34
amaliy faoliyatni afzal ko‘rmoqda. Bir vaqtning o‘zida esa,
amerikalik mashhur
olimlar K.R. Makkonnell va S.L. Bryular o‘zlarining “Ekonomiks. Printsiplar,
muammolar, siyosat” asarida yozganlaridek, moddiy ehtiyojlar cheklanmagan,
resurslar esa (kapital, er, mehnat, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalar)
aksincha,
cheklangan. Shuning uchun ham, iqtisodiyot taraqqiyotining turli davrlarida uning
darajasi turlicha bo‘lishiga qaramasdan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish
doimiy ravishda talab qilinadi. Yuqoridagi har ikkala muallif taklifga yo‘naltirilgan
fiskal siyosatni qo‘llab-quvvatlaydilar. Fiskal siyosat esa jami talabga va soliqlarni
o‘zgartirish orqali esa taklifga ham ta’sir ko‘rsatadi. Byudjetdan transfert to‘lovlari
va soliq tizimi, bu olimlar fikricha, turli iqtisodiy
vaziyatlarda talab qilingan
muvozanatni ta’minlashi mumkin.
Xorijiy mamlakatlarning zamonaviy moliya fanida, turli maktablar o‘rtasida
doimiy ravishda munozaralar va farqlanuvchi fikrlar bo‘lishiga qaramasdan,
konvergentsiya jarayoni kuzatilmoqda. Masalan, keynschilar nazariyasida
qarashlar yangi mumtoz maktab vakillarining qarashlariga va yangi mumtoz
nazariyalar esa keynschilar nazariyalaridagi qarashlarga kirib bormoqda. Bu, eng
avvalo, barcha nazariyalarda mavjud bo‘lgan moliya-kredit-pul
mexanizmiga
tegishlidir. Barcha nazariyalar mamlakatning xo‘jalik hayotiga ta’sir ko‘rsatish
uchun bu instrumentlarni tadqiq etish zarur ekanligini bir ovozdan tan oladilar,
so‘zsiz e’tirof etadilar. Holbuki, bunday ta’sir choralari, ulardan foydalanish
instrumentlari va vaqtlari bir-biriga mos tushmasligi mumkin.
Xorijiy mualliflar moliyaviy kontseptsiyalarining
tahlili quyidagi yakuniy
xulosalar chiqarishga imkon beradi:
-
moliya sohasidagi qarashlar tizimi umumiqtisodiy nazariyaning ma’lum bir
qismi hisoblanadi, ular moliya fanini boyitadi va rivojlantiradi;
-
moliyaviy kontseptsiyalarning vujudga kelishi mamlakat makro va
mikroiqtisodiyotining talablariga javob reaktsiyasidir yoki ma’lum hukmron sotsial
guruhlar buyurtmasining bajarilishidir;
35
-
xorijiy olimlarning progressiv moliyaviy g‘oyalari iqtisodiy o‘sishning
etarli yuqori darajasini ta’minlab, insonning turli-tuman
ehtiyojlarini qondirishda
jamiyatga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: