47
−
davlat krediti orqali davlat o‘z majburiyatlarini bajarish uchun ichki va
tashqi manbalardan qarz oladi, shuningdek mamlakat ichkarisidagi subyektlarga
hamda xalqaro moliyaviy munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lgan subyektlarga
qarz beradi, byudjetning taqchilligini qoplash manbai sifatida ham davlat qarzi
maydonga chiqadi, shu munosabatlarda davlat byudjeti bilan davlat moliyasining
alohida bo‘g‘ini bo‘lgan davlat krediti o‘rtasida muayyan moliyaviy munosabatlar
sodir bo‘ladi;
−
mamlakat moliya tizimining alohida sohasi bo‘lgan tijorat asosida faoliyat
yurituvchi korxonalar moliyasi orqali davlat byudjetining daromad manbai bo‘lgan
qo‘shilgan qiymat, foyda, daromad yaratiladi va ularning qayta taqsimlanishi
asosida davlat byudjetiga daromad va tushumlar kelib tushadi, o‘z navbatida,
davlat byudjeti mablag‘laridan bu korxonalar resurslarining shakllanishida ma’lum
ko‘lamlarda
foydalaniladi,
buni
davlat
byudjetining
iqtisodiyotga
va
markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirishga yo‘naltiril-gan mablag‘lar
harakatida ko‘rish mumkin;
−
ma’lumki, moliya tizimining alohida bo‘g‘ini notijorat faoliyatini amalga
oshiruvchi muassasa va tashkilotlarda sodir bo‘ladigan moliyaviy munosabatlar
tashkil qiladi, ularning aksariyati esa turli tarmoq va sohalardagi byudjet
tashkilotlari maqomida faoliyat yuritadi, ularning joriy faoliyatini, ayrim hollarda
kapital mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yuzasidan ular bilan davlat
byudjeti
o‘rtasida byudjet mablag‘larining taqsimlanishi bilan bog‘liq
munosabatlar sodir bo‘ladi;
−
shuningdek, davlat byudjeti bilan uy xo‘jaliklari o‘rtasida ijtimoiy
transfertlarning ajratilishi, davlat mablag‘lari bilan mustahkamlangan imtiyozli
kreditlarning berilishi yuzasidan muayyan moliyaviy munosabatlar shakllanadi,
shu bilan birga uy xo‘jaliklari ham soliqlar, majburiy to‘lovlar, zaym obligatsiyalar
sotib olish kabilar bilan davlat byudjet resurslarining shakllanishida ishtirok
etadilar.
Dostları ilə paylaş: