Mavzu: Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti daromadlari ijrosi hisobi. Kirish Asosiy qism



Yüklə 84,04 Kb.
səhifə1/10
tarix20.05.2023
ölçüsü84,04 Kb.
#118281
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti daromadlari


Mavzu: Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti daromadlari ijrosi hisobi.


Kirish
Asosiy qism.
1. Davlat byudjeti.
2. Davlat byudjetining daromad va xarajatlari
3. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlarini ijro etish tartibi.
4. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlari ijrosi hisobini maqsadi hamda vazifalari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
KIRISH.
Byudjet tizimida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar natijasida Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishning mukammal me’yoriy huquqiy hamda tashkiliy asosi yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Byudjet muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori, “Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalar” va boshqa shu kabi me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Davlat byudjeti ijrosining ushbu me’yoriy hujjatlar doirasida amalga oshirilishi byudjet daromadlari va xarajatlari o‘zaro muvofiqligini ta’minlab kelmoqda.
“Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uyjoylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish – bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. Shu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ham o‘rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi” - deydilar Prezidentimiz Sh. M. Mirziyayev o‘z ma’ruzalarida.
Byudjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish, byudjet taqchilligini oldini olish dolzarb masalalardan biri sanaladi. “Albatta, Davlat byudjeti o‘lchovsiz emas, mablag‘larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni ta’minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib bo‘lmaydigan haqiqat” – deydi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘z nutqlarida .
Byudjet tashkilotlari byudjet mablag‘larining asosiy iste’molchisi hisoblanib, Davlat byudjeti xarajatlarini tashkil etadi va xarajatlar smetasi asosida byudjetdan moliyalashtiriladi. Shuningdek, byudjet tashkiloti qonunchilikka muvofiq byudjetdan tashqari mablag‘lar yuzasidan tashkil bo‘lish manbalari va foydalanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar doirasida xarajatlarni amalga oshiradi. Oxirgi yillarda davlat moliyasini isloh qilish loyihasini amalga oshirish doirasida so‘nggi natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish tamoyillarining joriy qilinishi, o‘rta muddatli byudjet istiqbollarini belgilash siyosatining ilgari surilishi, davlat byudjetining g‘azna ijrosiga o‘tilishi hamda byudjet siyosatidagi boshqa o‘zgarishlarning amalga oshirilishi byudjet tashkilotlarida o‘z xarajatlarini aniqlash va smetalarni ishlab chiqish, byudjetdan tashqari mablag‘larni safarbar qilish tartiblarini takomillashtirishni talab etmoqda.
Byudjetdan mablag‘larni taqdim etishning metodlari byudjetdan moliyalashtirishning muhim elementi bo‘lib hisoblanadi. Ularning yordamida moliya organlari byudjetda ko‘zda tutilgan tadbirlarni pul mablag‘lari bilan ta’minlaydi, pul mablag‘laridan foydalanishda yuqoriroq natijalarga erishish uchun mablag‘larni qayta o‘zgartirib taqdim etishni amalga oshiradi, moliyaviy resurslarni taqsimlashda tarkib topayotgan proportsiyalarni tartibga soladi.
Davlat tomonidan moddiy ishlab chiqarish sohasi va uy-joy-kommunal xo‘jaligiga qilinadigan xarajatlar mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlariga kiradi. Bunda byudjet mablag‘lari vazirliklar, idoralar va korxonalarga ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha xarajatlarga (kapital quyilmalarga), oddiy takror ishlab chiqarishni ta’minlashga (subsidiyalar, dotatsiyalar va transfertlar), operatsion xarajatlarga va boshqa xarajatlarga beriladi.
Mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar, idoralar va korxonalar bo‘yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtning o‘zida ma’lum maqsadlarga mo‘ljallanganligi bo‘yicha ko‘zda tutiladi. Bunda byudjet mablag‘larining asosiy qismi iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga, ya’ni sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va transportga yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 4-moddasida byudjet tashkilotlariga quyidagicha ta’rif berilgan: “Byudjet tashkiloti – davlat funktsiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilot”.
Davlat byudjeti hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish, byudjet mablag‘laridan samarali va aniq foydalanish maqsadida 1999 yil 3 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 414-son Qarori qabul qilindi. Mazkur Qaror 2000 yil 1 yanvardan boshlab byudjet tashkilotlari xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashning yangi tartibini belgilab berdi.
Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish shartlari va ularning byudjet hisobini yuritish tartibi byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Davlat byudjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlaridan mablag‘lar oladigan yuridik yoki jismoniy shaxs byudjet mablag‘lari oluvchidir. Byudjet mablag‘lari oluvchi byudjet tashkiloti maqomiga ega bo‘la olmaydi.



Yüklə 84,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin