri (bilvosita) soliqlarni “kekirtakdan 
oladigan” progressiv soliqlar deb atadi. 
Davlat byudjetining mohiyatini tahlil qilib, byudjetning asosiy masalasi 
byudjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi nisbat, ya’ni byudjetning qoldig‘i 
(profitsiti yoki defitsiti) masalasidir, deb e’tirof etdi. Aynan ana shu qoldiq soliqqa 
tortish-ning qisqarishi yoki kengayishini aniqlab beradi. 
Biroq moliyaviy siyosat (davlat xarajatlari va protektsio-nizm) ta’siri ostida 
amalga oshiriladigan kapital jamg‘arili-shining oshib borishi bilan ishchilar 
sinfining ahvoli og‘irlashib boradi, degan K.Marksning tasdig‘i e’tirozga 
muhtojdir. U foyda, foiz, renta va ish haqi o‘rtasidagi nisbatning davlat va uning 
moliyasi yordamida o‘zgartilishi imkoniyatini inkor etgan edi. Ortiqcha ishlab 
chiqarishning tsiklik tanazzullari tahlilida davlatning iqtisodiy, shu jumladan, 
moliyaviy siyosati yordamida ularning kuchsizlanishi mumkinligiga yo‘l 
qo‘ymadi. 
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlari foydalilikning cheklanganligi 
nazariyasining tarqalganligi bilan tavsiflanadi. Bu nazariya marksistik ta’limotga 
qarshi aks ta’sir samarasi o‘laroq maydonga kelgan edi. Bu nazariya moliya 
sohasiga ham aloqadorlik kasb etdi. Uning vakillari, o‘z baholashlaridagi katta 
farqlarning mavjud bo‘lishiga qaramasdan, mehnatning qiymat nazariyasiga qarshi 
chiqdilar va uni sotib oluvchilarning xohishistaklari yordamida aniqlanadigan 
baholar tahlili bilan almashtirdilar. Muhim moliyaviy kategoriyalar bo‘lgan davlat 
xarajat-lari va soliqlar ular tomonidan davlat va xususiy shaxslar o‘rtasidagi ko‘p 
sonli individual bitimlar sifatida talqin qilindi. Bir vaqtning o‘zida, ularning 
fikricha, davlat xizmatlarining cheklangan foydaliligi soliqlarning cheklangan 
foydaliligi bilan hamnafas bo‘lmog‘i lozim edi. 
Birinchi jahon urushiga qadar iqtisodiy fan, asosan, tad-birkorlik erkinligi 
printsipiga tayangan holda, davlat va uning moliyasini mamlakat iqtisodiyotiga 
aralashuviga nisbatan qarshi turdi. Ishlab chiqarish va taqsimlashni davlat 
tomonidan tartibga solish faqat Birinchi jahon urushi yillaridanoq amalga oshirila 


28 
boshlandi. Jahon iqtisodiy tanazzuli yillariga (1929-1933 yil-lar) kelib bu jarayon 
yanada kuchaydi. 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin